Reja: 1 Iqtisodiy tarbiya o ‘quvchilarda tejamkorlik, mehnatsevarlik, tashabbuskorlik, ishbilarmonlik, iqtisodiy hisobkitob va ayni shu kabilar haqida fikrlay olish qobiliyatini kamol toptirishdir
Mutafakkirlarning iqtisodiy tarbiya haqidagi fikrlarini shaxs shakllanishidagi o
Mutafakkirlarning iqtisodiy tarbiya haqidagi fikrlarini shaxs shakllanishidagi o’rni .
REJA:
1 Iqtisodiy tarbiya o ‘quvchilarda tejamkorlik, mehnatsevarlik, tashabbuskorlik, ishbilarmonlik, iqtisodiy hisobkitob va ayni shu kabilar haqida fikrlay olish qobiliyatini kamol toptirishdir.
2 Muhammad Ibn Muso alXorazmiy matematika fani inson hayotida asosiy o ‘rin tutishini alohida ta’kidlaydi.
3. Al-Farobiy «Baxt-saodatga erishuv haqida» asarida shunday yozadi: inson o ‘z mablag‘ini sarflashni bilishi kerak.
4. . Forobiy tufayli musulmon Sharqiy talim tarbiya axloqiy va falsafiy tafakkurida mantiq ilmi chuqur iz qoldirdi.
5. Xulosa.
Bolalarga maktab va oila sharoitida iqtisodiy tarbiya berish muammosi ko‘pdan buyon pedagogikaning asosiy muammolaridan biri bo‘lib kelmoqda. Bozor iqtisodiyotiga o ‘tilayotgan bir paytda yoshlarda iqtisodiy tafakkurni tarbiyalash ayniqsa muhimdir. Awalo, iqtisodiy tarbiya haqida mukammal tushunchaga ega bo‘lmoq darkor. Iqtisodiy tarbiya o ‘quvchilarda tejamkorlik, mehnatsevarlik, tashabbuskorlik, ishbilarmonlik, iqtisodiy hisobkitob va ayni shu kabilar haqida fikrlay olish qobiliyatini kamol toptirishdir. Iqtisodiy tarbiya mazmuni Sharq mutafakkirlari tomonidan muntazam boyitib kelindi. Chunonchi, Muhammad Ibn Muso alXorazmiy matematika fani inson hayotida asosiy o ‘rin tutishini alohida ta’kidlaydi. Uning fikricha, kishi hisob ilmini bilishi va o ‘z ishiga pishiq bo‘lishi kerak. Shunda u o ‘z mehnatining natijalarini o‘lchovlar orqali aniqlay olishi mumkin. Abu Nasr al-Farobiy insonga yashash uchun juda ko‘p narsalar kerakligi va ularni vujudga keltirish yo‘lida boshqa shaxslarga murojaat qilishni e ’tirof etadi. Bu o ‘rinda olim iqtisodiy aloqa zaruriyatini ko‘rsatib o ‘tgan edi. Darhaqiqat, iqtisodiy aloqa o ‘rnatish uchun odamlar, davlatlar, jamiyatlar integratsiya yo‘lida harakat qiladilar. Hozirgi paytda bu fikr nechog‘lik to‘g‘ri ekanligini Yevro‘pa amaliyoti misolida ko‘rib turibmiz. Iqtisodiy integratsiya davlatlarga faqat boylik keltirayapti. 198 Al-Farobiy «Baxt-saodatga erishuv haqida» asarida shunday yozadi: inson o ‘z mablag‘ini sarflashni bilishi kerak. Pul sarllashda qizg‘anchiqlik qilish xasislikka olib keladi. Pullarni rejasiz ishlatisli esa insonni beboshlikka yetaklaydi». Ko‘rinib turibdiki, o ‘tmish mutafakkirlari maktab va oila sharoitlarida bolalarni iqtisodiy tafakkurini kengaytirish, ularni hamkorlikka, ishbilarmonlikka, iqtisodiy hisob-kitobga o ‘rgatishni hayotiy tajriba asosida amalga oshirish lozimligiga e ’tibor qaratganlar. Bolaga iqtisodiy tarbiya berish oiladan boshlanadi. Har bir kishi bug‘doy, guruch, mevalarni saqlash yoMlarini bilishi kerak. Ota-ona ne’matlarni uvol qilish gunohligini farzandiga yoshligidanoq nasihat yo‘li bilan o ‘rgatadi. Ibn Sino bolalarni hayotga tayyorlash uchun ularga hunar o ‘rgatish lozim deb ko‘rsatadi. Inson hunarni puxta o‘rganishi shart. Chunki, hunar unga kelajakda ro‘zg‘or tebratish uchun kerak. Bu shunday olib borilishi kerakki, u o ‘z mehnatining natijalarini ko‘ra bilsin. Shundagina bola o‘z imkoniyatidan to‘g ‘ri yoki noto‘g ‘ri foydalanayotganini his qila oladi. Hunar egallash yoshlarni mustaqillikka o ‘rgatadi. Bu jarayonda bola hisob-kitob qilishni ham o ‘rganadi, ishbilarmonlik va tashabbuskorlik xususiyatlariga ega boMadi. Farzand oilada ota-ona tajribalari ta’sirida tarbiya ko‘radi. Otaona har qadam, har nafasda bolaga saboq beradi: - Asbobni ishlatgach, darhol o‘rniga, yopiq joyga olib, qo‘y. U yomg‘ir emas, shudring tegsa ham zanglaydi, o ‘tmaslashib qoladi. - Tovoningni to‘g ‘ri bos, poyabzalning poshnasi yeyilmasin... - Suvning bir tomchisi ham aziz. Uni qadrla... - Nonning uvoli turmushga, qog‘ozning uvoli obro‘ga putur yetkazadi. 199 Uvoqni ko‘rdingmi, ko‘zingga surt, qog‘oz parchasini chetga olib q o ‘y... Mazmuni olamcha bo‘lgan bu o‘gitlar ota-onalar tomonidan farzandlar ongiga singdirilayotgani xasislik alomatlari emas, balki turmush tajribasining durdona xulosasi, tejamkorlikka undashdir. Tejamkorlik tarbiyasi axloqiy tarbiyaning hisob-kitob bilan yashashga o ‘rgatadigan muhim sohasi sanaladi. Ishlab chiqarish korxonasidami, ro‘zg‘ordami, tabiat bag‘ridami, qayerda bo‘lmasin, tejalgan ne’mat katta ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘ladi. lnsonlardagi tejamkorlik fazilati oila yoki davlatning moddiy qudratini mustahkamlashdan tashqari, ularda turmush kechirish m e’yoriga amal qilish malakasini ham shakllantiradi. Vaqt-insonixtiyoridagibebahoxazina. (Jnifaqatdunyonio‘rganish va o‘zgartirishga, shaxsiy manfaati va el-yurt xizmatiga, mehnat samadorligini oshirish va mahsulot tannarxini arzonlashtirishga sarf etish xususiyatini har bir kishida shakllanishi muhim fazilatdir. Saxiylik yuksak darajadagi ijobiy fazilatdir. Shu bilan birga saxiylik, tejamkorlik ruhi bilan sug‘ori!mog‘i kerak. Yoshlarga daromad hajmini belgilash va harajatningme’yorini barqarorlashtirish, boshqacha aytganda, ne’mat yaratish va uni tasarruf etish rejasini ishlab chiqish va unga qat’iy amal qilish ko‘nikmasini shakllantirish darkor. Qiymati qay darajada bo‘lishidan qat’iy nazar, narsani egasidan so‘rab yoki rozi qilib olish, omonatni ehtiyotlab ishlatish va qaytarish halollik belgisidir. Yoshlarga nimani, qachon, nima uchun va qay darajada asrash lozimligi,tejashning mohiyati va usullarini to‘g‘ri anglatish tejamkorlik tarbiyasining maqsadi hisoblanadi. Bu maqsadning to ‘laqonli amalga oshishi ota-onalar, o ‘qituvchilar, tarbiyachilar, rahbarlar, jamoatchilikning faolligiga bog‘liq. 200 Tejamkorlik tarbiyasining mazmuni, ta’sirchanligi va samarasi bilan bolalar dastlab o ‘z oilalarida tanishadilar. Ota-onaning hal qiluvchi roli ana shu tanishuvdan boshlab yuzaga chiqadi va sekin-asta kuchaya boradi. Namuna ko‘rsatish, ishontirish, nasihat qilish, maslahat berish yo‘li bilan farzandlarni tejamkor bo‘Iishga undash, ular faoliyatini doimo nazorat qilib borish, lozim bo‘lsa, isrofgarchilik qilganlari uchun jazolash ota-onalarning tarbiyalay olish mahoratlariga bog‘liq. Tarbiyaviy ta’sir tarbiyalanuvchi shaxsida qisqa muddatli, uzoq muddatli, beqaror yoki doimiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. T a’sir qanchalik to ‘g‘ri, asosli va kuchli bo‘lsa, farzandlarda tejamkorlik fazilati shu qadar mustahkam shakllanadi. Ota-onalar hovli va xonadonlarni tartibga solish, ovqat pishirish, kir yuvish va kiyim-kechakni yamash, ro‘zg‘or asboblari va uydagi jihozlarni ta ’mirlash sohasida bolalar mehnatini tashkil etadilar. Bunda ota-ona yumushlarni bolalarga ularning jismoniy, aqliy, ruhiy imkoniyatlarini hisobga olgan holda topshirishlari kerak. Ishni topshirish bilan cheklanmay, bola uni qanday bajarayotganini nazorat qilib turish, lozim bo‘Isa, maslahat. ko‘mak berishi, ruhlantirib turishi maqsadga muvofiqdir. Bola mustaqil topshiriqni bajarish jarayonida rejadagi ishni uddalash uchun sarf etiladigan xomashyo, mablag1, vaqt, kuchni aniqlash, kerakli uskunalarni tayyorlash, sozlash malakalarini egallab boradi. Matbuot, radio, televideniya xabarlari, o ‘qituvchilar, tarbiyachilar tomonidan berilgan tejamkorlikka oid ma’lumotlar, ota-onalar hamda keksalarning bu to‘g ‘ridagi maslahatlari, tanbehlari ham bolada mazkur tushunchaning kengayishiga ijobiy ta’sir etadi. Maktab sharoitida iqtisodiy tarbiyaning xilma-xil vazifalari bir necha fan bo‘yicha darslarda amalga oshiriladi. 201 0 ‘zbekiston davlatining moddiy va ma’naviy o‘sish iqtisodiy qonuniyati bilan o ‘quvchilar tabiiy fanlarga oid darslarda tanishadilar. Jamiyatshunoslik darslarida bolalar xalq farovonligini yuqori darajaga ko‘tarish uchun qanday iqtisodiy vazifalarni bajarilishi lozimligini o‘rganadilar. Yangi texnologiya nima va u sanoatga qanday joriy qilinadi? Fan kashfiyotlari qay darajada iqtisodiy foyda keltirishi mumkin? Shunday savollarga bolalar o‘qituvchilar yordamida dars va darsdan tashqari mashg'ulotlarda javob topadilar. Iqtisodiy tarbiyaning qator vazifalari mehnat darslarida amalga oshiriladi. Bu darslar nechog‘lik qiziqarli va foydali tashkil etilsa, o ‘quvchilar shunchalik iqtisodiy bilim va malakaga ega bo‘ladilar. Bunday bilimlar o ‘quvchilar kelajakda qaysi sohada ishlash yoki qayerda o ‘qishlari mumkinligini m o‘ljallashlariga imkon beradi. Iqtisodiy tarbiya uslublari xilma-xildir. Jumladan, suhbat, m a’- ruza, amaliy mashg‘ulot, sanoat shoxbchalariga sayohat o ‘tkazish, solishtirish, hisob-kitob qilish g‘oyatdata’sirchanuslublarhisoblanadi. 0 ‘quvchilarda iqtisod borasida ijodiy fikr yuritishni shakllantirishda darslarda va darsdan tashqari mashg‘ulotlardan unumli foydalanish mumkin. 0 ‘quvchilarni nechog‘lik iqtisodiy tarbiya topganliklari o‘qituvchilar tomonidan kuzatib borilishi kerak. Tejamkorlik, ijodkorlik, mas’uliyat hissi tashabbuskorlik, ishbilarmonlik, hisob-kitob mohirligi o ‘quvchilar iqtisodiy tarbiyadan qanday saboq olayotganliklarini ko‘rsatuvchi muhim mezondir. Prezidentimiz Islom Abdug‘aniyevich Karimov aytganlaridek, “Dunyo tan olgan ko’p ulug’ faylasuflarning asarlari hanuzgacha o’zbek tilida nashr etilmaganligi tufayli aksariyat ziyolilar, xususan yoshlarimiz ularning g’oyaviy qarashlari bilan yaxshi tanish emas. Suqrot, Platon, Nitsshe va Freyd kabi olimlarning, hozirgi zamon faylasuflarining kitoblarini tushunarli qilib, izoh va sharhlar bilan o’zbek tilida chop etishimiz kerak[1]”.
Jamiyat taraqqiyotidagi har qanday o‘zgarishlar, yangiliklar, ayniqsa, insoniyat rivojiga katta turtki beradigan jarayonlar, kashfiyotlar o‘z-o‘zidan yuz bermaydi. Buning uchun, avvalo, asriy an’analar, tegishli shart-sharoit, tafakkur maktabi, madaniy–ma’naviy muhit mavjud bo‘lmog‘i kerak. “Biz ko’p masalalarda g’arb va sharq faylasuflarining fikrlari bilan, ayniqsa, individualism, egoism qarashlarini ilohiylashtirish bilan kelishmasligimiz mumkin.Lekin ularni hisobga olishimiz, keraklisini e’tirof, keraksizini inkor etishimiz zarur[2]”.
Umuman olganda, Markaziy Osiyo madaniy merosi jahon madaniyati va ma’rifatining uzviy ajralmas qismini tashkil etadi. Demak, Prezidentimiz yuqorida ta’kidlab o’tganlaridek, g’arb va sharq faylasuflarining qarashlarini ham yoshlar ongiga ularni sharq faylasuflari fikrlari bilan uyg’unlashtirgan holda singdirib borish darkor. Shuning uchun hozirda, yangi davr sharq faylasuflarining, xususan Abu Nasr Forobiyning ijtimoiy-falsafiy fikrlarini o‘rganish shu bugungi kunning eng muhim va dolzarb vazifalaridandir.
O‘zbekiston o‘z davlat mustaqilligi – suverenitetini 1991-yil 31-avgustda e’lon qilinishi nafaqat xalqimiz ijtimoiy–iqtisodiy va siyosiy taqdirida, balki xalqimiz ma’naviy taraqqiyotida, ta’lim–tarbiya tizimida, shu jumladan yuksak malakali mutaxassislar tayyorlash tizimida ham tom ma’noda mustaqil taraqqiyot, asl milliy va ayni paytda yangi zamonaviy umuminsoniy ma’naviy–ilmiy qadriyatlarning qaytadan kashf etilishi xalqimizga qaytarilishi, chuqur manbaviy va har tomonlama zamonaviy ilmiy falsafiy usul va prinsiplar asosida o‘rganish, tadqiq etish, ayniqsa, qadimgi, va hozirgi sharq falsafasi ixtisosligi bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash imkoniyatlarini ham ochib berdi. “Avvalgi yillarda, - deb ta’kidlaydi Prezidentimiz I.A.Karimov, - ta’lim tizimimiz jahon sivilizatsiyasining ilg‘or yutuqlaridan va xalqimizning tarixiy ildizidan ajralib qolgan edi. Bu ahvol tubdan o‘zgartirilishi lozim. Aslini olganda, xalqimizning aqliy boyliklarini, jahon fani va madaniyatining eng yaxshi yutuqlarini o‘ziga singdirib oladigan yangi avlodni kamol toptirish … shu asosdagina millatning ongli vatanparvar birligi ruhini vujudga keltirish mumkin[3]”. Shuning uchun biz bugungi kunda sharq falsafasi vakili Abu Nasr Forobiy qarashlarini o’rganishni o’zimizga maqsad qilib oldik.
Umuman olganda jamiyat rivoji uchun falsafa ilmi o’ziga xos ravishda xizmat qiladi. Uni shakllantirishda esa g’arb va sharq faylasuflarining o’rni beqiyosdir.
“Bu murakkab dunyoning azaliy va abadiy muammolari, shu bilan birga, har bir davrning dolzarb masalalariga har tomonlama asosli ilmiy javoblar topilgan taqdirdagina ma’naviyat olami yangi ma’no – mazmun bilan boyib boradi. Boshqacha aytganda, har bir ilmiy yangilik, yaratilgan kashfiyot – bu yangicha fikr va dunyoqarashga turtki beradi, ma’naviyatning shakllanishiga o’ziga xos ta’sir o’tkazadi.
Shu nuqtai nazardan qaraganda, zaminimizda yashab o’tgan buyuk allomalarimiz, mutafakkir bobolarimizning ibratli hayoti va faoliyati, bemisl ilmiy – ijodiy kashfiyotlari bugun ham jahon ahlini hayratga solayotganini g’urur bilan ta’kidlash lozim
A