Reja: 1 Iqtisodiy o’sish, mohiyati, turlari


Chizma. Ishlab chiqarish funksiyasini egri chizigi- ko’p omilli iqtisodiy o’sish modeli



Yüklə 140,5 Kb.
səhifə4/6
tarix09.05.2023
ölçüsü140,5 Kb.
#110153
1   2   3   4   5   6
Chizma. Ishlab chiqarish funksiyasini egri chizigi- ko’p omilli iqtisodiy o’sish modeli.
Ikki omilli model faqat mehnat va kapitaldan tashkil topadi. Amerika iqtisodchisi Denisonni fikriga ko‘ra 2/3 maxsuloti o‘sishi mehnat unumdorligi hisobiga(kapital hisobiga); 1/3- hissasi esa mehnat harajatlari(mehnat) o‘sishi hisobiga bo‘ladi. 2 omilli modelni tuzishda 2 xil variantdan foydalanish mumkin: 1-xil variantda IТP(ilmiy texnika progressi) hisobga olinmaydi; 2- variantda- IТP hisobga olinadi.
Agar IТP ta‘sir etmasa, sekinlik bilan kapital jamgarishda oxirgi mahsulot hissasi kamayib boradi, bu holat iqtisodiy o‘sishni pasaytiradi. IТP dan foydalanilganda kapital va mehnatni hissasi o‘sganligini, bu esa investitsiya kirib kelishini ko‘paytiradi.
α β
Ishlab chiqarish funksiyasi shaklidagi model:
Iqtisodiyotda eng ko‘p tarqalgan.
α va β miqdorni o‘zgarishiga qarab iqtisodiy o‘sishni 3 turi mavjud:
Agar (α+ β)q1 bo‘lganda milliy mahsulot(daromad) ishlab chiqarish omillari(kapital va mehnat) mutanosib ravishda o‘sadi, umumiy iqtisodiy samaradorlik o‘zgarishsiz qoladi, ishlab chiqarish faqat ekstensiv kengayib, kapitalning past samaradorligi mehnat resurslari oshishi hisobiga qoplanadi.
Agar (α+ β)>1 bo‘lsa, ishlab chiqarish omillari n-marta oshganda, ishlab chiqarish (n)-martadan ko‘proq oshadi, ya‘ni ishlab chiqarishning o‘sishi omillar umumiy harajatini aks ettiradi.
Birinchi holatda α> β va o‘sish fondlarni tejaydi, ikkinchisida α< β va o‘sish mehnati tejaydi.
Agar (α+ β)<1 bo‘lsa, ishlab chiqarish o‘sishi ishlab chiqarish omillari o‘sishiga nisbatan sekinroqdir. Bunda umumiy samaradorlik pasayadi.
Ishlab chiqarish funksiyasi (αqβ)q1 bo‘lgan holatni tasvirlash KobbaDuglas funksiyasi deb ataladi.
Iqtisodiy o‘sishni progpozlashtirish ekonometrik modeli quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi:
21 22 23
yq a0 X1 X2 X3
Ko‘rsatkichlar dinamikasi qatorining o‘zgarish tendensiyasini izlash turli xil vaqtinchalik funksiyalar yordamida o‘tkaziladi.
Kelajakda iqtisodiy rivojlanish sharoitlarini saqlab qolish uchun vaqtinchalik funksiyalar bilan ishlab chiqarish dinamikasini prognozlashtirishda topilgan baholar yoki alohida omillar ekstropolyatsiya qilinadi. Ekstropolyatsiya modellarini 5 yildan 7 yilgacha qo‘llanilishi ko‘proq foydali va yaxshi natija beradi. Bu usullar uzoq muddatga qo‘llanilganda aniqlik darajasi kamayadi
Respublikada qat‘iy monetar siyosatini yuritilishi, shuningdek pul agregatlarini bozor mexanizmlari orqali boshqarish va ularni tartibga solish, inflyatsiya darajasi va unga ta‘sir etuvchi omillarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha qabul qilingan tezkor chora-tadbirlarning amalga oshirilishi natijasida baholar o‘sishi past darajada bo‘lishi ta‘minlandi.
Shu bilan birga, real ishlab chiqarish hajmining yuqori sur‘atlar bilan o‘sishi hamda pul massasining YaIM ga nisbatan mutanosib ravishda oshishining ta‘minlanishi iste‘mol baholari indeksining belgilangan ko‘rsatkichlar doirasida bo‘lishida o‘z aksini topdi. O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining bergan rasmiy ma‘lumotlariga ko‘ra, 2005 yilda inflyatsiya darajasi 7,8 foizi tashkil etdi.
Olib borilgan tahlillar natijasida Respublikamizda 2003-2005 yillar mobaynida inflyatsiya darajasiga monetar omillar ta‘siri sezilarli darajada pasaygani holda, nomonetar va tashqi iqtisodiy omillar jiddiy ta‘sir ko‘rsatayotganligi aniqlandi. Inflyatsiyaning nomonetar omillari sifatida tabiiy monopol korxona va tashkilotlar tomonidan taklif qilinayotgan tovar va xizmatlar narxlarining nisbatan tez o‘sayotganligi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari savdosini aholi gavjum joylarda tashkil qilish va ishlab chiqarishdagi ba‘zi ma‘muriy to‘siqlar mavjudligi, shuningdek mavsumiylik va tashqi omillarni ko‘rsatish mumkin. Ayniqsa, mavsumiy harakterga ega bo‘lgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari narxining o‘zgarishi asosiy nomonetar faktor bo‘lib, umumiy baholar darajasiga sezilarli ta‘sir ko‘rsatmoqda.
JUMLADAN ,2005 yilda O‘zbekistonda tabiiy monopol harakterga yega bo‘lgan davlat tomonidan tartibga solinadigan tovar va xizmatlar narxlari, xususan, uy-joy communal xizmatlari va jamoat transporti xizmatlari, benzin va yoqilg‗- moylash,Materiallari narxlari sezilarli o‘sti .O‘tkazilgan tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, inflyatsiya sur‘tlari pasaygan sari pul massasi bilan is‘temol baholari indekslarining qisqa muddatli o‘zgarishlari orasidagio bog‗liqlik ham pasaymoqda. bu inflyatsiya jarayonlarining shakllanishiga, monetar agregatlar dinamikasiga hamda pul bozoridagi talab va taklif balansiga bog‗liq bo‘lmagan tarkibiy omillar ta‘sirining kuchayganligi bilan bog‗liqdir .shuning uchun Markaziy bankning bu boradagi asosiy vazifalaridan biri ushbu omillar ta‘siriniyetarli darajada baholash hamda monetar siyosatning qisqa muddatli maqsadlarini ishlab chiqishda ularni ta‘sirini hisobga olishdan iborat bo‘ldi .

Yüklə 140,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin