3-amaliy:
Dasturlash tillari. Pascal dasturlash tili. Algoritm va uning
asosiy xossalari. tili.
REJA:
1.
Algoritm va algoritlash tushunchalari. Algoritmning xossalari.
2.
Algoritmlarni yaratish usullari va turlari.
3.
Algoritmlarni tasvirlash usullari. Blok-sxemalar.
4.
Masalalarni kompyuterda yechish bosqichlari. Dasturlash. Dasturlash
tillari.
5.
Dasturlash tillari tasnifi.
6.
Turbo Pascal dasturlash tili alifbosi.
1.
Algoritm tushunchasi.
Qo‘yilgan biror
masalani EHMda yechish uchun,
avval uning matematik modelini,
keyin
algoritmini va programmasini tuzish kerak bo‘ladi. Bu uchlikda
algoritm bloki muhim
ahamiyatga ega. Endi algoritm tushunchasining ta’rifi va xossalarini bayon qilamiz.
Algoritm bu oldimizga qo‘yilgan masalani yechish zarur bo‘lgan amallar ketma-ketligidir.
Algoritm so‘zi va tushunchasi IX asrda yashab ijod etgan
buyuk alloma Muhammad al-
Xorazmiy nomi bilan uzviy bog‘liq. Algoritm so‘zi Al-Xorazmiy
nomini Yevropa olimlari
tomonidan buzib talaffuz qilinishidan yuzaga kelgan. Al-Xorazmiy birinchi bo‘lib o‘nlik
sanoq
sistemasining tamoyillarini va undagi to‘rtta amallarni bajarish qoidalarini asoslab bergan.
Algoritmning asosiy xossalari. Algoritmning 5-ta asosiy xossasi bor:
Diskretlilik (Cheklilik).
Bu xossaning mazmuni algoritmlarni doimo chekli qadamlardan
iborat qilib bo‘laklash imkoniyati mavjudligida. Ya’ni uni chekli sondagi oddiy ko‘rsatmalar
ketma-ketligi shaklida ifodalash mumkin. Agar kuzatilayotgan jarayonni
chekli qadamlardan
iborat qilib qo‘llay olmasak, uni algoritm deb bo‘lmaydi.