Reja : Raqobatning ta umumiy strategiyasi. Raqobat ustunligini saqlab qolish uchun xujumkorlik strategiyasidan foydalanish. Raqobat ustunligini ximoya qilish uchun mudofaa strategiyalaridan foydalanish



Yüklə 69 Kb.
səhifə1/5
tarix20.11.2023
ölçüsü69 Kb.
#164851
  1   2   3   4   5
1407745632 58175


Strategiya va raqobat ustunligi.


Reja :



  1. Raqobatning 5 ta umumiy strategiyasi.

  2. Raqobat ustunligini saqlab qolish uchun xujumkorlik strategiyasidan foydalanish.

  3. Raqobat ustunligini ximoya qilish uchun mudofaa strategiyalaridan foydalanish.

  4. Vertikal integratsiya strategiyasi va raqobat ustunligi.

  5. Boshlovchilikning ustunliklari va kamchiliklari.

1. Raqobatning 5 ta umumiy strategiyasi.
Kompaniyaning raqobat strategiyasi - bu biznesga yondoshuv va mijozlarni jalb qilishga qaratilgan tashabbuslar, kompaniyaning bozordagi pozitsiyani mustaxkamlash uchun olib boradigan kurashidan iborat. Bozordagi raqobatni urushga o‘xshatish mumkin. Bu urushda raqiblar yarador bo‘lishi, zarar ko‘rishi mumkin. Bunda faqat eng yaxshi strategiya galaba qozonadi. Kompaniyaning raqobat strategiyasi xujumkorlik va mudofaa xarakatlarini, qisqa muddatli taktik va uzoq muddatli xarakatlarni o‘z ichiga oladi.
Bozordagi raqobatchilar nechta bo‘lsa raqobatchilik strategiyasining variantlari va ko‘rinishlari shuncha bo‘ladi. Biroq ularning turi qanchalik ko‘p bo‘lmasin, ularning o‘xshashliklari topiladi. Strategiyaga yondoshishning keng tarqalgan 5 ta varianti mavjud bulib ular quyida keltirilgan:
1. Xarajatlar buyicha ilgorlik strategiyasi. Tovar va xizmatlarni ishlab chikarishda tula xarajatlarini pasaytirishni kuzda tutadi. Bu esa kup sonli xaridorni jalb kiladi.
2. Keng tabaqalashtirish strategiyasi. Kompaniya tovarlariga rakobatchi firmalar tovarlaridan fark kildiradigan uziga xos chizgilarni berishga karatilgan. Bu xam xaridorlarni jalb etishga yordam beradi.
3. Optimal xarajatlar strategiyasi. Xaridorlarga past xarajatlar va maxsulotni keng tabaqalashtirishni uygunlashtirish xisobiga kimmatli tovar olish imkoniyatini beradi. Asosiy vazifa uxshash tovarni ishlab chikaruvchilarga nisbatan optimal xarajat va past baxolarni ta’minlashdan iboratdir.
4. Fokuslangan strategiya. Bunda strategiya past xarajatlarga asoslangan bulib, xaridorlarning tor segmentiga yunaltiriladi. Bunda firma uz rakobatchilaridan ancha past baxolar xisobiga utib ketadi.
5. Ifodalangan strategiya yoki maxsulotni tabaqalashtirishga asoslangan bozor uyasi strategiyasi. Uning maksadi - tanlangan segmentlar namoyondalarini ularning did va talablariga yanada tularok javob beradigan tovar va xizmatlar bilan ta’minlashdir.



Yüklə 69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin