Reja: Ⅰ. Kirish Ⅱ. Asosiy qism


Aksionerlik korxonalarning hozirgi roli va o’rni



Yüklə 59,24 Kb.
səhifə4/5
tarix22.12.2023
ölçüsü59,24 Kb.
#190059
1   2   3   4   5
BEGZADA ATAMURATOVA

Aksionerlik korxonalarning hozirgi roli va o’rni
Joriy yilning birinchi yarmida strategik ahamiyatga ega 31 ta aksiyadorlik jamiyatlari va davlat korxonasidan 6 tasi umumiy hisobda 6,5 trln so‘m zarar ko‘rgan. 25ta davlat korxonasining umumiy sof foydasi esa 25 trln so‘mni tashkil etgan. O‘zbekistondagi strategik ahamiyatga ega 31 ta aksiyadorlik jamiyatlari va davlat korxonalarining 2022 yil hamda 2023 yilning 1-yarim yilligidagi aktivlari harakati va holati tahlil qilindi. Bu haqda Strategik islohotlar agentligi axborot xizmati xabar berdi.Tegishli hisobot davrlarida strategik ahamiyatga ega 31 ta aksiyadorlik jamiyatlari va davlat korxonalarining 25 tasi sof foyda hamda 6 ta davlat korxonasi zarar faoliyatini yakunlagan.
2022 yilda faoliyatini sof foyda bilan yakunlagan korxonalar yuqori 5 taligidan «Navoiy KMK» AJ, «Olmaliq KMK» AJ, «O‘zavtosanoat» AJ, «O‘zbekneftgaz» AJ, «O‘zmilliybank» AJ (2023 yilning 1-yarim yillik natijasiga ko‘ra «O‘zmilliybank» AJ yuqori 5 talikdan o‘rnini «O‘ztransgaz» AJ bo‘shatib bergan) o‘rin egallagan. Yuqori 5 talikka kirgan korxonalarning 31 ta strategik korxonalar tomonidan olingan jami sof foydadagi ulushi qariyb 70 foizidan ortiqni tashkil etadi.
O‘z navbatida, 2022 yil hamda 2023 yilning 1-yarim yillik yakuni bilan 25 ta strategik korxonalar ichidan eng ko‘p sof foyda «Navoiy KMK» AJ tomonidan ishlab topilgan. Bunda, 2022 yilda 25 ta strategik korxonalar tomonidan olingan sof foydaning 50,1 foizi (15,4 trln so‘m) «Navoiy KMK» AJga to‘g‘ri keladi. 2023 yilning 1-yarim yilligida bu ko‘rsatkich 34,5 foiz (7,8 trln so‘m)ni tashkil qilgan.
Shu bilan birga, tegishli hisobot davrida 6 ta davlat korxonasi o‘z faoliyatini zarar bilan yakunlagan bo‘lsa, shundan 5 ta korxona ikkita hisobot davrida ketma-ket zarar bilan chiqqan. Ular qatoriga «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ, «UzGazTrade» AJ, «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ, «Toshshahartransxizmat» AJ va «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ kirgan.
Bunda, 2022 yil yakunida eng yirik zarar bilan chiqqan korxona «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ hisoblanib, 2022 yilda 4,3 trln so‘m (jami zarardagi ulushi 36,4 foiz) va 2023 yilning 1-yarmida 1,3 trln so‘m (jami zarardagi ulushi 19,9 foiz) zarar ko‘rgan.

Yüklə 59,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin