Reja: Aqida hamda kalom ilmlari va ularni o’rganuvchi manbalar



Yüklə 168,75 Kb.
səhifə10/23
tarix19.10.2023
ölçüsü168,75 Kb.
#157511
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   23
2-mavzu sirtqi

2. Molikiylikda Molik ibn Anasning "Al-Muvatta" ("Ommaviy", ya'ni "Barchaga tushunarli") kitobi asosiy asardir. Undan tashqari Abdussalom Saxnumning (vafoti 854 yil) "Al-Mudavvana al-Kubra" asari alohida o'rin tutadi.
3. Shofe'iylikda «Al-Umm» kitobi asosiy manbadir.
4. Hanbaliylikda Ahmad ibn Hanbalning «Al-Musnad» asari bosh manba sifatida qaraladi.
Hanafiylik, No'mon ibn Sobit al-Kufiy Abu Hanifa hayoti va faoliyati VII va IX asrning birinchi yarmida fiqhda o'ziga xos tushunchalar, ifoda - til va uslubiyat shakllandi. Fikh paydo bo'lishining ilk davridayoq, ikki yo'nalish maydonga chiqa boshladi. Ulardan biri Iroq maktabi bo'lib, u yana "mustaqil fikr yuritish tarafdorlari" (ashob-ar-ra'y), ikkinchi - Madina maktabi esa "hadis tarafdorlari" (ashobul-hadis), deb yuritiladi. Ular orasidagi farq - maktablar o'z aqidalarini rivojlantirgan moddiy va madaniy sharoit xususiyatlari hamda ularga meros bo'lib qolgan huquqiy an'analar bilan belgilanadi.
"Ashob ar-ra'y"ning yorqin vakili, hanafiy mazhabi asoschisi Imom A'zam Abu Hanifa (r.a.) hisoblanadi.
Hanafiya Islomdagi eng ko'p tarqalgan mazhabdir. Uning asoschisi Abu Hanifa 699-767 yillarda yashagan. Ma'lumki, huquqshunoslik markazlaridan biri Iroqdagi Kufa shahri bo'lgan, Payg'ambarimizning sahobalari Abdulloh ibn Mas'ud (vaf. 653 y.) u yerga faqih va muallim sifatida Xalifa Umar tomonidan yuborilgan edi. Uning talabalari fuqaho sifatida tan olindi va ularning eng mashhurlaridan biri Hammod ibn Abu Sulaymon (738 y.) mazkur mazhabga nom bergan Abu Hanifaning ustozi bo'lgan.
Abu Hanifa kufalik bo'lib, o'zining ismi No'mon ibn Sobit edi. O'ziga to'q ipak sotuvchi xonadonida tavallud topgan. A'lo ta'lim olib, yoshligida so'nggi sahobalarning suhbatini olgan. 22 yoshida mashhur huquqshunos Hammod ibn Abu Sulaymonning shogirdi va uning davrasida 18 yil tahsilda bo'ladi. Ustoz vafotidan so'ng 10 yil davomida ushbu to'garakka rahbarlik qiladi. U Kufa va Basraning eng obro'li faqihi hisoblangan. 747-748 yili uni davlat xizmatiga chorlagan Iroq hokimining zulmidan qochib, Makkaga ko'chib o'tadi. Hokimiyatga Abbosiylar kelgach, Iroqqa qaytadi va boy tojir hamda nufuzli olim sifatida hayot kechiradi. Xalifa Mansur (754-775) Bag'dodda unga qozi yoki boshqa yuksak martabani egallashni taklif etganida qat'iyan rad javobini beradi. Xalifa uning irodasini bo'ysundirish uchun yoshi va obro'siga ham qaramay, qamoqqa tashlaydi, hatto savalashga buyuradi. Oradan ko'p o'tmay, Abu Hanifa olamdan o'tadi.
Imom Abu Hanifaning bugun umri mobaynida ellik besh marta haj qilganligi ma'lum. Olim sifatidagi bilimlarini savdo ishlarida kundalik hayotga amaliy jihatdan tatbiq etish imkoniga ega bo'lib, qoida-qonunlarni qiyos va istihsonni ishlatish orqali boyitadi.
Hanafiy mazhabi ta'limoti, ilmiy merosi, mazhab izdoshlari Abu Hanifaning huquqiy nazariyasi shaxs erkinligini hurmatlagan va shu bilan o'zga huquqshunoslardan farq qiladi. U birinchi bo'lib bitimlarga oid qoidalarni ishlab chiqqan. Ular salam va murobaha bitimlarida o'z aksini topgan. Salam bitimi keyinchalik yetkazib beriladigan mol-mahsulotga darhol pul to'lashni ruxsat etgan. Ilgarigi qonunlar tovarni pulga bir paytning o'zida ayirboshlashni nazarda tutardi. Murobaha bitimi esa bir savdogar ikkinchisiga biron narsani sotishda oldingi, o'zi olgan narx ustiga shartlangan foyda bilan sotishni ruxsat etgan va shu tariqa sudxo'rlikning oldi olingan. Shaxsiy huquq doirasida Abu Hanifa erkin qizcha vositachisiz turmushga chiqishini ruxsat berdi, biroq keyinchalik hanafiy mazhabi bu huquqni faqat ilgari erga tekkan ayolga kafolatladi. Abu Hanifa fikricha, balog'at yoshiga yetgan inson mustaqil bo'lib, o'z mulkini o'zi xohlagan tarzda tasarruf etishi mumkindir.
Uning shogirdlaridan “Assohibon”, deb nomlangan Abu Yusuf va Muhammad ibn Hasan ash-Shayboniylar mazhab ta'sirini o'z asarlari va Abbosiylar davlatidagi yuksak maqomlari tufayli keng masofalarga yoyishga erishdilar. Abu Yusuf (731-798) Bag'dodda qozi etib tayinlangan, keyinchalik birinchi Qoziu al-quzot (bosh qozi) sifatida xalifalik hududlarida qozilar tayinlash huquqiga ega bo'lgan. Uning "Kitob al-Xaroj" asari xalifa Xorun ar-Rashid uchun soliqlar to'plash va davlatniyg moliyaviy masalalari bo'yicha qarorlar to'plami vazifasini o'tagan. Muhammad ibn al-Hasan ash-Shayboniy (749-804) hanafiy mazhabining huquqiy nazariyasini yozib qoldirgan allomadir. U hanafiy fiqhi hamda Madinada Molik ibn Anas qo'lida ta'lim olgan. Muhammad ash-Shayboniy qisqa muddat qozi bo'lgan, so'ngra xalifa Xorun ar-Rashid bilan Xurosonga borib, o'sha yyerda vafot etgan. U yozgan oltita kitob ("Al-Mabsut", "Al-jomi al-kabir", "Al-jomi as-sag'ir", "As-siyar al-kabir", "As-siyar as-sag'ir" va "Az-ziyodot") X asrda Abu-l-Fadl al-Marvaziy (Al-Hokim ash-Shahid nomi bilan ma'lum alloma) tomonidan "Al-Kofiy" unvoni bilan bir jildga to'planadi.

Yüklə 168,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin