|
buyuk bobomiz Abu Rayhon Beruniyning ilmiy va madaniy merosini oʻrganish, uni oʻquvchi va
|
səhifə | 8/10 | tarix | 07.01.2024 | ölçüsü | 21,83 Kb. | | #207476 |
| Reja Abu Rayhon Beruniy hayoti va ijodi Ba’zi asarlarining yara-fayllar.org
buyuk bobomiz Abu Rayhon Beruniyning ilmiy va madaniy merosini oʻrganish, uni oʻquvchi va
talabalarga yetkazish azaliy qadriyatlarimiz sirasiga kiradi. Abu Rayxon Muhammad ibn Ahmad
Beruniy oʻrta asrlarning buyuk qomusiy olimlaridan edi. Uning buyukligi oʻsha davrning deyarli
barcha fanlariga qoʻshgan betakror ilmiy merosida namoyon boʻladi. Beruniyning olimlilik
salohiyatiga mashhur sharqshunos olim I.Yu.Krachkovskiy „uning qiziqqon ilm sohalaridan koʻra
qiziqmagan sohalarini sanab oʻtish osondir“ deb baho bergan edi. Gʻarb tadqiqodchilaridan
M.Meyerxoff esa „Beruniy musulmon fanini namoyish etuvchi qomusiy olimlarning eng mashhuri
boʻlishi kerak“ degan fikrni bildiradi.
Baʼzi asarlarining yaratilish tarixi
Beruniy tibbiyotga bagʻishlangan „Saydana“ asarida mingdan ortiq dorivor moddalar nomini 30
tilda yozib chiqqan. Xorazmdagi siyosiy vaziyatni oʻzgarishi natijasida Beruniy 998-yili Joʻrjon
shahriga ketishga majbur boʻladi. U bu davrga qadar Kat va Ray shaharlarida oʻzining dastlabki
ilmiy izlanishlarini boshlab yuborgan edi. Joʻrjonda kechgan yillar (998—1004-yillar) Beruniy
uchun yirik izlanishlar va ijodiy kamolot davri boʻldi. Oʻzining birinchi astronomik tajribalarni
16 yoshda Kot shahrida boshlagan alloma, Joʻrjonda nafaqat astronomiya va boshqa tabiiy
fanlar bilan shugʻullandi, balki tarix va din tarixi bilan ham qiziqdi. Olimning muhim asarlaridan
biri „Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar“ uning Joʻrjon saroyida xizmat qilgan davrida
yaratiladi. 1000-yili tugallagan bu asar muallifning koʻp qirrali olim ekanini namoyish etdi va
unga katta shuhrat keltirdi. Umuman, Beruniy Joʻrjonda 10 dan ortiq asrlarini bitishga muyassar
Dostları ilə paylaş: |
|
|