float a,b,c,D,x1,x2; cout<<”ax^2+bx+c=0 tenglama ildizini topish. ”; cout<<”\n a - koeffisiyentni kiriting: ”; cin>>a; cout<<”\n b - koeffisiyentni kiriting: ”; cin>>b; cout<<”\n c - koeffisiyentni kiriting: ”; cin>>c; switch (Kvadrat_Ildiz(a,b,c,x1,x2)) { case 0: cout<<“Tenglama haqiqiy ildizga ega emas!”; break; case 1: cout <<“Tenglama yagona ildizga ega: ”; cout<<”\n x= “< break; default:cout<<“Tenglama ikkita ildizga ega: ”; cout<<”\nx1= “< cout<<”\nx2= “< } return 0; }
Programmadagi Kvadrat_Ildiz() funksiyasi kvadrat tenglama ildizini hisoblaydi. Uning qaytaradigan qiymati tenglamaning nechta ildizi borligini anglatadi. Agar tenglamaning haqiqiy ildizi mavjud bo‘lmasa (D<0), funksiya 0 qiymatini qaytaradi. Agar D=0 bo‘lsa, funksiya 1 qiymatini qaytaradi. Agar D>0 bo‘lsa funksiya 2 qiymatini qaytaradi. Mavjud ildizlar - x1 va x2 adres oluvchi parametrlarda qaytariladi.
1.4. Ko‘rsatkichlar va adres oluvchi o‘zgaruvchilar funksiya parametri sifatida S++ tilida parametrlar soni noma’lum bo‘lgan funksiyalarni ham ishlatish mumkin. Bundan tashqari ularning turlari ham noma’-lum bo‘lishi mumkin. Parametrlar soni va turi funksiyani chaqirish-dagi argumentlar soni va ularning turiga qarab aniqlanadi. Bunday funksiyalar sarlavhasi quyidagi formatda yoziladi:
(, …)
Bu erda - oshkor ravishda yozilgan parametrlar nomi va turi. Bu parametrlar majburiy parametrlar deyiladi. Bunday parametrlardan kamida bittasi bo‘lishi shart. Qolgan parametrlar soni va turi noma’lum hisoblanadi. Ularni aniqlash va ishlatish to‘la ravishda programma tuzuvchi zimmasiga yuklanadi.
O‘zgaruvchan sondagi parametrlarni tashkil qilish usuli umuman olganda ikkita:
1-usul. Parametrlar ro‘yxati oxirida yana bir maxsus parametr yoziladi va uning qiymati parametrlar tugaganligini bildiradi. Kompilyator tomonidan funksiya tanasida parametrlar birma-bir aniqlashtiriladi. Barcha parametrlar turi oxirgi maxsus parametr turi bilan ustma-ust tushadi deb hisob-lanadi;
2-usul. Birorta maxsus parametr sifatida noma’lum para-metrlar soni kiritiladi va unga qarab parametrlar soni aniq-lanadi.
Ikkala usulda ham parametrlarga murojaat qilish uchun ko‘rsat-kichlar ishlatiladi. Misollar keltiramiz.