Reja: Asosiy qism Tovar va pul munosabatlari



Yüklə 54,92 Kb.
səhifə1/6
tarix27.12.2023
ölçüsü54,92 Kb.
#198770
  1   2   3   4   5   6
Reja Asosiy qism Tovar va pul munosabatlari-fayllar.org


Reja: Asosiy qism Tovar va pul munosabatlari

Reja:

Asosiy qism


  1. Tovar va pul munosabatlari.


  2. Bozor iqtisodiyotining mazmuni va uning asosiy belgilari.


  3. Bozor, uning tuzilishi va turlari. Bozor infratuzilmasi va uning unsurlari.


Xulosa

Foydalanilgan adabiyotlar
ASOSIY QISM
Boshqaruv usullari bu bosharuv subyektining boshqaruv obyektiga maksadli yunaltirilgan ta’sir utkazishning usullari, ya’ni boshqaruvchining u boshqarayotgan ishlab chiqarish kolleqtiviga qo’yilgan maksadlarga erishish jarayonida uning faoliyati koordinasiyasini ta’minlashdir. Boshqaruv usullari vositasida iqtisodiy jarayonlarga va ishlab chiqarish katnashchilariga moddiy, moliyaviy, energiya, mexnat resurslarini imkoni boricha kam sarf qilib yuqori natijalarga erishish maksadida ta’sir etiladi. Ishlab chiqarish samaradorligi ko’p jixatdan boshqaruv usullari mukammalligi va to’g’ri shakllanligi bilan uzviy bog’liqdir.
Boshqaruv usullari boshqaruv fanida muxim o’rinni egallab, boshqaruv qonun va tamoyillari bilan uzviy bog’liqdir. Mexnat jamoasiga ta’sir etish usullari orasida boshqaruv mexanizmi uchun bozor iqtisodiyoti sharoitida boshqaruv obyektiv qonunlari talablariga muvofiq keluvchilarigina eng maqbul va maksadga muvofiq deb xisoblanadi. Buning moxiyati shundaki, boshqaruv usullari bozor iqtisodiyotiga mansub qonunlar tizimi bilan uzviy bog’liqdir. Boshqaruv usullari tashqi va ichki omillar ta’sirida o’zgaradi. Tashqi omillarga: tashqi va ichki sharoit o’zgarishi, iqtisodiyotni boshqarishda tub isloxatlarni amalga oshirish, xalq xo’jaligining texnikaviy qurollanganlik darajasini boshqarish tizimida o’zgarishlar (iqtisodiy isloxatlar, iqtisodiyotni boshqarishning tarmoq tizimidan xududiy tizimiga utish va x.k.) kiradi.
Ichki omillarga: jumlasiga yirik ishlab chiqarish birlashmalarini tashkil etish asosida ishlab chiqarish konsentrasiyasini amalga oshirish; korxona kattaligi o’zgarishi natijasida uning bir guruxdan ikkinchisiga utkazilishi; ishlab chiqarish ixtisoslashish darajasi o’zgarishi; mexnatning texnika bilan ta’minlanish darajasi yaxshilanishi; ishlab chiqarishni rejalashtirish va jadal tartibga solishning mavjud usullarini takomillashtirish va yangilarini joriy qilish (tarmoqli rejalashtirish va boshqarish; ishlab chiqarishni o’zluqsiz tezkor rejalashtirish, ishlab chiqarishni boshqarishni avtomatlashtirilgan tizimini qo’llash va x.k.) kiritish mumkin.
Boshqaruv usullari bevosita ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarga ta’sir etuvchi ishlab chiqarish usuli rivojlanishi va jamiyat ishlab chiqarish kuchlari usishi bilan o’zgarib boradi. Iqtisodiyot muvaffaqiyatli rivojlanishda boshqaruv usullarini to’g’ri tanlash xam muxim ahamiyatiiyatga ega. Boshqaruv usullarini iqtisodiyotning ma’lum aniq soxalarida amal qilishning turli yo’llari orasidagi umumiy xodisa sifatida ajratish mumkin. Masalan, boshqaruv darajalari bo’yicha boshqaruv usullari (davlat seqtorini boshqarish usullari, sex, korxona, birlashma, mintakani boshqarish usullari), yoki tarmoqlarni boshqarish usullari (sanoat, transport, qishloq xo’jaligini boshqarish usullari) xaqida so’z yuritish mumkin. Shuningdek, turli subyektlri tomonidan qo’llaniladigan boshqaruv usullarini ajratib ko’rsatish mumkin.
Davlat boshqaruvi usullari jamoat tashkilotlarini boshqarish usullari. Yoki iqtisodiyotning ayrim soxalarida qo’llaniladigan boshqaruv usullarini (ishlab chiqarishni, moliyaviy soxani, fan va maorifni boshqarish usullari)ni xam ko’zda tutish lozim. Boshqaruv tashkilotlari tizimi bilan turli-tumanligi bu tashkilotlar faoliyati usullarini ajratish uchun asos bo’lib xizmat kiladi. Bu yerda so’z vazirliklar, assosasiyalar, aksionerlar jamiyati, davlat kumitalarini boshqarish usullari xaqida so’z boradi. Va nixoyat, turli turkumga kiruvchi ishlovchilar boshqaruv faoliyatida menejerlar, direqtorlar, bo’limlar boshliklari tomonidan qo’llaniladigan boshqaruv usullarini ajratib ko’rsatish mumkin. Demak, boshqaruv nazariya va amaliyotida turli boshqaruv usullari mavjuddir. Ular boshqaruv usullarining xar bir guruxi o’z xususiyatlariga ega bo’lgan tizimni tashkil etgan. Xalq xo’jaligini boshqarishda quyidagi usullardan foydalaniladi: iqtisodiy, tashkiliy, ijtimoiy, psixologik va xuquqiy. Boshqaruvning bu usullari o’zaro uzviy bog’liqdir, shu sababli ularning birortasiga ortikcha ahamiyatiiyat berish butun ishlab chiqarishning normal borishi bo’zilishiga olib keladi.


Yüklə 54,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin