Reja: Adibning hayoti va ijodi



Yüklə 69,5 Kb.
səhifə3/4
tarix23.11.2022
ölçüsü69,5 Kb.
#70155
1   2   3   4
Po`lat Mo`min hayoti va ijodi

Yo`llarning eng ma’quli,
Kimki yursa shu yo`ldan
Ishi keladi o`ngdan,
Yo`llar eltar maktabga,
Yetkazadi maqsadga.
Bugina emas, bolalar Po`lat Mo`minning o`nlab topishmoqlarini ham sevib o`qib o`rganadilar va zehnlarini charxlaydilar.
Po‘lat Mo‘min adabiyot ixlosmandlariga, xususan, yosh avlodga shoir,
dramaturg sifatida tanish va yaqindir. U o‘zining quvnoq she’rlari, zavqli qo‘shiqlari,
qiziqarli doston va ertaklari bilan bolalarning sevimli shoirlaridan biri bo‘lib qolgan.
1992-yilda unga O‘zbekiston xalq yozuvchisi faxriy unvoni berilgan. Po‘lat Mo‘min
1998-yilda «El-yurt hurmati» ordeni bilan taqdirlangan.
U 1922-yil 24-dekabrda Toshkent shahrida tavallud topadi. Avval pedagogika
bilim yurtida tahsil oladi. So‘ng, Toshkent Davlat pedagogika institutini tugatib
(1944), o‘qituvchilik qiladi. 1948-1950 yillarda gazetalarda adabiy xodim, 1951-1952
yillarda O‘zbekiston Davlat nashriyotida bolalar adabiyoti bo‘limining mudiri bo‘lib
ishlaydi. 1954-1960 yillarda Yozuvchilar uyushmasida, 1962-1964 yillarda
Madaniyat vazirligi qoshidagi San’at ishlari boshqarmasida xizmat qiladi. Po‘lat
Mo‘minning adabiyot oldidagi xizmatlari xalq va hukumat tomonidan yuqori
baholangan. 1992-yilda unga O‘zbekiston xalq yozuvchisi faxriy unvoni berilgan.
1998-yilda esa «El-yurt hurmati» ordeni bilan taqdirlangan.
1949-yilga kelib uning «Sayrang, qushlar» nomli ilk to‘plami chop etiladi.
Ketma-ket «Bo‘l, tayyor!», «Tish cho‘tkasi ertagi» (1955), «Hunardan unar» (1958), «To‘g‘ri o‘sgan gul bo‘lar» (1960), «Aql qayerda bo‘lar?» (1962), «Oltin nay»
(1967), «Rahmatga rahmat!» (1969), «Eson va Omon» (1971), «Odob va oftob»
(1971), «Yaxshilarga o‘xshasam», «Gul va Piyoz», «Kuldi xiyol», «Men sevaman,
sen sevasanmi?», «Oltin boshoqlar», «66 oltin qo‘l», «Ertaqdan ertakka» (1990),
«Fardlar kitobi» (1993) va boshqa to‘plamlari nashr etiladi. Uning so‘nggi «Bolajon,
bolajonim» kitobi 2004-yilda kitobxonlar qo‘liga tegdi.
Po‘lat Mo‘min dramaturg sifatida ham «Qovoqvoy bilan Chanoqvoy» (1970),
«Suqatoy va Konfetvoy», «Bahodirning jasorati» kabi asarlarini yaratgan.
U, ayniqsa, mohir qo‘shiqchi shoir sifatida elga tanilgan. Shoirning «Indamadi»,
«Onadur ul, onadur», «Senga bir gap aytaman» kabi o‘nlab qo‘shiqlari o‘zining
sodda va ravonligi, musiqiy va xalqchilligi bilan xalqimiz yuragidan o‘rin olgan.
U mohir tarjimon sifatida A.S.Pushkin, V.Mayakovskiy, S.Marshak,
S.Mixalkov, A.Barto, N.Nosov asarlarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan.
U 2003-yilda vafot etgan.
Oltindan qadrli, javhardan qimmatli bir narsa bor bo'lsa, u ham bo'lsa vaqtdir.
Vaqt bizning har turli ishni qilishga kuchimiz yetadigan fursatdir. Bir soatning bekor
o'tgani - ixtiyorimizda bo'lgan fursatning zoye bo'lganini bildiradi. Holbuki, shu
fursat ichida foydali ishlarga ixtiyorimiz bor edi. Fursatni g'animat bilgan odam
vaqtidan unumli foydalana oladi. Vaqt qadrini bilgan odam havoyi nafsdan tiyila
oladi. Vaqt qadrini bilgan odam buyuk bo'lishga haqlidir. Aqlsizlikning eng yomon
ko'rinishi - vaqtni bekor o'tkazishdir.
Miqdori ko'p narsa qadr-qiymatini tez yo'qotadi. Har bir musulmon uchun vaqt
eng qimmat tushunchadir. Ammo aql egalari uchun vaqt hech qachon
qadrsizlanmaydi. Yuz yil qancha qimmatga ega bo'lsa, soat yoki daqiqaning qadri
ham shu kabidir. Vaqt odamiga qarab eng qimmat yoki eng arzon matohdir.
Payg'ambarimiz Muhammad Mustafo sallallohu alayhi vasallam: “Vaqt bir
qilich kabidir, agar sen uni kesmasang, u seni kesadi”, deb marhamat qilganlar.
Xulosa o'rnida Abdulloh ibn Mas'ud roziyallohu anhuning aytgan so'zlarini
keltirmoqchimiz: "Men bir kunning quyoshi botib, ajalim bilan oramizdagi masofa
qisqarib, o'sha kunlik yaxshi ishlarim ko'paymaganiga qilgan pushaymonimdek qattiq
pushaymon qilmadim. Agar kun o'tgan va men o'zimni Allohga yaqin qiladigan
ilmimni ziyoda qilmagan bo'lsam, shu kunning chiqqan quyoshi men uchun barakali
bo'lmagandir", degandilar.
Har nafasimiz, har kunimiz uchun Allohga shukur qilib, uni qadriga yetaylik.
Chunki bu vaqt barchamiz uchun omonatdir. Bu borada “Fursat - g’animat” she’ri
qimmatga ega.
Nafasmi olganing fursat - g’animat
Davrada qilganing suhbat - g’animat.
Luqmai haloling, noning - g’animat,
Tomirda yugurgan qoning - g’animat.
Shirin o’tayotgan vaqting - g’animat,
Qo’lingga tutganing naqding - g’animat,
Jamiyatdagi barcha insonlar bir-biri bilan munosabatda bo‘lar ekan, ularning
o‘rtasida mehr oqibat va o‘zaro ishonch bo‘lsagina hayotlari yanada go‘zallashib
boraveradi. Insonning qadr-qimmati uning mehr oqibati bilan baholanadi. Qancha
boy-badavlat yoki mansabdor bo‘lmasin, u insonni mehr-oqibati bo‘lmasa, qadrqimmati,
obro‘si bo‘lmaydi.


Xulosa
Hatto, gul yoki ko‘chat eksangiz ham, unga mehr berib tarbiyalamasangiz
kerakli natijaga erisha olmaysiz. Shunday ekan azizlarim, bir-birimizdan mehr
oqibatimizni darig‘ tutmaylik. Sarvari olam, Payg‘ambarimiz Muhammad sallollohu alayhi vasallamning bir hadislarida shunday rivoyat qilinadi: “Rasululloh sallollohu alayhi vassalam sahobalar bilan birga o‘tirganlarida, bir guruh odamlar tobutda mayyitni ko‘tarib o‘tib qoldilar. Shunda ul zot kim vafot etganini suradilar va mayyitni kim ekanligini bildilar. Shunda mayyit yaxshi sifatlar bilan eslandi. Buholatni kuzatib turgan Rasululloh sallollohu alayhi vasallam: “vojib bo‘ldi”, dedilar. Yana boshqa safar ham xuddi shunday bir guruh odamlar tobutda bir mayyitni ko‘tarib o‘tdilar. Faqat bu safar u mayitni yomon fe'l va xulqlari aytildi. Rasululloh sallollohu alayhi vasallam yana: “vojib bo‘ldi”, dedilar. Shunda: “nima vojib bo‘ldi ey Allohning rasuli”, deb so‘radilar. Rasululloh sallollohu alayhi vasallam:marta olib o‘tilgan mayitni yaxshiliklari haqida guvohlik berdilaringiz, u mayyitga jannat vojib bo‘ldi. Ikkinchi marta olib o‘tilgan mayyit haqida yomonliklarini zikr mqildingiz, unga do‘zoh vojib bo‘ldi. Sizlar Allohning yerdagi guvohlarisizlar”, dedilar. Shunday ekan, Yaratganimiz bizni suyib inson qilib yaratdi, iymonli bandalaridan qildi. Shunga munosib yashab, o‘zimiz va farzandlarimizga namuna bo‘laylik, yashab o‘tgan umrimizdan yaxshi iz qoldiraylik:
Ahli insonga zarur dunyoda mehr-u oqibat,
Rostlikni isbot etur ijroda mehr-u oqibat.
Bu sifat insondagi oliy hamiyat ramzidir,
Do’stligin mangu etur oshnoda mehr-u oqibat.
Oqibat qilgan kishi izzatda bo’lur har qachon,
Ketmasin rahna tushib asnoda mehr-u oqibat.
Kim agar Hotam misol dong yoysa elga, soz erur,
Deydilar oftobcha bor zukkoda mehr-u oqibat.
O’z-o’zin maqtash bilan ovvora bo’lsa ba’zilar ,
Bormikan unday tili burroda mehr-u oqibat
Yaxshi do’stlar mehriga mehringni payvand aylagin.
Bo’lmagay, bilsang sira tilloda mehr-u oqibat.
Imtihon aylab, Mo’min, bergay senga zimdan baho,
Odob-u andishasi a’loda mehr-u oqibat.
Do‘stlik insonlar o‘rtasidagi maqsadlar, intilishlar, qarashlar va manfaatlar
yaqinligi o‘zaro bir-biriga ishonishga asoslangan munosabatlar demakdir.
Do‘stlik insonni ma’naviy qo‘llab-quvvatlovchi, uning og‘irini yengil qiluvchi,
ruhiyatini ko‘taruvchi, o‘ziga ishonch orttiruvchi kuchdir. Insonda do‘stlik,
birodarlik, o‘zaro ishonch tuyg‘ulari darhol yuzaga kelib, o‘z-o‘zidan
mustaxkamlanib qolmaydi. Hayotda haqiqiy sadoqatli do‘st topish inson uchun katta baxtdir. Inson har qanday holatda ham yonida o‘ziga yaqin insonlar ota-onasi,
qarindosh-urug‘lari bilan bir qatorda do‘stlarining ham bo‘lishini ich-ichidan
xohlaydi. Hayotda haqiqiy do‘stlar bilan bir qatorda soxta do‘stlar ham uchrab turadi. Ular shaxsiy manfaat yuzasidan, ma’lum bir maqsadni ko‘zlab, o‘zlarini do‘st qilib mahoratli artist bo‘ladilar. Uzoq yillar yonma-yon o‘qish, mehnat qilish, boshqa biror tashvish tushganda hamdard, hamfikr bo‘lish, safarga chiqish va boshqa hollarda odamlar do‘stlashib qoladilar.

Yüklə 69,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin