Asosiy vositalarga eskirish hisoblashda «Asosiy vositalar» nomli 5-son BHMS hamda O‘zbekiston Respublikasining Soliq Kodeksiga amal qilish lozim.
Quyidagi asosiy vositalarga amortizatsiya hisoblanmaydi.Er, kutubxona fondi, mahsuldor hayvonlar.
Byudjet tashkilotlari, shu jumladan, ilmiy-tadqiqot, konstruktorlik va texnologik tashkilotlarning vositalari.
Belgilangan tartibda konservatsiyaga o‘tkazilgan asosiy vositalar; To‘lik amortizatsiyalangan asosiy vositalar.
To‘g‘ri chiziqli usul asosiy vositani foydali ishlatishning butun davri mobaynida ekirishning doimiy summalarini hisoblab yozishdan iborat.
Kamayib boruvchi qoldik usuli bo‘yicha muntazam hisoblab yozilayotgan summalar foydali ishlatish muddati davomida kamayadi.
Bajarilgan ishlar hajmiga mutanosib ravishda hisoblab yozish usuliga binoan amortizatsiya miqdori faqat asosiy vosita qancha marta ishlatilishiga yoki qancha mahsulot birligi ishlab chiqarilishi kutilayotganiga bog‘lik bo‘ladi.
Kumulyativ usulda amortizatsiya summasi hisoblashish koeffitsientining maxraji bo‘lgan obyektning xizmat muddati yigindisi bilan aniqlanadi. Bu koffitsientning suratida obyektning xizmat muddati oxirigacha koladigan yillar soni teskari tartibda ko‘rsatiladi. Amortizatsiyani hisoblashishda uning tugatilish qiymatiga e’tibor berish lozim. Agar boshqa summani ishonchli tarzda Hisob-kitob qilish mumkin bulmasa, asosiy Yositaning qoldik qiymati nolga teng bo‘ladi.
To‘g‘ri chiziqli usulda amortizatsiya hisoblashish. To‘g‘ri chizikli usul deb tugatilgan qiymati ayrilgan asosiy vositalar obyekti qiymatini davrlar bo‘yicha foydalanish muddati davomida teng nisbatda hisoblashish usuliga aytiladi. Amortizatsiya summasi amortizatsiyalanayotgan qiymatni (tugatish qiymati ayrilgan obyektning dastlabki qiymatini)ko‘zda tutilgan foydalanish davrlari soniga bo‘lish yuli bilan topiladi:
Yillik amortizatsiya summasi = (dastlabki qiymati-tugatish qiymati) /xizmat qilish muddati.
Misol. «Bobur» xissadorlik jamiyatida asosiy vositaga eskirish hisoblash bo‘yicha quyidagi ma’lumotlar mavjud;
Asosiy vositaning balans qiymati - 5000 ming sum;
Tugatilish qiymati - 200 ming sum;
Xizmat muddati - 5 yil.
Yillik amortizatsiya summasi = (5000-200)/5= 960 ming sum.