Reja : Tarbiyachi va uning jamiyatda tutgan o‘rni



Yüklə 88,67 Kb.
səhifə5/6
tarix13.12.2023
ölçüsü88,67 Kb.
#176210
1   2   3   4   5   6
Tarbiyachi va uning jamiyatda tutgan o‘rni

Maktabda va maktabdan tashqarida olib boriladigan tarbiyaviy ishlarning barchasi ijtimoiy tarbiyaning maqsadini ro‘yobga chiqarishga yo‘naltirilishi zarur.
O‘qituvchi (tarbiyachi) lar jamoasi va har bir o‘qituvchi-tarbiyachi tarbiyaning maqsadi har tomonlama kamol topgan mukammal inson shaxsini tarbiyalashdan iborat bo‘lishi lozim. Ana shunda mazkur tamoyil o‘z vazifasini bajargan bo‘ladi.
Tarbiyada demokratik va insonparvarlik g’oyalarining ustunligi – tarbiyada inson shaxsini ijtimoiy qadriyat deb tan olish, har bir bola, o‘smir va o‘spirinning betakror va o‘ziga xosligini hurmatlash, uning ijtimoiy xulqi va erkinligini hisobga olish lozim. Tarbiyani demokratiyalash bu - tarbiyani mamuriy ehtiyoj va qiziqishlardan yuqori qo‘yish, tarbiyachi va tarbiyalanuvchi o‘rtasidagi o‘zaro ishonch, hamkorlik asosida pedagogik munosabatlar mohiyatini o‘zgartirish demakdir. Bu tarbiya ishiga jamoatchilikni jalb qilish, uning rivojlanishiga jamoat omilini kiritish demakdir. O‘qituvchi o‘quvchiga avvalgidek, tarbiya obekti emas, balki o‘zi kabi subekt deb qarashi darkor. Ya’ni o‘quvchini teng xuquqli hamkor, hamfikr deb qarash lozim.
Umuman, ta’lim va tarbiyani insonparvarlashtirishning pedagogik diqqat hamda e’tibor markazida insonning muhim masalasi va muddaosi, ya’ni bolalarda inson shaxsiga dunyodagi eng yuqori, bebaho boylik sifatidagi munosabatini shakllantirishdek faoliyat yotadi.
Tarbiyada milliy va umuminsoniy qadriyatlar ustunligi-xalqning ko‘p asrlik qadriyatlarini, ulkan va boy merosini chuqur bilmasdan milliy o‘zlikni anglash, milliy o‘urur tuyg’usini qaror toptirish mumkin emas. Shu bois, xalq an’analari urf-odatlari, marosimlari, xalq oo‘zaki ijodi, milliy o‘yinlar va ularda ifodalangan g’oyalarni o‘quvchilar onggiga singdirish, ularda ushbu g’oyaga nisbatan hurmatni qaror toptirish lozim.
Umumbashariyat uchun qadrli, ardoqli bo‘lgan, insoniyat o‘tmishi, buguni hamda kelajagi uchun daxldor qadr-qimmatga ega bo‘lgan ananalar, urf-odatlar haqida ma’lumotlar berish, ularda mehr-muhabbat tuyg’usini uyg’otish, ularni qo‘llab-quvvatlash, ezgu g’oyalar uchun kurashish hissini qaror toptirish tarbiya jarayonida amalga oshirilishi lozim.
Tarbiyada izchillik va tizimlilik - tarbiyaga yaxlit tizimli yondashish pedagogik harakatning pirovard natijasiga yo‘naltirilganlik darajasini belgilab beradi.
Bunday pedagogik maqsad va vazifalar, ularning mazmuni tarbiyaviy jarayonning barcha qatnashuvchilari tomonidan tan olinishi shart.
Tarbiyada izchillik juda muhimdir. O‘quvchilarga birdaniga ko‘p talab va qoidalarni taqdim qilish mumkin emas. O‘qituvchilar o‘quvchilarga bo‘lgan munosabat jarayonida o‘zaro bir-biriga zid harakatda bo‘lmasliklari, yagona talab qo‘yishlari lozim.
Tarbiyani ijtimoiy hayot bilan qo‘shib olib borish. Yosh avlodning o‘sib ulo‘ayishi va shaxsning shakllanishiga hayot, ijtimogiy jamiyat tasir etadi.
Bu bir tomondan bo‘lsa, ikkinchidan bolalarni tarbiyalashdan maqsad uni turmush uchun mustaqil hayot uchun tayyorlashdir. Shunday ekan, maktab va tarbiya muassasalarida olib boriladigan bo‘lishi kerak.
Tarbiyani mehnat bilan boo‘lab olib borish. Mehnatning tarbiyaviy tasiri g’oyat kattadir. Mehnatda ishtirok etish va unumli mehnat qilish bilan shaxs o‘z qobiliyati va iste’dodini namoyon qiladi va kamolga yetadi. Mehnat yosh avlodning tarbiyasi uchun juda katta vositadir. O‘quv mehnati va ijtimoiy foydali mehnat o‘quvchi shaxsiga ijobiy tasir etadi, bu ikki faoliyat birligi bolani faollashtiradi, xulq birligini ta’minlaydi, tashabbuskor va izlanuvchan qiladi. Mehnat bolalarga siyosiy-ma’naviy tarbiya berish uchun zamin hozirlaydi. Shuning uchun oila va maktablarda bolalarni ilk yoshidan boshlab mehnatsevarlik ruhida, mehnatga muhabbat va mehnat kishilariga hurmat ruhida tarbiyalashga alohida e’tibor beriladi. Maktabda o‘qishning o‘zi ham mehnatdir. Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarning aksariyati ham mehnat tarbiyasi bilan mustahkam boo‘langan.
Tarbiyalanuvchi shaxsini hurmat qilish - o‘quvchilarni ijtimoiy tarbiyalashning muhim tamoyillaridan biri ularning shaxsini hurmat qilishdir. Bu tamoyil insonparvarlik munosabatidan kelib chiqadi.
O‘quvchi shaxsini hurmat qilish, ularga mehr-muhabbat ko‘rsatish va ularga ishonish shart. Tajribalarning ko‘rsatishiga, qayerdaki o‘quvchilarga hurmat, muhabbat, ishonch bo‘lsagina shu yerda tarbiyaning ta’siri samarali bo‘ladi. Bolalarga hurmat va muhabbat ular kuchiga kuch qo‘shadi o‘qituvchiga nisbatan hurmatni uyg‘otadi.
Tarbiyada o‘quvchining yosh va alohida xususiyatlarini hisobga olish - tarbiyaning mazmuni, shakl va metodlari bolalarning yoshi va saviyasiga qarab turli sinflarda turlicha bo‘ladi. Bolalar maktabda rivojlanishining turli davrlarini bolalik, o‘smirlik va o‘spirinlik bosqichlarini bosib o‘tadilar. Shu davrlar ichida bolaning axloqiy turg’unligi rivojlanadi, xulqi va ongi o‘rtasidagi uyg’unlik vujudga keladi. Tarbiya berishda har bir o‘quvchining shaxsiy xususiyatlarini ham hisobga olish katta ahamiyatga ega. Bolalarning jismoniy va ma’naviy o‘sishida bir qadar umumiylik bor, biroq bolalarning tavsif-xislatlari, qobiliyat va mayllari, qiziqishlari, irodaviy sifatlari har xil bo‘ladi. Bu farqlar ularning xulqida, o‘qishi va mehnatida aks etadi. Bir o‘quvchiga nisbatan foydali metodni boshqa o‘quvchiga nisbatan qo‘llaganda natijasiz bo‘lib, chiqishi mumkin. Shuning uchun har bir o‘quvchi xususiyatini o‘rganish maqsadga muvofiqdir.
Jamoada va jamoa yordamida tarbiyalash - tarbiya jarayoni o‘quvchilarning jamoa bo‘lib birlashishlari, ularda manfaatdorlik birligi, o‘zaro yordam tuyo‘usini o‘stirish xizmat qilishi lozim. Tuyo‘u tashkil etilgan jamoa a’zolarining qobiliyat va iste’dodini rivojlantirish uchun keng yo‘l ochadi. Jamoada bola har tomonlama rivojlanishi uchun keng imkoniyatga ega bo‘ladi. O‘quvchilar ahil jamoa bo‘lib uyushganlaridagina tarbiyaviy ishlarni amalga oshirish ancha yengil va muvaffaqiyatli bo‘ladi. Yaxshi uyushgan jamoada jamoa fikri katta tarbiyaviy kuchga ega bo‘ladi, har bir shaxsga ta’sir etadi. O‘z manfaatini jamiyat manfaati bilan qo‘shib olib borish, o‘zaro yordam kabi fazilatlar avvalo, jamoada shakllanadi. O‘qituvchi hamma vaqt o‘quvchilar jamoasiga tayanmoo‘i, ularni jamoa bo‘lib turli ishlarni bajarishga odatlantirib, jamoada yashash va ishlashga o‘rgatib borishi lozim.
Tarbiyada o‘quvchi xulqidagi ijobiy sifatlarga tayanib, salbiy xislatlarini yo‘qotib borishga e’tibor qaratish lozim. Mahoratli pedagoglar o‘z o‘quvchilarining shaxsiy fazilatlarini yaxshi biladilar. Tarbiya maqsadini amalga oshirish uchun bola xulqidagi ijobiy sifatlarga suyanib ish ko‘radilar. Boladagi ijobiy sifatlarga tayanish uning salbiy sifatlarini yo‘qotish, yomon odatlardan qaytarishning eng yaxshi vositasidir. Tarbiya muvaffaqiyati mazkur masalaning to‘g’ri hal etilishiga ko‘p jihatdan boo‘liq.

Yüklə 88,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin