Reja: 1Ilk orta asr Sharq falsafasida olam va odam muammosining tahlili


II. G’arb mutafakkirlari ijodida olam va odam muammosining qoyilishi



Yüklə 40,92 Kb.
səhifə2/5
tarix16.11.2022
ölçüsü40,92 Kb.
#69397
1   2   3   4   5
SHARQ VA G’ARB MUTAFAKKIRLARI IJODIDA OLAM VA ODAM MUAMMOSI

II. G’arb mutafakkirlari ijodida olam va odam muammosining qoyilishi . Ushbu masalada
talaba Garb mutafakkirlari ijodini o’rganishida Ilk o'rta asrlar ta’limotida boshlashi zarur. Yevropada, Vizantiyada,
Old Osiyo va Shimoliy Afrikaning ellinlashgan markazlarida xristianlikning tarqalishi boshqa diniy va falsafiy
oqimlar bilan qattiq kurash jarayonida yuz bergan. Bunda xristianlikka qarshi neoplatonizm falsafasidan keng
foydalanilgan. Ayni shu davrda apologetika, ya'ni xristianlikni asoslash va himoya qilish falsafasi sifatida vujudga
kelgan. Apologetika ortidan «cherkov otalari»ning falsafiy ta'limoti – patristika (lot. pater – ota) paydo bo'lgan.
Patristikaning eng yorqin vakili Gippon (Shimoliy Afrika)dagi yepiskop Avliyo Avgustin (354-430)dir. U o'rta asrlar
falsafasiga, shuningdek falsafiy ijodning keyingi davrlardagi ko'pgina vakillariga kuchli ta'sir ko'rsatgan. Avgustin
«haqiqiy falsafa va haqiqiy din»ni bir deb hisoblagan. Xristianlik asoslarini u Platon falsafasidan topishga harakat
qilgan. Uning fikricha, Platon g'oyalari – «bu ijodkor ijodga kirishish oldidan yuritgan mulohazalar»1dir. Xudo
dunyoni yo'qlikdan yaratgan. Inson panoh topishining asosiy yo'li uning xristian cherkoviga mansubligidir. Xristian
cherkovi «ilohiy shahar»ning Yerdagi vakilidir. Avgustin inson faoliyatining ikki qarama-qarshi turini tahlil qiladi:
birinchi –«dunyoviy shahar», ya'ni «Xudoga nisbatan nafrat darajasiga ko'tarilgan o'zo'ziga bo'lgan muhabbatga»
asoslangan davlatchilik; ikkinchi – «o'z-o'ziga nisbatan nafrat darajasiga ko'tarilgan Xudoga bo'lgan muhabbat»ga
asoslangan «ilohiy shahar». Avgustinning eng mashhur: «Ilohiy shahar», «Insoniy shahar», «Tavba» kabi asarlari
mavjud. Avgustin ikki muhim muammo: shaxs dinamikasi va kishilik tarixi dinamikasi muammolarini yechishga
harakat qiladi. U «Tavba» asarida shaxsning o'zligini, uning ruhiy holatlarini o'rganadi. Avgustin shaxsning ichki
dunyosini uning go'daklik yillaridan boshlab inson xristian sifatida shakllanadigan davrgacha tavsiflaydi. U shaxsga
nisbatan zo'rlik ishlatishning har qanday shakllarini (maktabda bolaga zo'rlik ishlatishdandavlat darajasida zo'rlik
ishlatishgacha) qoralaydi. Avgustin shaxs erkinligi muammosini ilgari suradi. Oradan bir necha asrlar o'tgach, ayni
shu muammo ekzistentsializm vakillarida Avgustin falsafasiga nisbatan qiziqish uyg'onishiga sabab bo'ldi. Avgustin
inson sub'ektiv tarzda erkin harakat qiladi, lekin uning barcha harakatlarini u orqali Xudo bajaradi, deb hisoblagan.
Xudoning borlig'ini insonning o'zligidan, inson tafakkurining o'z-o'zi uchun ishonchliligidan keltirib chiqarish
mumkin. Avgustin shaxs uchun o'zlikning rolini ko'rsatib berdi. Zero «Men» - tashqi dunyodan ajralib chiqadigan va
hatto undan «berkinib» oladigan intim Tarix falsafasini ishlab chiqish ham, garchi atamaning o'zini Vol`ter taklif
qilgan bo'lsa-da, Avliyo Avgustindan boshlangan. Antik faylasuflarda «tarixiylik» tushunchasi mavjud bo'lmagan:
yunonlar dunyoni estetik jihatdan, mukammal koinot sifatida idrok etganlar. Avgustin esa o'tmish – hozirgi davr –
kelajakning o'zaro aloqasini falsafiy jihatdan anglab yetishga harakat qilgan. Hozirgi davr – bir lahza, zero u o'tmishga
chekinadi va kelajak sari harakat qiladi. «Insoniy shahar» (jamiyat) hayoti buni tasdiqlaydi. Avliyo Avgustin asarlari
sxolastik falsafaning yaratilishiga asos bo'lgan va uzoq vaqt mobaynida antik falsafani, asosan Platon, Aristotel`
hamda neoplatoniklar – Plotin, Porfiriy, Prokl, Yamvlix asarlarini o'rganish manbalaridan biri bo'lib xizmat qilgan.
Plotinning universal triadasi – «yagona – aql – jon» sxolast-faylasuflar e'tiborini o'ziga tortgan.Sxolastika (yunon.
schole – maktab) – maktab ta'limida hukmronlik qilgan va ilohiyotga to'la bog'liq bo'lgan o'rta asrlar xristian falsafasi.
XI asrda sxolastik falsafa doirasida nominalizm va realizm o'rtasida kurashavj olgan. Dastavval: «Xudo bir, lekin
siymolarda uchta: Xudo-ota, Xudoo'g'il va Xudo- muqaddas ruh, degan fikrni qanday tushunish kerak?», degan sof
sxolastik savol o'rtaga tashlangan. Ammo bu savol atrofida avj olgan bahs-munozara uning chegarasidan chetga
chiqqan va tom ma'noda falsafiy xususiyat kasb etgan: amalda yakkalik va umumiylik dialektikasining muhokamasiga
aylangan. Realistlar «umuman inson», «umuman uy» kabi umumiy tushunchalar – «universaliyalar» mavjudligi
to'g'risida so'z yuritganlar. Ular ayrim narsalarning mohiyati sanalgan universaliyalar narsalargacha amalda mavjud
bo'ladi va narsalarni vujudga keltiradi, deb hisoblaganlar. Bu ashaddiy realizm zamirida Platonning «g'oyalar
dunyosi» va «narsalar dunyosi» haqidagi ta'limoti yotadi.Nominalistlar «universaliyalar narsalardan keyin vujudga
kelgan nomlardir», degan fikrni ilgari surganlar. Ayrim narsalar, masalan, odamlar, uylargina realdir, «umuman
inson» yoki «umuman uy» esa faqat so'zlar yoki nomlar bo'lib, ularning yordamida odamlar ayrim predmetlarni
umumlashtiradilar. Mo''tadil nominalistlar insoniy tushunchalarda ayrim narsalardagi o'xshash jihatlarning in'ikosi
sifatida umumiylik mavjudligini taxmin qilganlar.Realizm umumiylikka narsadan oldin paydo bo'luvchi ideallik
sifatida yondashgan, ya'ni amalda umumiy va yakkaning aloqasi to'g'risidagi idealistik kontseptsiyani ishlab chiqqan
bo'lsa, nominalizm bu muammoni materialistik yo'l bilan yechishning o'ziga xos timsoli bo'lgan.Shunday qilib,
realistlar va nominalistlar o'rtasidagi bahs falsafiy tus olgan, chunki unda umumiy va yakkaning tabiati muammolari,
ularning dialektikasi amalda muhokama qilingan

Yüklə 40,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin