Mavzu: Anvar Obidjon
Reja:
1. Anvar Obidjonning ijodiy yo`li.
2. Shoir ijodida Ona tabiat va bolalar mavzusi.
Yurtimiz istiqlolga erishgan ilk kunlardan boshlaboq yoshlarimizni sog’lom, barkamol qilib kamol toptirish masalasiga jiddiy e‘tibor qaratildi. Bu masala davlatimiz siyosatining o`zagiga aylandi, jahon andozasi darajasida dasturlar ishlab chiqildi. Ular hayotga tatbiq etilmoqda.
Badiiy adabiyot, jumladan, uning alohida tarkibiy qismi bo`lgan bolalar adabiyoti, ushbu g’oyat murakkab vazifani ado etishdaga eng muhim vositalardan biridir. Bu ishga badiiy so`z qudrati bilan hissa qo`shib kelayotgan iste‘dodli yozuvchilar ko`p. Ulardan biri O`zbekiston xalq shoiri, ko`p qirrali adib, shoir va dramaturg Anvar Obidjondir.
Anvar Obidjon 1947 yilda Fargona viloyatining Oltiariq tumanidagi so`lim qishloqlarning biri — Polosonda tug’ilgan, begubor bolaligi shu joyda o`tgan. Qalbida hayotga, insonlarga, ona tabiatga bo`lgan mehr-muhabbat tuyg’ulari aynan o`sha maskanda uyg’ongan, ilk she‘riy satrlari ham shu qishloqda yaratilgan.
Anvar Obidjon 1966 yilda Samarqand Moliya bilim yurtini tugatdi, so`ng harbiy xizmatga chaqirildi. Xizmatdan qaytgach, 1969 yildan boshlab o`z qishlog’idagi jamoa xo`jaligida, paxtachilik brigadalarining xisobchisi bo`lib ishladi. O`z baxtini matbuotdan qidirgan Anvar Obidjon keyinchalik tuman gazetasiga adabiy xodim bo`lib ishga o`tadi, 1974 yidda Toshkent davlat Uni-versiteti (hozirgi Ulug’bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti)ning jurnalistika fakultetiga sirtdan o`qishga kiradi. O`qishni bitirgach, Fargona viloyati radiosida, "Mushtum" jurnali, "Kamalak" va "CHo`lpon" nashriyotlarida uzoq yil faoliyat ko`rsatdi. Hozir O`zbekiston televideniesida jurnalistik va adiblik faoliyatini davom ettirmoqtsa.
Anvar Obidjonning ilk she‘riy mashqlaridan biri -"SHkafcham" 6-sinfda o`qib yurgan kezlarida maktabgacha va kichik maktab yoshidagi bolalar jurnali "G’uncha"da chop etilgan. Shundan so`ng yosh shoirning bolalar uchun turli mavzularda bitgan ko`pgina asarlari respublikamiz gazeta va jurnallarida tez-tez ko`rina boshladi.
1974 yilda Anvar Obidjonning bolalar uchun yozgan she‘rlaridan iborat "Ona Yer" kitobi chop etildi. Agar to`plamga kiritilgan she‘rlarga adabiyotning yuksak badiiylik talablari asosida yondoshilsa, uni o`zbek bolalar she‘riyatiga qo`shilgan muxim hissa, deya baholash qiyin. Chunki to`plamdaga she‘rlarning ko`pchiligida yosh o`quvchilar ma‘naviyatini boyitadigan yangi fikrlar deyarli uchramaydi. Bolalar she‘riyatida qayta-qayta takrorlanib, shablonga aylangan tayyorga ayyor bo`lish, nafsi buzuqlik, yalqovlik, injiqlik, o`yinchoqlarni avaylamaslik kabi qusurlarni yomonlash kabi "g’oyalardan" nariga o`tmagan va ular ta‘sirli badiiy usullarda o`z ifodasini topmagan. Ammo kigobdagi ba‘zi she‘rlarda, ayniqsa qoralangan. xoinlik "Sotqin baroq haqida"gi ertaqnamo goyani ixcham shaklda ifoda etish, tabiatdagi jonsiz narsalar, turli hayvon, parranda va boshqa jonivorlarni odamlarday so`zlatish, qiyofalarini real chizish, bolalarbop kulgili vaziyatlar yaratish orqali kichkintoylar ma‘naviy olamini boyitishga intilish, yangicha bir izlanish borligi sezilib turardi. Shoir keyinchalik xuddi shu yo`ldan bordi...
Oradan olti yil o`tgach, 1980 yidtsa Anvar Obidjon o`zining ikkinchi she‘riy to`plami — "Bahromning hikoyalari"ni o`quvchilar hukmiga havola etdi. Bu kitob shoirga katta shuhrat keltirdi. To`plamga kiritilgan asarlar o`zbek bolalar adabiyotiga kichkintoylar uchun nimalarni yozish va nima uchun yozish kerakligini, eng muhimi, qanday yozish lozimligini chuqur his eta olgan boshqacha ovozdaga shoir kirib kelganligidan darak berib turardi.
1980—2005 yillar oralig’ida shoir barakali ijod etdi. U o`z qalami kuchini faqat she‘riyatda emas, adabiyotning nasr, teatr va kino dramaturgayasi turlarida ham sinab ko`rdi. Ko`plab hikoyalar, qissalar, sahna asarlari yaratdi. Bu yillarda uning "Ey, yorug’ dunyo" (1983), "Olovjon va uning do`stlari" (1983), "Ketmagil" (1985), "Bezgakshamol" (1985), "Masxaraboz bola" (1986), "Akang qaragay Gulmat" (1987), "Juda qiziq voqea" (1987), "Oltin yurakli Avtobola" (1988), "Dahshatli Meshpolvon" (1989), "Yerliklar" (1990), "Alamazon va Gulmat hangomasi" (1992), "Ajoyibxona" (1993), "Meshpolvonning janglari" (1994), "Alisher ila Husayn yoki uch dono va o`g’ri" (1996), "Alamazon va Gulmat" (1998), "Oltiariq hangomalari" (1999), "Bulbulning cho`pchaklari" (2001) , "Odobli bo`lish osonmi" (2001), "Bezgakshamol-2" (2003), "O`q o`tmas bolakay" (2005) va boshqa kitoblari nashr etiddi. Uning ayrim asarlari rus tiliga o`garilib, "Alamazon i yego pexota" (1984), "Grozniy Meshpalvan" (1991) nomlarida bosilib chiqdi.
Anvar Obidjonning kitoblaridan ayrimlariga respublikamiz gazeta va jurnallarida ijobiy taqrizlar chop etildi, o`zbek bolalar adabiyotiga bag’ishlangan maqolalarda uning ba‘zi she‘rlari va qissalariga yuqori baholar berildi.
Shoir ijodida Ona tabiat va bolalar mavzusi. Anvar Obidjon asarlarining mavzu va mazmuni rang-barang, badiiy obraz yaratish usullari xilma-xil. Bolalar tabiatini nozik his etishi juda aniq seziladi. U o`z asarlarini qanday shaklda, qaysi janrda yozishidan qati nazar, bolalarning "qulgiga o`ch xalq" ekanligini hech qachon unutmaydi.
Anvar Obidjon she‘riyatidagi eng ko`lamli mavzu Ona Tabiat va Bolalar. Shoir bu mavzuga ijodining boshlangich pallasidanoq qo`l urdi. Bu muhim va ahamiyatli masalani yuksak badiiy tarzda yoritish uchun jiddiy izlandi, vositalar, usullar, ohan-glar topishga intidtsi. Uning 80-yillarda ketma-ket e‘lon qilin-gan "Dalalardan bolalarga", "Ajoyibxona", "Kulchalar", "Sizeshitmagan qo`shiklar", Botirvoyning kundaligi", Bulbulningcho`pchaklari", "Mening kollektsiyam", "Ignalarim chiroyli","G’alati maktublar" singari she‘riy turkumlari bu izlanishlar-ning samarasi bo`ldi. Mazkur turqumlar o`zbek bolalar adabiyotida yangilik, alohida hodisa sifatida tan olindi, yuqori baholandi. Ma‘lumki, o`zbek bolalar adabiyotining ilk davrlaridayoq tabiat mavzusi yetakchilik qilgan. Agar bolalar uchun tabiat mavzuida maxsus yozilgan she‘rlar yig’ilsa, ular ko`p jildlik kitoblarni tashkil etgan bo`lardi. Ushbu yo`nalishda o`quvchiga ma‘qul keladigan, avvalgilariga nisbatan yaxshiroq asarlar yaratish, bu borada kashfiyot qilish nihoyatda murakkab bir yumush edi. Anvar Obidjon o`z turkumlarida ana shu boqiy mavzuni bolalar ongiga, dunyoqarashiga, ruhiyatiga mos tarzda badiiy talqin etishda o`zigaxoslik topa oldi. Uning she‘rlarida tabiat turfa rang va ohanglarda namoyon bo`ladi. Shoirning ona tabiat haqidagi she‘rlarida hayotga, insonga muhabbat, uning boqiyligiga ishonch tuykusi ko`zga tashlanadi, yosh kitobxon qalbini hayajonga soladi. Ularda biz bilan yonma-yon yashayotgai har bir jonzot, har bir o`simlik tabiat in‘om etgan tiriklikdan zavklanadi, bu dunyoda yashashning o`zi quvonch ekanligini tarannum etadi. Shoir ularda tashxis (jonlantirish) va intoq (odamlarday so`zlatish) san‘atlaridan mohirlik bilan foydalanib, turli jonzotlarni, hatto jonsiz narsalarni ham bolalarday hatti-harakatlantiradi, so`zlatadi. Yaratilgan obrazlarning ko`pchiligi goh monolog, goh suhbat, goh qo`shiq, goh tarjimai hol, goh maktublar usullarida qalblarga bor haqiqatday bo`lib quyiladi. Ular benihoyat soddaligi va samimiyligi, beozor kulgiga yo`g’rilganligi bilan o`quvchini o`ziga rom etadi. Masalan, 41 ta she‘rdan tashkil topgan "Dalalardan -bolalarga" turkumidagi "Loviya" she‘riga e‘tibor beraylik:
Aniq ko`rinib turibdiki, she‘r nihoyatda ixcham. Misralar bir va ikki so`zdan tashkil topgan. Undagi voqea qaxramonning o`z nutqi usulida ifoda etilgan. Uning portretiga xos shtrixlar ham bor. Ritmi ta‘sirli. Shoir she‘rda haqiqatdan chekinmagan holda hayoliy-romantik obraz yaratgan. She‘r kichkintoylarni bir tupdagi yuzlab uyalarda yashaydigan "qalamqosh" "qorako`z" o`simlikka o`zgacha nigoh bilan qarashga undaydi. Yoki "Bug’doy" nomli she‘rni olsak, unda bu o`simlik haqidagi hammaga ma‘lum gaplar bilan cheklanib qolinmagan. She‘rda romantik ruh bor. Bu ruh Bug’doyning o`ziga xos olami borligini ta‘sirli ko`rsatishga xizmat qiladi. Darhaqiqat, Bug’doy ham har bir tirik mavjudod singari urug’dan unadi, o`sadi, hosilga kiradi. O`ziga xos qayot yo`lini bosib o`tadi. Demak uning ham o`ziga yarasha olami bor. Shoir bu olamni bolalar qalbini hayajonga soluvchi Burdoyning o`z so`zlari (monologi) orqali ko`rsatishga erishgan.
.. .Yel kuylasa
O`ynayman,
Xirmon sari
Bo`ylayman.
Oy chiqqanda
Qo`noqqa,
O`xshar
Kumush o`roqqa
SHe‘rdagi samimiyat, nafis tasvir o`quvchi ko`z o`ngida sirli, sokin tunning go`zalligidan zavqyaanayotgan, osmondagi oyni "kumush o`roqqa" o`xshashini kashf etgan Bugdoy siymosi gavdalanishiga sabab bo`ladi. Bunday she‘rlar bolalar qalbida ezgulikni, mehr urug’larini undirishi shubhasizdir.
Mazkur turkumda yurtimizdagi deyarli hamma meva va savbzavotlarning o`ziga xos dunyosi borligi mahorat bilan qo`rsatilgan. Ular o`zlari haqida g’urur bilan, to`lib-toshib gapiradilar. Bu g’ururlanish aslo maqganchoqlik emas. Ulardagi shodlik va faxru g’ururning asosi shundaki, ularni ona tabiat inson uchun yaratgan. Inson ularni o`z mehnati bilan parvarish qiladi, o`stiradi. Bu birlik, bu go`zal jarayon ikki tomonda ham faxrlanish, cheksiz quvonch tuyg’ularini jo`sh urdiradi. Shoir o`simliklar (uzum, olma, nok, anor, anjir va boshqa mevalar: qovun, tarvuz, bodring, piyoz va boshqa poliz mahsulotlari) obrazlarini yaratishda ham o`ziga xos uslubga sodiq qoladi. Ya‘ni ular mohiyatini badiiy jihatdan ochishda faqat o`zlarini so`zlatadi. Hatto ular o`z portretlarini o`zlari chizadilar.
Ma‘lumki, adabiyotda, jumladan bolalar adabiyotida bu kabi narsalar (masalan uzum, olma) haqida sanoqsiz she‘rlar yaratilgan. Anvar Obidjonning eng katta yutuqlaridan biri shundaki, ular to`g’risida original asarlar yaratadi. Fikrimiz quruqbo`lmasligi uchun tabiat alifbosi haqida turqum she‘rlar yaratgan mashhur bolalar shoiri Quddus Muhammadiyning "Uzum" she‘ri bilan Anvar Obidjonning "Uzum" she‘rini qiyoslab ko`raylik.
Quddus Muhammadiyning tabiat tasviriga bag’ishlangan she‘rlarida tom ma‘noda milliy ruh, o`zlikni his etish tuyg’usi yorqin ko`rinadi. Lekin Quddus Muhammadiy va umuman ko`plab keksa avlod shoirlari bolalar adabiyotiga bolalarni axloqiy-ta‘limiy tarbiyalashdagi qo`shimcha vosita deb qarashni ma‘qul deb o`ylashgan. Va qalamga olingan narsa haqidagi ma‘lumotlarni kengroq. batafsilroq berishga intilishgan.
Mevalarim eng asili
Yashil ishkom bog’ uzumim.
Uchqorada qora kishmish
Parkentda bor tog’ uzumim.
Toyif, hasayn, katta qo`rg’on,
SHakarrangul ham shivilg’on.
Nimrang, naycha, muskat jonon,
SHirin-shakar bol uzumim.
Hovlim ichra so`rim aymoq,
SHinni durlab bog’lar qaymoq.
Ingichka bel, husayn barmoq,
Yakdon bedon uzumim.
Qirmiska, echkemar, charos,
Bir-biridan antiqa, soz,
Kuzda mayiz, qish kelsa os!.
Keltirgan she‘rdan ko`rinib turibdiki, Quddus Muhammadiy bolaning ruhiyatiga, his tuyg’usiga emas, balki ongiga, aqliga ta‘sir etish, bilim doirasini kengaytirish kabilarni asosiy maqsad qilib olgan. Shuning uchun shoir uzumning turli navlari xususida bolaga quruq ma‘lumot berish bilan chegaralangan. Anvar Obidjon ham, albatta, bolaning ongini boyitishga urinadi, ammo u sal boshqacha yo`l tanlab, birinchi galda bolaning ruhiyatiga ta‘sir etishni o`z oldiga maqsad qilib qo`yadi. Buning uchun shoir uzumning badiiy obrazini yaratadi.
Vatan sog’inchiga bag’ishlangan "Keksa Ari" she‘ri ham diqqatga sazovordir. Unda Keksa ari nabiralariga arilarning keng vatani bo`lgani haqidagi ertakni takror-takror aytaveradi. Ertak nabiralarining sira joniga tegmaydi. Kichkintoy arilar ertakni har gal jon quloklari bilan tinglashadi. Ular tutqunlik iskanjasida torayib ketganidek ko`rinayotgan ona-Vatan bobolarining qalbini o`rtayotganligini yurakdan his etadilar, Vatanning qaytadan ozod bo`lishi ularning ham ezgu orzusiga aylana boradi. Shoir Vatan ozodligi tuyg’usi naqadar ulug’, muqaddas ekanligini, u nafaqat insonlarga, hatgo biz nazarga ilib-ilmaydigan jonzotlarga ham xosligini keksa ari obrazi misolida, juda oddiy, nihoyatda ta‘sirli usulda o`quvchiga yetkaza olgan.
Anvar Obidjonning "Boyqush" she‘ri mag’ziga inson o`z Vatanini faqat go`zalligi, boyligi uchungina sevmasligi, balki uni qanday bo`lsa shundayligicha qabul qilishi kerak, degan falsafiy fikrni kichkintoylar qalbi va shuuriga yetkaza olgan. She‘r savol-javob usulida yozilgan. Tabiiy, faqat kichkintoylar emas, balki kattalar ham nega qushlarning bir xiliga "Boyqush" nomi qo`yilganligi bilan qiziqadilar. Axir bu qushlar nimasi bilan atrofidagilardan o`zgachah Boyligi nimalardan iborath Shoir kichkintoylar nomidan Boyqushga quyidagicha savol bilan murojjat etadi:
Senga bitta savol bor
Menga quloq sol, hoy qush,
Vayronada yashaysan,
Noming esa naq Boyqush.
Ayt-chi, nahot sen boysanh
Qush bu savolga ko`pni qo`rgan keksa donishmandlarday bosiqlik, donolik bilan javob qaytaradi:
Asl boylik neligin
Tushunmaysan chamasi,
Bu vayrona bo`lsa ham,
O`zimniki hammasi.
SHuning uchun men boyman.
Bu javob kichkintoylarni o`ylashga, fikrlashga undashi, shubhasiz. Ular asl boylik, o`z uyingga, o`z maskaningga, o`z Vataningga bo`lgan sadoqat, muhabbat ekanligini his etib, o`zlari uchun muhim ma‘naviy xulosalar chiqarib oladilar.
SHoirning "Tillaqo`ng’izning javobi" she‘rida ham muhim ijtimoiy g’oyalar — birovning yurtini bosib olgan bosqinchilarga nafrat, xo`rlangan va o`lib borayotgan ona tiliga fidoyilar-cha sadoqat tuyg’usi majoziy obrazlar misolida sodda va ma‘noli aks etgirilgan.
Anvar Obidjon oddiy narsa va voqealardan kutilmagan syujet yaratishga nihoyatda usta shoir. Ushbu she‘rda bolalar ko`pikcha beparvo qaraydigan, ba‘zan tutib olib, oyog’iga ip bog’laganicha "vizillab" uchishga majbur qiladigan, ularning qo`lida ko`ngilochar o`yinchoqqa aylanib qoladigan tillaqo`ng’iz hayotidan bir lavha hikoya qilinadi. Bunda tillaqo`ng’izning gapirmasdan, o`ynab-kulmasdan, doimo tund ko`ng’illab yurishining sababi yangicha bir yechim bilan ochiladi. Emishki, bir vaqglar tillaqo`ng’izning "tor bo`lsa ham" o`z makoni bo`lgan ekan. O`z Vataniga qatgiq mehr qo`ygan tillaqo`ng’iz u paytlarda zo`r qo`shiqlar aytar, yayrab yashar ekan. Ammo yurtiga bosqinchi — chigirtkalar bosib kiribdi. Ular o`zga yurtning boyliklarini ayamasdan talon-toroj qilishibdi. Tillaqo`ng’izlarni "moddiy" tarafdan qashshoq qilishgani yetmaganday, ularni "ma‘naviy" tomondan ham qul qilish istagida "chigirtkadek sayrashga" majbur eta boshlashibdi. Shunda Tillaqo`nkiz yolgiz, nochor bo`lsa ham, yovga egilishni istamabdi va o`zini soqovlikka solib olibdi. She‘r yosh o`quvchida ayanch hissini uyg’otadigan hazin ohangda bitilgan. Tillaqo`ng’izning soqov bo`lib qolishida chuqur ma‘no bor. Chunki u kimlargadir nimalarnidir isbot etish uchun, yoki o`zini, o`z ona tiliga cheksiz muhabbatini ko`rsatish uchungina bunday qilmaydi, balki o`z vijdoni, or-nomusi oldida tozaligicha qolish, yurtiga, jondoshlari manfaatiga sodikligicha yashash uchun ham, chigartkadek sayrashdan ko`ra, soqov bo`lib yurishni afzal deb biladi. Bu kichkina Tillaqo`ng’izning zo`ravonlikka, yovuzlikka nisbatan katta isyoni edi. Shoirning "Beozor kuchuk" she‘rida talonchilarning, zo`ravonlarning o`zgalar tinchiga zomin bo`lishi, o`zgalar rizqiga ko`z olaytirishi aslo kechishib bo`lmaydigan hol ekanligi haqida so`z borgan. Bu she‘rdaga voqealar avvalgi she‘rdagiga nisbatan boshqacharoq, bundagi "bosqinchini" jazolagan kuchuk nihoyatda beozor, hech kimga yomonlik qilishni ham, urishishni ham istamaydi. Ammo takdir taqozosi bilan, uning uyiga "Surbet Ko`ppak" bostirib kiradi:
Kirib birdan uyimga,
Tortib oldi suyakni.
Keyin
CHil-chil sindirdi
Yuvindili tuvakni...
Anvar Obidjon uslubiga xos bo`lgan xususiyat — juda nozik, o`ta jiddiy vaziyatni ham kulgili, ayni chogda haqqoniy va tagdor qilib tasvirlash bu she‘rda ham yaqqol ko`rinadi. Katta odam uchun bir qadar kulgili ko`ringan bu dastlabki misralardagi tasvirni kichkintoy ancha bosiqlik va jiddiylik bilan qabul qiladi. Chunki u beozor kuchuk tomonidan hikoya qilinayotgan keskin voqeaga loqayd tomoshabin sifatida qaramaydi, balki kuchukning holatini his etadi va she‘r so`ngida Beozor kuchuk Surbet ko`ppakning iligidan tishlab olishini adolat mezoni sifatida qoniqish bilan qabul qiladi.
Anvar Obidjonning ijtimoiy xarakterdagi she‘rlari ko`pqatlamliligi bilan ham yaqqol ajralib turadi. Ularni bolalar ham, kattalar ham qiziqib o`qiydilar va ma‘naviy ma‘nolarni o`z mushohadalari doirasida dilga singdiradilar. Shoir "Sigir qo`shig’i", "Parvarda", "Yirtqich" kabi she‘rlarida kichkintoylarning dunyoni anglashga intilish jarayonlaridagi kattalar bilan to`qnashuvi, ota-onalar va bolalarning ba‘zan bir-birlarini to`g’ri tushunmasligi bois sodir bo`luvchi turli anglashilmovchilik oqibatida kelib chiqadigan dramatik holatlarni kulgili tarzda ko`rsatadi. Shu ma‘noda "Sigir qo`shig’i"ni ko`rib chiqaylik:
Qand deb yig’lar buzog’im,
Tinchimaydi qulogim,
Mo`-o`-o`.
Ko`nmayapti u sira, ,
Bersam hatto kunjara,
Mo`-o`-o`.
Bilmaydiki esi past
Ko`k beda ham yomonmas
Mo`-o`-o`.
Nima u — "qand " degani
Arziydimi yegani h
Mo`-o`-o`.
SHe‘rdagi buzoqning onasidan "qand" so`rayotganligining o`ziyoq bog’cha bolasi uchun kulgili tuyulsa, kichik maktab yoshidagi bola she‘rga jiddiyroq munosabatda bo`ladi, ona-Sigirning, birinchidan qand topish imkoniyatiga ega emasligiga, ikkinchidan, bolasini ovqatlanishga ko`ndirolmay qiynalayotganiga uning rahmi keladi. Ayni paytda, Buzoqning juda-juda "qand" yegisi kelayotganini ham yurak-yuraqdan his etib turadi. Chunki, uning o`zi ham biron-bir shirinlikni nihoyatda yegisi kelgan vaqtlar bo`lgan. Topilmasa, injiqliklar ham qilgan. Shuning uchun Buzoqning o`z orzusiga erishishini chin dildan istaydi. O`smir esa bu she‘r ustida yanada teranroq fikrlaydi. U, dunyoda xashak, kunjara va ko`k bedadan boshqa narsalar ham borligini bilmagan, umri davomida o`z turmushini boshqalarniki bilan biron marta qiyoslab ko`rmagan soddagina ona-Sigirga qattiq achinadi, bularning siymosida o`z qobig’iga o`ralib, atrof bilan mutlaqo qiziqmay, qoronkiliqda yashayotgan insonni va yorug’likka intilayotgan bolani ko`radi.
SHoirning o`zbek bolalar adabiyotiga olib kirgan yangaliklaridan yana biri — kichkintoylar uchun aruz vaznida asarlar yaratish an‘anasini davom ettirdi. Ma‘lumki, bizning mumtoz adabiyotimizda aruz yetakchi vazndir. Undagi katga-kichik asarlarning, deyarli, hammasi aruzda yozilgan. Bunday asarlar orasida bolalar uchun maxsus yozilganlari ham ko`p. Masalan, Hamza Hakimzoda Niyoziyning pedagogik risolalaridan joy olgan she‘riy asar-larning ko`pchiligi aruz vaznida yozilgan. Uning "O`qish kitob" (1914) darsligidan joy olgan "Qalam", "Kitob", "Ilm", "Maktabdan" radifli asarlari shular jumlasidandir. Sobiq "SHo`rolar" davrida aruzga noto`g’ri munosabatda bo`lindi. Hatgo uni qoralashdi. Lekin shoirlarimiz bu gaplarning butunlay noto`g’riligini o`zlarining aruzda yozgan nafis asarlari bilan isbotladilar. Aruz boshqa vaznlar bilan birga hamon o`z hayotini davom ettirmokda.
Afsuski, o`zbek bolalar shoirlarining 30-yillardan keyingi avlodi aruzga ishonchsizlik bilan qaradilar, bolalar tushunmaydi, deb o`ylab, unga mutlaqo murojaat etmadilar.
Bu qadimiy an‘anani Anvar Obidjon "Bulbulning cho`pchaklari" turkumida qayta tiriltirishga harakat qildi. Shoir unga yozgan muqaddimada "she‘rlarning shakligina g’azalga o`xshaydi, ya‘ni unda aruz qonun-qoidalariga tuliq rioya qilinmagan", deydi. Lekin g’azal shaklidagi bu asarlar juda nafis va go`zal bitilgan. U bolalar qalbida mumtoz adabiyotimiz namunasiga nisbatan qiziqish uyg’otishda ma‘lum ahamiyatga egadir.
Turkumga kirgan asarlarda tabiat o`zgacha, yanada tarovatliroq ko`rsatiladi. Tabiat hodisalariga yanada chuqurroq nazar tashlashga, jozibali kuy-ohanglarda ifoda etishga intilish seziladi. Ayniqsa, yil fasllariga bag’ishlangan "Bahor", "Yoz", "Kuz" kabi she‘rlarda nafaqat tabiatdagi o`zgarishlar tasvirlanadi, balki hayotda hech narsa tasodifiy emasligi, hamma narsa qonuniyat tufayli yuzaga kedishi ko`rsatiladi. Masalan, bahor kelishi bilan qish izg’irinlari "zirillab" qochib ketadi, uning o`rniga esa, janubdan "gurillab" yoqimli iliq shamol kiradi; daraxtlar gullaydi, "chigirtkalar chirillab" sayrashni boshlaydi, qushlar galasi qaytib keladi. "Qarg’a shimolga" jirrakilanib uchib ketadi va hokazo. Shu tariqa shoir tabiatning uzviylik qonun-qoidalarini bolalarga xilma-xil badiiy vositalar orqali mahorat bilan yetkazadi. Ma‘lumki, tabiatdagi uzluksizlik davomiylikni, davomiylik esa boqiylikni ta‘minlaydi. "Bahor" asaridagi ana shu falsafiy fikr "Yoz" she‘rida davom ettiriladi. Quyoshning issiq taftidan tabiatdagi jamiki mavjudod: Ilondan tortib Tulkiyu G’ozgacha, Kakliqdan tortib, Chivinu Mushukkacha hamma-hammasi bahramand. Ular o`z go`shalarida tinch, osoyishta va shod yashamoqdalar. Bu fikr bolalar qalbini allalovchi yoqimli kuy-ohangda ifoda etilgan:
Kaklik bashang kiyindi yechib eski libosin,
Uning chipor nimchasi tog’ rangiga tushdi mos...
Xachir yotar soyada, dumi haydar Chivinni,
Quyosh nurin yalamoq Mushuk uchun buncha sozh...
G’uncha iliq, gul iliq, borliq iliq, dil iliq.
Bu faslni, Bulbulvoy, qancha sevsang, shuncha oz.
Anvar Obidjon faqat tabiatni tasvirlovchi, turfa xil, ramziy, majoziy obrazlar yaratuvchigina emas, balki ijodining katta qismida bolalar dunyosi, ruhiyatini ham tasvir etgan. Uning "Kulchalar" va "Botirvoyning kundaligi" turkumlaridagi qahramonlarning deyarli hammasi turli yoshdagi bolalardir. Bu she‘rlarda bolalik tuyg’ularining sofligi, orzu-umidlarning beg’uborligi, tabiatan bir oz shumligi, quvnoqligi katta iste‘dod bilan ochib beriladi, o`quvchini goh yayrab-yayrab kulishga, goh jimgina o`ylashga, fikrlashga, xulosalar chiqarishga undaydi.
Bir qaraganda, juda oddiy ko`rinadigan kichik-kichik she‘rlarda Inson tabiati shakllanishining dastlabki bosqich jarayonlari keng ko`lamda taxlil etib beriladi. Samimiy yumor, yengil hajv elementlari yorqin ko`zga tashlanadi. Shoirning "Hali o`zim bolaman-ku!", "Sinchkov bola", "SHu ham filmih" kabi o`nlab she‘rlari shu jihatdan nihoyatda xarakterlidir.
Dadajonim,
Dadajon,
Otim nega
Otajonh
Axir kimga
"Ota " man h
Shuni o`yla-a-ab
Yotaman.
SHe‘rni o`qir ekansiz, endigana so`zlar ma‘nosini anglay boshlayotgan bolakayning holati ko`z o`ngimizga keladi. Uning kutilmagan "muammo"li masala oldidagi o`ychanligi o`quvchining labida nurli tabassum paydo qiladi, qalbida kichkintoyga nisbatan issiq bir tuyg’uni uyg’otadi. "Baliqchining ashulasi"da ham yuqoridagi she‘rdagi kabi bola holati lo`nda, aniq tasvirlanib, kichkintoylar tabiatiga hos beg’ubor samimiyat bilan ifoda etiladi:
Nor o`tirar
Qirg’oqda,
Ikki ko`zi ,
Qarmoqda.
Asta aytar
Ashula:
"Mehmonga kel
Akula!..."
Bolalar xarakterida uchraydigan bezarar aldamchilik, yengil ta‘magirlik, befoyda odamovilik, ortiqcha pismiqlik, sodda g’iybatchilik, o`ta mechkaylik, mayda xudbinlik kabi "o`tkinchi kamchiliklar"ni avaylabgina fosh etish ham shoir ijodiga xos jihatlardan. U bolalar fe‘lida asorat qoldirishi mumkin bo`lgan bu salbiy xususiyatlarni qoralashga, kichkintoylarning g’ashini qo`zitib ranjitadigan, qalbiga jarohat yetkazadigan "ayovsiz satira" usullarini mutlaqo qo`llamaydi. Bu kamchiliklarni yengil kulgi yordamida tuzatish mumkinligaga muallif qattiq ishonadi. Mana, uning shunday she‘rlaridan biri — "Sal yumshadi":
- Olibsan-da
Muzqaymoq.
Oshna edik,
Ja inoq...
Toqatim yo`q
Arazga.
Bir yalab ko`r, ma...
Qarzga.
Dialogdan iborat bo`lgan ushbu she‘rda ham ikki bolaning holatini, o`ziga xos tabiatini bemalol tasavvur qilish mumkin. Birinchi bolaning nutqidan ko`rinib turibdiki, u bir oz dimog’dor, lekin ta‘magirlik ham yo`q emas — oshnasining muzqaymog’idan tatib ko`rish istagi bor. Buni ochiq aytishga esa, o`sha kibr-g’urur yo`l bermayapti. Shu tufayli, go`yo oshnasini mensimayotgandek, "Olibsan-da muzqaymoqh" - deb gap boshlaydi. So`ng ta‘ana bilan so`zini davom etgiradi: "Oshna edik... Ja inoq...". Ikkinchi bolaning nutqidan sezamizki, uning tabiatida kibru havo kamroq, qungilchan, qo`li ochiq. O`rtog’ini xafa qilishni istamayapti va ayni paytda muzqaymoqni qizg’anyapti. Shuning uchun faqat bolalarga xos muomala madaniyatini qo`llab: "Arazga toqati yo`q"ligini aytaturib: "Bir yalab ko`r, ma... Qarzga", deb so`z qistirib o`tayapti, Shoir shu tarzda bolalar xarakteridagi fazilatu nuqsonchalarni ularning nutqi orqali kulgili tarzda chizib berishga erisha olgan.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.Ahmedov I,Jumaboev M.Bolalar adabiyoti. Xrestomatiya T. 1994
2.Suyumov A, Jumaboev M.Bolalar adabiyoti. Qo’llanma.T. 1994
3.Jumaboev M. Bolalar adabiyoti.Darslik T.1995
4.Jumaboev M. O’zbek va jahon bolalar adabiyoti.qo’llanma. T. 1996
5.Anvar Obidjon.”Allamazon va Gulmat”.T.1996
6. Zafar Diyor.Tanlangan asarlar.T.1954
7. G’.G’ulom. To’la asarlar to’plami. T.1988
Dostları ilə paylaş: |