Tovar, moliyaviy aktivlar narxlari va foiz stavkalarining keskin tebranishi Bunday holatda banklar kredit va bozor risklarini aniqlashda, omonatchilar va nazorat organlari bank moliyaviy holatini baholashda noaniqliklarga duch keladi. 1980 yillarda Shvetsiyada kredit bozorini liberalizatsiya qilish natijasida kredit spekulyatsiyasi va moliyaviy bozorda narxlaming asossiz oshishi jiddiy bank inqiroziga olib kelgan.
Zamonaviy boshqaruvni:
- yaqin va uzoq davriylikni qamrab olgan – rejalashtirish;
- mulk egalari va maqsadli foydalanuvchilarni moliyaviy va boshqa axborotlar bilan ta’minlovchi – buxgalteriya hisobi;
- axborotlarni chuqur qayta ishlash, faoliyatga obyektiv baho berish, iqtisodiy va moliyaviy imkoniyatlarni aniqlash orqali tezkor, joriy va istiqboldagi boshqaruv strategiyasini belgilab beruvchi – iqtisodiy tahlil;
- faoliyatni yo‘lga qo‘yish va maqsadli boshqarishning aniq yechimlari va natijaviyligini ta’minlovchi, innovatsion va aqlli iqtisodni ta’minlashga imkon beruvchi – ilmiy faoliyat;
- faoliyat samaradorligi va natijaviyligidan kelib chiqqan holda munosabatlarni muvofiqlashtirishning muhim mezoni bo‘lgan – mehnatni munosib rag‘batlantirish;
- va boshqa (ijtimoiy, ekologik, texnikaviy, tashkiliy) jihatlarni qamrab olgan – murakkab tizim deb qarash lozim.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlari oldida turgan muhim vazifalarni hal etilishiga albatta axborotlar oqimi va ularni tahliliy xulosalariga tayangan zamonaviy boshqaruvni yo‘lga qo‘yish va takomillashtirish orqaligina erishiladi.
Boshqaruv obyekti va subyektlari, uning muhim birliklari va tasnifiy jihatlarini quyidagicha ifoda etish mumkin.