O‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumoti to‘g‘risidagi diplomini nostrifikatsiyalash
(ekvivalentligini qayd etish) haqida guvohnoma
Xulosa .
Foyadalanilgan adabiyotlar .
RASMIY DAVLAT HUJJATLARINI TAYYORLASH, HISOBGA OLISH, SAQLASH, TOPSHIRISH HAMDA ULARDAN FOYDALANISH TARTIBINI TAKOMILLASHTIRISH TO‘G‘RISIDA
Rasmiy davlat hujjatlarini tayyorlash uchun buyurtma berish, ularni tayyorlash, hisobga olish, saqlash, topshirish tartibini takomillashtirish hamda bunday hujjatlarni g‘ayriqonuniy tayyorlash va ulardan foydalanish hollarining oldini olish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Rasmiy davlat hujjatlarini tayyorlashga buyurtma berish, ularni tayyorlash, hisobga olish, saqlash va topshirish tartibi to‘g‘risidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq;
Xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) tartibi to‘g‘risidagi Nizom 2-ilovaga muvofiq;
Xorijiy davlatlarda ilmiy daraja olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) tartibi to‘g‘risida Nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Rasmiy davlat hujjatlarini tayyorlashga buyurtma berish, ularni saqlash, hisobga olish va hisobdan chiqarish hamda topshirish vakolatiga ega bo‘lgan vazirliklar, idoralar, korxonalar va tashkilotlar bir oy muddatda tegishli hujjatlarini mazkur qaror talablariga muvofiqlashtirsinlar.
3. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi “Davlat belgisi” ishlab chiqarish birlashmasi rasmiy davlat hujjatlarini buyurtmalar asosida muhofazalangan maxsus qog‘ozlarda tayyorlab bersin.
4. Barcha vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar va tashkilotlar o‘z xodimlarining rasmiy hujjatlari qonuniyligi ustidan nazoratni kuchaytirsinlar.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prokuraturasi, Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi va boshqa mutasaddi tashkilotlar rasmiy hujjatlarni g‘ayriqonuniy tarzda tayyorlash va ulardan foydalanish holatlarini o‘z vaqtida aniqlab, qonunbuzarlarga nisbatan jinoiy javobgarlikkacha bo‘lgan choralarni ko‘rsinlar.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri O‘.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.