Umumiy uslub – barcha tahlil turlari va turli fanlar doirasida qo‘llaniladigan, fan obyektlarini o‘rganishda bir xilda foydalanadigan usullar va tartiblar tizimidir
Umumiy uslub – barcha tahlil turlari va turli fanlar doirasida qo‘llaniladigan, fan obyektlarini o‘rganishda bir xilda foydalanadigan usullar va tartiblar tizimidir.
Umumiy uslub – barcha tahlil turlari va turli fanlar doirasida qo‘llaniladigan, fan obyektlarini o‘rganishda bir xilda foydalanadigan usullar va tartiblar tizimidir.
Xususiy uslub – faqat shu fanning o‘ziga tegishli bo‘lgan, tadqiqot obyektiga qarab tanlanadigan usullar va tartiblar tizimidir.
Iqtisodiy tahlilni o‘tkazish, albatta uning tartibini aniqlab olishni taqozo qiladi. Mazkur tartiblarni quyidagi bosqichlarda tasniflash mumkin.
Iqtisodiy tahlil bosqichlari
1-bosqich
Tahlilning obyekti, maqsadi va vazifalari belgilab olinadi, tahlil rejasi tuziladi
2-bosqich
Tahlil obyektini tavsiflaydigan ko‘rsatkichlar tanlanadi, tartiblanadi va tizimlashtiriladi
3-bosqich
Tahlil uchun zarur bo‘lgan axborotlar yig‘iladi va tayyorlanadi (ishonchliligi tekshiriladi, taqqoslanma ko‘rinishga keltiriladi)
4-bosqich
Xo‘jalik faoliyatining natijalari reja, o‘tgan yil, ilg‘or korxonalar ko‘rsatkichlari bilan taqqoslanadi
5-bosqich
Omilli tahlil o‘tkaziladi va natijaviy ko‘rsatkichlarga ta’sir etuvchi birliklar hisob-kitob qilinadi
6-bosqich
Faoliyat samaradorligini oshirishda foydalanilmayotgan va istiqboldagi imkoniyatlar aniqlanadi
7-bosqich
Turli omillar ta’sirini, aniqlangan va ishlatilmayotgan imkoniyatlarni hisobga olib, xo‘jalik faoliyatini baholash amalga oshiriladi va aniq chora-tadbirlar belgilanadi