Reja 1 Tahlilning zamonaviy boshqaruvdagi roli, o‘rni va ahamiy (1)
Tahlil so‘zi grekcha “analyzis” so‘zini o‘zbek tilidagi tarjimasi bo‘lib, u “bo‘laman” yoki “ajrataman” degan ma’noni bildiradi. Demak, tahlil deganda, tor ma’noda butunni qismlarga (unsurlarga) ajratish, bo‘laklarga bo‘lish yo‘li bilan uning tarkibiy qismini o‘rganish tushiniladi.

“Tahlil” deganda o‘zi nimani tushunamiz? Tahlil o‘zi nimani o‘rganadi yoki o‘rgatadi? Tahlil bu fanmi yoki metodmi? Bunday savollarni biz juda ko‘p uchratamiz.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, real voqelikda yuz berayotgan hodisa va jarayonlarni o‘rganishda faqat tahlilni o‘zi yetarli bo‘lmaydi. Inson tafakkuriga mos keluvchi boshqa usullardan ham foydalanishga zaruriyat tug‘iladi. Shu jihatda tahlilga muqobillikda “sintez” usuli ham tarkiblanib, uning yordamida o‘rganilayotgan to‘plamning ayrim birliklari orasidagi aloqalar va o‘zaro bog‘liqliklari aniqlanadi.
“Sintez” atamasi ham grekcha “syntezis” so‘zidan olingan bo‘lib, “birlashtiraman”, “qo‘shaman” degan ma’noni bildiradi.
Shunday qilib, tahlil deganda, keng ma’noda butunni tarkibiy qismlarga ajratish va ularni barcha o‘zaro aloqalari hamda bog‘liqliklarini o‘rganishga asoslangan atrof-muhitdagi hodisa va predmetlarni bilish usuli tushiniladi.

Ma’lumki, tahlil tushunchasi juda keng ma’noga ega bo‘lib, u turli soha va yo‘nalishlarda qo‘llaniladi. Fan va amaliyotda tahlilni juda ko‘p turlarini uchratish mumkin: iqtisodiy, moliyaviy, ximiyaviy, fizik, matematik, statistik va h.k. Ular albatta bir-biridan o‘rganayotgan obyektlari, maqsadlari va o‘rganish uslublari bilan farq qiladi.
Iqtisodiy jarayonlarni, ularning o‘zgarish tendensiyalarini, rivojlanishi va taraqqiyotini mavhum-mantiqiy tekshirish usullari orqaligina anglash mumkin. Bu borada mikroskoplardan, ximiyaviy reaktivlardan, o‘lchov vositalaridan foydalanib bo‘lmaydi.