Alkinlarning fizikaviy, kimyoviy xosslari: Katalitik gidrogenlash natriy bilan suyuq ammiakda qatarish
Alkinlarning fizik xossalari alkan va alkenlarnikiga o’xshash bo’ladi. Bu o’xshashlik quyi zichlik va suvda kam eruvchanlikdan iborat. Alkinlar bir muncha qutbli, alkan va alkenlarga qaraganda qaynash harorati balandroq.
Alkinlarning tuzilishi va bog’lar: sp gibridlanish. Alkin chiziqli, uglerod- uglerod bog’i uzunligi 120 pm va uglerod-vodorod bog’i uzunligi 106 pm.
Chiziqli geometriya , terminal va ichki bog’larni tegishli ravishda hususiyatlaydi. Ushbu geometriya tufayli sikloalkinlarning soni kamdir. 1 rasmda siklononinning molekulyar modeli keltirilgan. Bog’lardagi kuchlanish tufayli sikloalkinlar destabillashadi, siklononin bog’lari mustahkam va uzoq muddatga saqlash mumkin bo’lgan eng kichik sikloalkindir. Keyingi kichik vakil bu siklooktin ajratib olingan, biroq u nisbatan reaktiv va polimerlanib ketadi. Ba’zi sikloalkin tabiatda bo’lishiga qaramasdan, ularga bo’lgan e’tibor, ularni rakka qarshi dori sifatida ishlatish mumkinligi aniqlanganidan so’ng paydo bo’ldi.
Uglerod-uglerod uch bog’i uchun spgibridlanish o’rganilgan edi va 2 rasmda atsetilen uchun qayta ko’rib chiqildi. Etilen va atsetilendagi elektrostatik potensial 3 rasmda keltirilgan va qanday qilib ikkilamchi
bog’lar atsetilenga kuchli zichlik berishini ko’rsatadi.
1 rasm Uglerodning uchlamchi bog’lari bilan bog’langan bog’ burchaklari egilishini ko’rsatuvchi siklononinning molekulyar modeli. Ushbu modelga ko’ra molekulyar mexanizmlar tufayli tuzilish minimal kuchlanish energiyasini oladi.
2 rasm Atsetilenning uglerod atomlari σ +π + π uch bog’ bilan bog’langan. Ikkala uglerod atomi sp gibridlangan va har biri vodorod bilansp-1s esa σ bog’i orqali bog’langan. Har bir uglerod atomi, o’qlari bir-biriga perpendikular bo’lgan ikkita p orbitalga ega.