Switch operatori: Shart operatorining yana bir ko‘rinishi switch tarmoqlanish operatori bo‘lib, uning sintaksisi quyidagacha:
switch ()
{
case : ; break;
case : ;break;
…
case : ; break;
default:: ;
}
Bu operator quyidagicha amal qiladi: birinchi navbatda qiymati hisoblanadi, keyin bu qiymat case kalit so‘zi bilan ajratilgan bilan solishtiriladi. Agar ular ustma-ust tushsa, shu qatordagi ‘:’ belgisidan boshlab, toki break kalit so‘zigacha bo‘lgan bajariladi va boshqaruv tarmoqlanuvchi operatordan keyingi joylashgan operatorga o‘tadi. Agar birorta ham bilan mos kelmasa, qurilmaning default qismidagi bajariladi. Shuni qayd etish kerakki, qurilmada default kalit so‘zi faqat bir marta uchrashi mumkin.
Misol uchun, kirish oqimidan “Jarayon davom etilsinmi?” so‘roviga foydalanuvchi tomonidan javob olinadi. Agar ijobiy javob olinsa, ekranga “Jarayon davom etadi!” xabari chop etiladi va programma o‘z ishini tarmoqlanuvchi operatordan keyingi operatorlarni bajarish bilan davom ettriladi, aks holda “Jarayon tugadi!” javobi beriladi va programma o‘z ishini tugatadi. Bunda, foydalanuvchining ‘y’ yoki ‘Y’
javoblari jarayonni davom ettirishni bildiradi, boshqa belgilar esa tugatishni anglatadi.
#include
int main()
{
char javob=’ ‘;
cout<<’’jarayon davom etsinmi?(‘y’,’Y’):’’;
cin>>javob;
switch(javob)
{
case ‘y’:
case ‘Y’:
cout<<’’jarayon davom etadi!\n‘’;
break;
default:
cout<<’’jarayon tugadi!\n‘’;
return 0;
}
…//jarayon
return 0;
}
Umuman olganda, tarmoqlanuvchi operatorda break va default kalit ishlatish shart emas. Lekin bu holda operatorning mazmuni mumkin. Masalan, default qismi bo‘lmagan holda, agar birorta bilan ustma-ust tushmasa, operator hech qanday amal bajarmasdan boshqaruv tarmoqdanuvchi operatordan keyingi operatorga o‘tadi. Agar break bo‘lmasa, birorta bilan ustma-ust tushgan holda, unga mos keluvchi operatorlar guruhini bajaradi va «to‘xtamasdan» keyingi qatordagi operatorlar guruhini bajarishga o‘tib ketadi. Masalan, yuqoridagi misolda break operatori bo‘lmasa va jarayonni davom ettirishni tasdiqlovchi (‘Y’) javob bo‘lgan taqdirda ekranga
Jarayon davom etadi!
Jarayon tugadi!
Xabarlari chiqadi va programma o‘z ishini tugatadi (return operatorining bajarilishi natijasida).
Tarmoqlanuvchi operator sanab o‘tiluvchi turdagi o‘zgarmaslar bilan birgalikda ishlatilganda samara beradi. Quyidagi programmada ranglar gammasini toifalash masalasi yechilgan.
#include
int main()
{
enum Ranglar{qizil, tuq_sariq,sariq,yashil,kuk,zangori,binafsha};
Ranglar rang;
//...
switch(rang)
{
case qizil:
case tuq_sariq:
case sariq;
cout<<’’Issiq gamma tanlanadi. \n’’;
break;
case yashil:
case kuk:
case zangori:
case binafsha:
cout<<’’Sovuq gamma tanlandi.\n’’;
break;
default:
cout<<’’Kamalak bunday rangga ega emas. \n’’;
}
return 0;
}
Programma bajarilishida boshqaruv tarmoqlanuvchi operatorga kelganda, rang qiymati qizil yoki tuq_sariq yoki sariq bo‘lsa, “Issiq gamma tanlandi’’ xabari, agar rang qiymati yashil yoki kuk yoki zangori yoki binafsha bo‘lsa, ekranga “Sovuq gamma tanlandi” xabari, agar rang qiymati sanab o‘tilgan qiymatlardan farqli bo‘lsa, ekranga “Kamalak bunday rangga ega emas “ xabari chop etiladi va programma o‘z ishini tugatadi.
Switch operatorida e’lon operatorlari ham uchrashi mumkin. Lekin switch operatori bajarilishida «sakrab o‘tish» holatlari bo‘lishi hisobiga blok ichidagi ayrim e’lonlar bajarilmasligi va buning oqibatida programma ishida xatolik ro‘y berishi mumkin:
//…
int k=0,n=0;
cin>>n;
switch (n)
{
int=10; //xato,bu operator hech qachon bajarilmaydi
case 1:
int j=20; //agar n=2 bo‘lsa,bu e’lon bajarilmaydi
case 2:
k+=i+j; //xato, chunki i,j o‘zgaruvchilar noma’lum
}
cout<
//…
Masala. Quyida, sanab o‘tiluvchi turlar va shu turdagi o‘zgaruvchilar e’lon qilingan:
enum Birlik{detsimetr, kilometr, metr, millimetr, santimetr}
float y; Birlik r;
Birlikda berilgan x o‘zgaruvchisining qiymat metrlarda chop qilinsin.
#include
int main()
{
enum Birlik {detsimetr, kilometr, metr, millimetr, santimetr};
float x,y;
Birlik r;
cout<<’’uzunlikni kiriting: x=’’;
cin>>x;
cout<<’’ uzunlik birliklari\n’’;
cout<<’’ 0-detsimetr\n’’;
cout<<’’1-kilometr\n’’;
cout<<’’2-metr\n’’;
cout<<’’3-millimetr\n’’;
cout<<’’4-santimetr\n’’;
cout<<’’uzunlikni birligini tanlang; r=’’;
cin>>r;
switch(r)
{
case detsimetr:y=x/10; break;
case kilometr: y=x*1000; break;
case metr: y=x; break;
case millimetr: y=x/1000; break;
case santimetr: y=x/100; break;
default:
cout<<’’uzunlik birligi noto’g’ri kiritildi!’’;
return o;
}
cout<
return 0;
}
Dostları ilə paylaş: |