Reja: Aqida hamda kalom ilmlari va ularni o’rganuvchi manbalar



Yüklə 168,75 Kb.
səhifə11/23
tarix19.10.2023
ölçüsü168,75 Kb.
#157511
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   23
2-mavzu sirtqi

Molikiy mazhabi, Bu mazhab Arabiston yarim orolida rivoj topib, dastlab Hijoz yoki Madina mazhabi sifatida nomlangan va uning aqoidi ko'pinchalik Umar ibn Xattob, Abdulloh ibn Umar, Zayd ibn Sobit, Payg'ambarimiz (s.a.v.) amakilari Abbos va umr yo'ldoshlari Oisha faoliyatlari bilan bog'lanadi. Mashhur namoyondalar orasida Ja'far as-Sodiq (vaf. 765 y.) ham bo'lib, keyinchalik u shialikning ja'fariya mazhabiga nom bergan.
Molik ibn Anas al-Asbaxiy 713 yili Madinada kamon o'qlari yasovchi oilasida tavallud topib, o'zi ipak matolari savdosi bilan shug'ullangan, bolaligidan qarindoshlari qo'lida islomiy ilmlarni o'rgangan. Shu yyerda 795 yili vafotiga qadar yashagan va uni faqat Makkaga hajga borish uchungina tark etgan. Shu tufayli u Madina ahlining ramziga aylangan. Madina imomi sifatida tan olingan Molik hech bir siyosiy oqimlarga aralashmagan va biron rasmiy mansabni egallashga rozi bo'lmagan. Bahsar va ilmiy munozaralarda qatnashmagan, chunki "Ilm — xo'rozlar va qo'chqorlar orasidagi urush emas", deb hisoblagan. Paygambar, sahobalar va tobe'inlarning fiqhga oid qarashlari, qarorlari va qavllarini o'zining "Al-Muvatta'" kitobida jamlagan. Aytishlaricha, bu asar bir nechta matnlarda tarqalgan ekan, biroq bizlargacha ikki varianti: "Hanafiy ash-Shayboniy" va Yaxyo al-Laysiy (vaf. 848 y.) asarlari hamda ularga yozilgan izohlar yetib kelgan hamda tunislik Ali ibn Ziyod (800 y.) talqinidagi nusxaning qismlari saqlanib qolgan.
Huquqshunoslik sohasida molikiy mazhabi o'z yo'nalishiga ko'ra, alalxusus, ayolning jamiyatdagi o'rniga munosabatiga ko'ra, hanbaliy mazhabiga yaqin turadi. Shuningdek, molikiy mazhabida ota yoki otaning otasiga o'z bokira qizi yoki nevarasini, uning roziligisiz, ayrim hollarda esa uning xohishiga qarshi ravishda ham erga berish huquqi berilgan edi. Hanafiy mazhabi bunday holatga yo'l bermaydi.
Molikiy mazhabining vatani Madina bo'lgani uchun uning Hijozda tarqalishi tabiiy edi. Har yili haj mavsumida Shimoliy Afrika va Andalusiya olimlari Madina ulamolari bilan aloqa qilgani tufayli bu mazhab u yerlarga ham yoyilib, Andalusiyada zohiriy mazhabini siqib chiqardi. Molikiy mazhabi hozirgi kunlarda ham Marokash, Jazoir, Tunis, Liviyada yetakchi mazhab sifatida saqlanib kelmoqda. Shuningdek, u yuqori Misr va Sudan hamda Baxrayn, Birlashgan Arab Amirliklari va Quvaytga o'z nufuzini yoydi. Boshqa qator mamlakatlarda ham muayyan miqdorda molikiy mazhabining izdoshlari mavjud.
Shofe’iy mazhabi, bu mazhab jug'rofiy mintaqa mahsuli bo'lmasdan, ikki o'zga mazhab bilan yaqindan tanish, Payg'ambar ajdodi Hoshimning akasi Al-Muttalib avlodidan bo'lgan Muhammad ibn Idris ibn al-Abbos ibn Usmon ibn Shofe'iy uning asoschisi bo'ldi. Shofe'iy 767 yili Falastin (G'azza)da tug'ilib, 820 yili Misrda vafot etdi. Shofe'iy "Al-Umm" nomli kitobni yozib [ba'zi ma'lumotlarga ko'ra, kitobni uning shogirdi Ar-Rabiy ibn Sulaymon (884 y.) yozgan], unda nafaqat shofe'iy mazhabi nazariyasini ifodalagan, balki o'zga mazhablar orasidagi ko'plab farqlarni ham izohlab bergan. Mazkur yetti jildlik kitobda turli huquqiy masalalar, Ali va Ibn Mas'ud orasidagi ixtilof, Shofe'iy va Molik qarashlari orasidagi farq Ash-Shayboniy tomonidan Madinaga xos ayrim nazariyalarining rad etilishi o'z aksini toptan.
Misr mazkur yangi mazhabning vatani bo'lgani uchun u yyerda bu ta'limot chuqur ildiz otgani tabiiydir. 1517 yili Usmoniy turklar tomonidan Misrga hanafiy mazhabi kiritiladi. Hozirgi kunda sud mahkamalarida shaxsiy maqom borasida hanafiy mazhabi tatbiq etilsa-da, ko'p misrliklar, ayniqsa, qishloq joylarda o'z diniy urf-odatlarida shofe'iy an'analariga sodiq qolganlar. Falastin va Iordaniyaning aksariyat musulmonlari, Suriya, Iroq, Hijoz, Pokiston, Hindiston, Indoneziya hamda Eron va Yamandagi sunniy musulmonlar ham shunday qiladilar.
Hanbaliy mazhabi, Bu shaxsiy mazhab, chunki asosan bir shaxs — Ahmad ibn Hanbalning huquqiy qarashlari, qavl va fatvolarini namoyon etadi. Ibn Hanbal 780 yili Bag'dodda tug'ilib, shu yyerda 855 yili vafot etgan. Hadis to'plash niyatida Suriya, Hijoz, Yaman, Kufa va Basraga ko'p sayohat qilgan va 40 000 dan ortiq hadisni jam etgan olti jildlik "Musnad al-Imom Ahmad" asarini yaratgan.
Bu mazhabning o'zgalarga nisbatan ko'proq hadislarga tayanishi qonun asoslari jihatidan farq qiladi. Ular hadislar mohiyatini Qur'on oyatlari martabasigacha ko'tarishgan. Hadislarga "qanday?" deb savol bermasdan (bilo kayfa) to'g'ridan-to'g'ri ishonish zarur, deganlar. Hanbaliylarga binoan (Ibn Qayyim al-Javziya - 1350 y.) fiqh asoslari beshta: 1. Qur'on va sunnat matnlari; 2. Sahobalarning fatvolari; 3. Qur'on va sunnatga muvofiq bo'lgan ayrim sahobalarning qavllari; 4. Isnodi zaif yoki xabar beruvchilar soni kam bo'lgan hadislar; 5. Mutlaqo ilojsiz qolganda, qiyos bo'yicha hukm chiqarish.
Ibn Abd ul-Vahhob keyingi asrlar ulamolari emas, balki Qur'on va sunnatga tayangan boshlang'ich Islomning sarchashmalariga qaytishga da'vat etadi. Vahobiylarning muvaffaqiyati va XX asr Sa'id oilasining hukumat tepasiga qaytishi Saudiya Arabistonida hanbaliy mazhabini rasmiy mazhab sifatida ta'sis etilishiga olib keldi. Shuningdek, hanbaliylik Qatarda rasmiy mazhab va Falastin, Suriya, Iroq va yana boshqa joylarda o'z izdoshlariga ega.


Ijtihоd, fatvо va mazhabga ergashish masalalari. Barcha musulmonlar o`z millati, tarixini yaxshi o`rganishi va bu muhtasham tarixdan o`zi uchun kerakli saboqlar olib borishi lozim. Jumladan, bir marta sodir etilgan xatoni qayta takrorlamasligi kerak. Ana shunday takrorlanmasligi lozim ishlardan biri o`zaro ixtilof qilmaslikdir. Tariximizga nazar soladigan bo`lsak, ixtilof doimo katta musibatlarga sabab bo`lgan.
Tariximizni yaxshi o`rgangan har bir kishi hozirgi kundagi ixtiloflar va ular tufayli kelib chiqayotgan musibatlarni ko`rib, eski hodisalar aynan takrorlanayotganini bilib, qattiq afsus qiladi.
Qadimgi tariximizga nazar solishni davom ettiradigan bo`lsak, musulmon ummati ayni o`zaro ixtiloflarga chek qo`yish uchun omma xalq fiqhiy mazhablarga ergashishi lozimligini qattiq ta’kidlagan edi. Hamma bir xil bo`lishi, bir xil o`ylashi mumkin bo`lmaganidan ham bir emas, to`rt fiqhiy mazhabni haq, deb tan olgan edi. Shu bilan birga e’tirof qilingan mazhablarga ergashuvchilar bir-birlarini hurmat qilishlari lozimligi qayta-qayta ta’kidlangan edi. Qolaversa mazhablararo ixtilof qilish haromligiga alohida ahamiyat berilgan edi.
O`tgan azizlarimiz o`zlarining yashab turgan holatlaridan kelib chiqib, xususan, o`sha zamonning mustabid hokimlari shariatni o`z xohishlariga burishga tama’ qilmasinlar, deb ijtihod eshigini berkitgan, hamma muayyan fiqhiy mazhabga ergashsin, degan ittifoqqa kelgan edilar. Butun boshli Islom ummati bu ijmo’ni mamnuniyat bilan qabul qilgan edi.

Yüklə 168,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin