Reja: 1 Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’i


Aksiz solig’i solinadigan baza



Yüklə 69,49 Kb.
səhifə11/18
tarix23.06.2023
ölçüsü69,49 Kb.
#134498
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18
2-MAVZU. YURIDIK SHAXSLAR TO\'LAYDIGAN SOLIQQA UMUMIY TAVSIFNOMA

Aksiz solig’i solinadigan baza
Soliq kodeksining 232-moddasida soliq solinadigan baza baratafsil bayon qilingan. Bu quyidagilardir:
Aksiz solig’ining stavkalari mutloq so’mmada (qat’iy) belgilangan aksiz to’lanadigan tovarlar bo’yicha soliq solinadigan baza aksiz to’lanadigan tovarlarning naturada ifodalangan hajmi asosida aniqlanadi.
Aksiz solig’ining stavkalari foizlarda (advalor) belgilangan ishlab chiqarilayotgan aksiz to’lanadigan tovarlar bo’yicha, agar boshqa cha koida nazarda tutilmagan bo’lsa, realizasiya qilingan aksiz to’lanadigan tovarlarning aksiz solig’i hamda Qo’shilgan qiymat solig’i kiritilmagan qiymati Soliq solinadigan bazadir.
Ish haqi hisobiga, hisoblab chiqarilgan devidendlar hisobiga, bepul yoki boshqa tovarlarga (ishlarga, xizmatlarga) ayirboshlash uchun beriladigan aksiz to’lanadigan tovarlar bo’yicha, shuningdek tovarlar tannarxidan past narxlarda realizasiya qilingan taqdirda Soliq to’lovchi tovarlarni topshirish paytida uning haqikiy tannarxidan kam bo’lmagan darajada belgilaydigan narx asosida hisoblangan qiymat Soliq solinadigan bazadir.
Qayta ishlashga berilgan xom ashe va materiallardan ishlab chiqarilgan aksiz to’lanadigan tovarlar bo’yicha Soliq solinadigan baza aksiz to’lanadigan tovarlarni ishlab chiqarishga doir ishlar qiymatini hamda qayta ishlashga berilgan xom ashe va materiallar qiymatini o’z ichiga oladi.
Aksiz solig’ining stavkalari foizlarda belgilangan import qilinayotgan aksiz to’lanadigan tovarlar bo’yicha Soliq solinadigan baza bojxona to’g’risidagi qonun xujjatlariga muvofik aniqlanadigan bojxona qiymati asosida belgilanadi
Aksiz solig’i stavkalari
Aksiz solig’i to’lanadigan tovarlar ro’yxati va Soliq stavkalari Prezident Karorlari bilan tasdiqlanadi. Aksiz solig’i stavkalari tovarning qiymatiga nisbatan foizlarda va (yoki) naturada ifodalangan o’lchov birligi mutlaq so’mmada (qat’iy) belgilanadi. 2011 yil uchun tasdiqlangan aksiz to’lanadigan tovarlar ro’yxati va Soliq stavkalari quyida keltirildi.
Jadval
Mamlakatda ishlab chiqarilib aksiz solig’iga tortiladigan tovarlarga nisbatan aksiz solig’i stavkalari

Tovarlar nomi

Soliq stavkasi


Aksiz solig’i va QQSni hisobga olmagan holda sotilgan tovarlar qiymatiga nisbatan foizlarda

bir o’lchov birligiga so’mlarda


2010
yil

2011 yil


1. Etil spirti (1 dal uchun)


1763

2292


2. Vino (1 dal tayyor mahsulot uchun)1


4125

4744


3. Qonyak, arok va boshqa alkogolli mahsulotlar (1 dal tayyor mahsulot uchun)1


15538*

18956


4. Pivo (1 dal tayyor mahsulot uchun)1


1875

2156


5. Usimlik (paxta) yogi (1 tonna uchun)1:





oziq-ovqat yogi (salomas ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan yog va «O’zbekiston» yogidan tashqari)


544500

657900


texnik moy (kislota miqdori 0,3 mg QON/g dan yukori, oziq-ovqat mahsulotlari tarkibiga qo’shishga yaroksiz bo’lgan)


361900

361900


6. Sigaretalar (1 ming dona uchun)1:





filtrli


7159

8949


Filtrsiz va papiroslar


2879

4319


7. Zargarlik buyumlari

25




8. «Jeneral Motors O’zbekiston» YoAJ ishlab chikargan avtomobillar2

29




9. Kumushdan ishlangan oshxona anjomlari

11




10. Qimmatbaho metallar2





11. Neft mahsulotlari1:





Ai-80 benzini

40%, biroq 1 tonna uchun 292250so’mdan kam bo’lmagan miqdorda




Ai-91, Ai-92, Ai-93 benzin

40%, biroq 1 tonna uchun 321300 so’mdan kam bo’lmagan miqdorda




Ai-95 benzini

40%, biroq 1 tonna uchun 371750 so’mdan kam bo’lmagan miqdorda




dizel yokilgisi

34%, biroq 1 tonna uchun 248550 so’mdan kam bo’lmagan miqdorda



aviakerosin

9%, biroq 1 tonna uchun 43350 so’mdan kam bo’lmagan miqdorda



12. Tabiiy gaz (aholiga sotiladigan tabiiy gaz hajmlaridan tashqari)2, shu jumladan eksport

25



13. Ishlab chikaruvchi korxonalar tomonidan sotiladigan suyultirilgan gaz («O’ztransgaz» AK mintakalararo unitar korxonalari tomonidan aholiga sotiladigan gaz hajmi bundan mustasno), shu jumladan eksport2

26



14. Paxta tolasi3




*) Hajmiy ulushda etil spirti 40 foizdan ko’p bo’lgan qonyak, arok va boshqa alkogolli mahsulotlarga aksiz solig’i stavkasi 1 dal tayyor mahsulot uchun 31236 so’m miqdorida belgilanadi.
Izox:
1. Bir o’lchov birligiga so’mda belgilangan aksiz solig’i stavkalari O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan narxlarning dinamikasi hamda mahsulotning sotilishi hajmi dan kelib chiqqan holda yil mobaynida qayta kurib chiqilishi mumkin.
2. «Jeneral Motors O’zbekiston» YoAJ avtomobillari, tabiiy va suyultirgan gaz, shuningdek qimmatbaho metallarga aksiz solig’ini to’lovchilar va uni to’lash tartibi O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan O’zbekiston Respublikasi Davlat Soliq qo’mitasi bilan kelishilgan holda belgilanadi.
3. Paxta tolasining ichki narxlari (realizasiya bo’yicha harajatlarni hisobga olgan holda ) va uni realizasiya qilishning haqikiy narxi o’rtasidagi ijobiy farq Paxta tozalash korxonalarining maxsus hisob raqamida jamlanadi va 25 foizgacha bo’lgan miqdorda Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibga muvofiq kreditorlik qarzini so’ndirish uchun paxtachilik fermer xo’jaliklariga 25 foiz miqdorda O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi xuzuridagi davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xo’jalik masulotlarini hisob-kitob qilish jamg’armasining kreditlari bo’yicha qarzlarni so’ndirishga, qolgan qismi esa-mazkur Jamg’armaning oborot mablag’larini to’ldirishga yo’naltiriladi.
O’zbekiston Respublikasi xududiga olib kelinadigan aksizli tovarlarga aksiz solig’i stavkalari Prezident qarori bilan tasdiqlanadi. Soliq stavkalari tovarning bojxona qiymatiga nisbatan foizlarda yoki bir o’lchov birligi uchun AKSh dollarida belgilangan.

Yüklə 69,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin