ma’lumotlar bazasi — obyektiv shaklda ifodalangan va elektron hisoblash mashinalari (bundan buyon matnda EHM deb yuritiladi) yordamida topish hamda ishlov berish mumkin bo‘ladigan tarzda bir tizimga solingan ma’lumotlar (maqolalar, hisob-kitoblar va shu kabilar) majmui;
muallif — ijodiy mehnati bilan asar yaratgan jismoniy shaxs;
omma oldida ijro etish — asarlarni yoki turdosh huquqlar obyektlarini ijro etish yoki ma’lum qilishning har qanday boshqa shakli vositasida, bevosita yoki texnika vositalari yordamida, omma uchun ochiq joyda yoki ayni bir oila a’zolari bo‘lmagan shaxslarning keng doirasi hozir bo‘lgan joyda eshitib va (yoki) ko‘rib idrok etish uchun yetkazish;
prokatga berish — asarlarning asl nusxasini yoki nusxalarini yoxud turdosh huquqlar obyektlarini daromad olish maqsadida vaqtinchalik foydalanish uchun berish;