Reja: Asinxron dvigatellar



Yüklə 50,2 Kb.
səhifə4/5
tarix24.05.2023
ölçüsü50,2 Kb.
#121229
1   2   3   4   5
asinxron

Asinxron elektr dvigatel — dvigatel rejimida ishlaydigan asinxron mashina; elektr energiyasini mexanik energiyaga aylantirib beradi. Ish tarzi stator chulgʻamlari boʻylab uch fazali oʻzgaruvchan tok oʻtganda vujudga keladigan aylanuvchi magnit maydonining stator maydoni rotor chulgʻamlarida hosil qiladigan tok bilan oʻzaro taʼsiriga asoslangan. Rotorning aylanish tezligi asosan quyidagi for60/71-S_muladan aniqlanadi: p = —~— , bunda:f— taʼminlovchi tok chastotasi; r — mashina qutblari soni; s— sirpanish, yaʼni rotor nisbiy tezligining statorning aylanuvchi magnit maydoniga nisbatan orqada qolishini koʻrsatuvchi son. Aylanish tezligini tok chastotasi, qutblar soni va sirpanishga taʼsir etib oʻzgartirish mumkin. Tok chastotasini oʻzgartirish energiya iyerofini cheklagan holda tezlikni ravon oʻzgartirishga imkon beradi. Shuning uchun chastota boʻyicha boshqariluvchi Asinxron elektr dvigatelni yaratish asosiy muammolardan biriga aylangan. Asinxron elektr dvigatel elektr yuritmalarda asosiy dvigatel sifatida ishlatiladi. Quvvati bir necha Vt dan oʻnlab MVt gacha boʻladi. Asinxron dvigatellar "Arago-Lens diski" xodisasi asosida.
Ishga oid nazarish tushunchalar.
Faza rotorli asinxron dvigatel qisqa tutashrilagan rotorli dvigatellardan rotorning tuzilishi bilan farq qiladi. Faza rotorli asinxron dvigatelni rotori qalinligi 0,35…05 mm bo’lgan elektrotexnik po’lat tunika (plastika)lardan shtampalanib yig’ilgan tslindrdan iborat. Statordagi kabi rotorning xam fazalariga uch fazali chulgam joylashtirilgan bo’ladi. Rotor chulgamlari yulduz sxemada ulanadi. Xar bir fazaning bosh uchlari bir-biridan izolatsiya qilingan uchta miss kontakt xalqalarga briktirilgan. Mis xalqalar uch fazali yurg’izish reostati bilan briktirilgan. YUrg’izish reostatining fazasi birinchidan yurg’izish tokini (Iyu=2,5…3,5)Ip gacha qaytarish, qisqa tutishgan rotorli asinxron dvigatellarda esa Iyu=(5…7)In ga teng bo’ladi. Darxaqiqat yurg’izish paytida rotordagi tok In=E2S/(R2+Ryurg)2+X2+S2 (A) bo’lib yurg’izish qarshiligi, bilan cheklangan. Ikkinchidan yurg’izish reostatining vazifasi yurg’izish momentini maksimumgacha oshirish, chunki Sos va rotordagi aktiv tok orttiriladi. Barcha ifodalarni sirpanish S=1 deb qabul qilinadi S=(R2+Ryurt)/X2=1. YUrg’izish momenti katta bo’lganidan faza rotorli asinxron dvigatelni nagruzka bilan yurg’izish kerak bo’lgan (markazdan qochma nasoslarkompressorlar, liftlar, kran dvigatellari va x.k) mexanizmlarda qo’llaniladi.
Dvigatel rotorning aylanish yo’nalishini o’zgartirish uchun aylanuvchan magnit maydonini aylanish yo’nalishini o’zgartirish kerak. Buning uchun statorning uchta faza simlaridan istalgan ikkitasini manbaaga ulanadigan o’rinlarini almashtirish kifoya.


Yüklə 50,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin