Aktivlar;Strategik korxonalarning 2023 yilning 1 iyul holatiga jami aktivlari 1 kvadrillion 45,3 trln so‘mni tashkil qilib, 2023 yilning 1 yanvariga nisbatan 4,3 foizga (44,4 trln so‘m) ko‘paygan.Biroq o‘tgan davrga nisbatan 10 yaqin davlat korxonalarining aktivlari aksincha kamayish tendensiyasiga ega bo‘lgan. Jumladan «O‘zbekneftegaz» AJ aktivlari 7,1 trln so‘mga (6,4 foiz), «Issiqlik elektr stansiyalari» AJ aktivlari – 4,3 trln so‘mga (9,3 foiz), «Uzbekistan Airports» AJ aktivlari – 3,7 trln so‘mga (22,1 foiz), «O‘zmilliy bank» AJ aktivlari – 3,2 trln so‘mga (2,8 foiz), «Asakabank» aktivlari – 2,8 trln so‘mga (5,8 foiz), «Hududgazta’minot» AJ aktivlari – 0,6 trln so‘mga (4,9 foiz), «Navoiyazot» AJ aktivlari – 0,4 trln so‘mga (2,3 foiz) ga qisqargan.
Shuningdek, hisobot davrida barcha davlat korxonalarining sof aktivi 5,2 foizga (20,1 trln so‘m) o‘sishi kuzatilgan. Bunda, sof aktivlar o‘sishi qayd etilgan yuqori 5 talikdan quyidagi davlat korxonalari joy olgan: «Issiqlik elektr stansiyalari» AJ (6 trln so‘m yoki 36,3 foiz), «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ (3,6 trln so‘m yoki 27,2 foiz), «Navoiy KMK» AJ (4,6 trln so‘m yoki 19,4 foiz), «Olmaliq KMK» AJ (3,5 trln so‘m yoki 17,7 foiz) va «Navoiyuran» DK (0,9 trln so‘m yoki 17,5 foiz).
O‘z navbatida, sof aktivlar kamayishi qayd etilgan yuqori 5 talikdan «Asakabank» ATB (3,2 trln so‘m yoki 7,1 foiz), «O‘zbekgidroenergo» AJ (383,1 mlrd so‘m yoki 6,4 foiz), «Toshshahartransxizmat» AJ (36,8 mlrd so‘m 6,4 foiz), «Uzbekistan Airways» AJ (197,9 mlrd so‘m yoki 2,6 foiz) va «Hududgazta’minot» AJ (20,4 mlrd so‘m yoki 1,0 foiz) o‘rin olgan.
Avvalroq, 2023 yilning mart oyida prezident qarori bilan Strategik islohotlar agentligiga berilgan 31 ta yirik davlat korxonalari, tijorat banklari hamda UzAssets investitsiya kompaniyasidagi davlat ulushi yana Iqtisodiyot va moliya vazirligiga o‘tkazilgandi. Navoiy kon-metallurgiya kombinati (NKMK) eng yuqori sof foydaga ega bo‘lgan korxona bo‘lib qolmoqda. Keyingi o‘rinni an’anaviy ravishda Olmaliq KMK egalladi, uchinchi o‘rinni esa yil davomida o‘z foydasini qariyb 2,5 barobarga oshirgan O‘zbekiston Milliy banki (NBU) olgan. Bundan avval uchinchi o‘rinni “O‘zbekneftgaz” egallagandi. Bu korxona foydasi uch barobardan ko‘proqqa kamaydi.Foyda o‘sishi “Navoiyazot”, “O‘zavtosanoat”, “O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyatlari, shuningdek, ilgari ro‘yxatda bo‘lmagan qator yirik banklarda kuzatilmoqda. O‘zbekiston metallurgiya kombinati, “O‘zsanoatqurilishbank”, “Farg‘onaazot” va boshqalardan daromad kamaydi.Eng ko‘p foyda ko‘rayotgan kompaniyalar top-30 taligidan Universal Mobile System (UMS mobil operatori), “Dori-Darmon”, O‘zshahar qurilish invest" kompaniyalari tushib qoldi.2022-yilda zarar ko‘rish bo‘yicha yetakchi o‘zgardi — birinchi o‘rinni “O‘ztransgaz” o‘rniga “Milliy elektr tarmoqlari” egalladi. O‘zbekistonda O‘zbekistonda tabiiy gazni markazlashgan tartibda xarid qilish va sotish, shuningdek, yagona eksportchi vazifasini bajarishga mas’ul bo‘lgan UzGasTrade ikkinchi bo‘ldi, UNG esa uchinchi o‘ringa tushdi.
“O‘zbekiston temir yo‘llari” va “Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatlari 2021-yilni foyda bilan yakunlaganiga qaramay katta zarar ko‘rdi.
Eng ko‘p foyda ko‘rgan kompaniyalar:
NKMK — 15,39 trln so‘m (2021-yilda 10,64 trln so‘m);
OKMK — 6,67 trln so‘m (5,36 trln);
O‘zbekiston Milliy banki — 2,41 trln so‘m (981,6 mlrd);
“Navoiyuran” — 2,08 trln so‘m (11,46 trln);
“Navoiyazot” — 1,33 trln so‘m (779,8 mlrd);
Ta’kidlab o‘tish kerakki, 2019-yilda Angren IES va Yangi-Angren IES 3 yil muddatga Qozog‘istonning “Gornыye rabotы” kompaniyasiga (Toshkentda Central Asia Energy kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan) ishonchli boshqaruvga berilgandi. 2023-yil yanvar oyida hukumat Angren issiqlik elektr stansiyasini ishonchli boshqarish bo‘yicha shartnomani yangilamadi. Oldin foyda ko‘rib kelayotgan bo‘lganiga qaramay, uch yil davomida stansiya ko‘p milliard dollar zarar ko‘rdi. Yangi Angren IES esa hali ham ishonchli boshqaruvda qolmoqda.
XULOSA
Eng daromadli va eng ko‘p zarar ko‘rgan davlat kompaniyalari nomi e’lon qilindi Davaktiv 2022-yilda eng ko‘p foyda ko‘rgan top-30 va eng ko‘p zarar ko‘rgan top-20 ta davlat ulushi bo‘lgan kompaniyalar ro‘yxatini e’lon qildi. “Milliy elektr tarmoqlari” eng ko‘p zarar ko‘rgan kompaniya bo‘ldi. 2021-yilda foyda bilan chiqqan “Temir yo‘llar” va HET ham katta zarar ko‘rdi.Davlat aktivlarini boshqarish agentligi davlat ishtirokidagi korxonalarning 2022-yildagi faoliyati natijadorligi bo‘yicha hisobotini e’lon qildi.2021-yilga nisbatan davlat ishtirokidagi kompaniyalar soni 196 taga — 2144 tadan 2340 taga ko‘paydi. Ulardan — 224 tasi aksiyadorlik jamiyati (avval 231 tasi shunday edi), 1219 tasi mas’uliyati cheklangan jamiyat (871 tasi) va 897 tasi davlat unitar korxonasi (1042 tasi) hisoblanadi. Davlat korxonalari sonining o‘sishi prezident va hukumat qarorlari asosida 444 ta korxona xususiylashtirish uchun davlat tasarrufiga o‘tkazilgani bilan izohlanadi.Davaktiv ma’lumotlariga ko‘ra, bu kompaniyalarning 12 foizi ishlamayapti, 3 foizi esa tugatilish jarayonida. 2072 ta korxonada davlat ulushi va aksiyalari 50 foizdan oshadi, 138 tasida 25 foizdan 50 foizgacha, 130 tasida 25 foizdan kam.Bir qator korxonalarda ta’sischi va davlatning aksiyadorlik funksiyalarini 82 ta vazirlik va idoralar bajaradi. Jumladan, Davaktiv 416 ta korxonada, Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi 267 ta, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi 62 ta, Qishloq xo‘jaligi vazirligi 105 ta, Iqtisodiyot va moliya vazirligi 34 ta, Sog‘liqni saqlash vazirligi 47 ta, mahalliy hokimiyat organlari 834 ta korxonada shunday vazifani ijro etadi.
РекламDavlat korxonalaridan tushgan soliqlar va dividendlar davlat budjeti barcha daromadlarining 39,4 foizini tashkil etdi. Bunday korxonalarning aholini ish bilan ta’minlash ko‘rsatkichidagi ulushi 17,4 foiz bo‘ldi.
Davlat korxonalari aktivlarining umumiy hajmi o‘tgan yilga nisbatan 80,8 trln so‘mga (deyarli 7 mlrd dollar yoki 7 foizga) kamayib, 1,06 kvadrillion so‘mni tashkil etdi (91,4 mlrd dollar). Aktivlar ulushining 85,5 foizi 56 ta yirik davlat korxonasi hissasiga (980,3 trln so‘m), jumladan, 12 ta bank (457,9 trln so‘m), 2 ta sug‘urta kompaniyasi (2,05 trln so‘m), Navoiy kon-metallurgiya kombinati (120,57 trln so‘m), “O‘zbekneftgaz” (76,5 trln so‘m), Olmaliq KMK (38,2 trln so‘m), “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ (29,67 trln so‘m) va boshqalarga to‘g‘ri keladi.2022-yil uchun moliyaviy hisobot tahlili natijalariga ko‘ra, 1206 ta davlat korxonasi 41,05 trln so‘m (+ 26,4 foiz) sof foyda ko‘rgan, 439 ta korxona esa o‘tgan yilni 13,17 trln so‘m (+ 43,9 foiz) zarar bilan yakunlagan. 210 ta kompaniya foyda ham, zarar ham ko‘rmagan.Davaktiv 30 ta eng ko‘p foyda olgan va 20 ta eng ko‘p zazar ko‘rgan korxonalar ro‘yxatini tuzdi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
Korxona iqtisodiyoti o`quv qo`llanma Toshkent-2016
Iqtisodiyot asoslari M.Maxkamova I. Mastiyeva Toshkent-2017
www.ziyonet.uz kutubxonasi
www.ziyouz.com kutubxonasi
http://hozir.org
Dostları ilə paylaş: |