Bunda ammoniy sul’fat kristallarining o’sishi qiyinlashadi. SHu maqsadda neytrallash jarayonini davriy reaktorlarda bosqichli o’tkazish maqsadga muvofiqdir.
Koks gazi ammiakidan ammoniy sul’fat ishlab chiqarish. Koks gazi tarkibida 6-14 g/m3 gacha ammiak bo’ladi. Uni uch xil: bilvosita, bevosita va yarimbevosita usullar bilan ammoniy sul’fatga aylantirilishi mumkin.
Bilvosita usuldakoks gazi sovutiladi, bunda undan smola kondensatlanadi va ammiak bilan to’yingan smola ustki suvi hosil bo’ladi. Koks gazi tarkibida qolgan ammiak esa ammiakli skrubberlarda suvga yuttiriladi. Hosil qilingan ammiakli suv va smola uski suvidan distillyatsiya kolonnalarida ammiak ajratib olinadi va uni sul’fat kislotasiga yuttiriladi. Bu usulda katta hajmdagi jihozlar va ko’’ miqdordagi energiya talab etiladi.
Belvosita usul bo’yicha ammiak gazining sul’fat kislotasi eritmasida yutilishi hisobiga ammoniy sul’fat hosil qilish bilan oldindan 680S gacha sovutilgan va elektrofilg’trlarda smoladan tozalangan koks gazini doimiy yuborish orqali amalga oshiriladi.
Belvosita usul bo’yicha ammiak gazining sul’fat kislotasi eritmasida yutilishi hisobiga ammoniy sul’fat hosil qilish bilan oldindan 680S gacha sovutilgan va elektrofilg’trlarda smoladan tozalangan koks gazini doimiy yuborish orqali amalga oshiriladi.
Iqtisodiy jihatdan maqbul va keng tarqalgan usul bu yarimbevosita usuldir. Bunda koks gazidagi smolani kondensatlash uchun 25-300S gacha sovutiladi. Kondensat 2 qatlamga ajratiladi: quyi qatlamda smola va yuqori qalamda smola ustki suvi bo’lib, unda gaz tarkibidagi bir qism ammiak erigan bo’ladi. Smola ustki suvini distillyatsiya kolonnasida ohakli suv bilan ishlanadi va hosil qilingan ammiak gazi elektrfilg’trlarda smoladan tozalangan koks gazi bilan birgalikda sul’fat kislotasiga yuttirish uchun yuboriladi.