Tizimni tasavvur etish.Bu bosqichda hal qilinadigan muammo aniqlanadi va uning texnik jixatdan amalga oshirilishi imkoniyati o’rganiladi. Bunda qo’yiladigan savol: «muammo nimadan iborat va bu muammoni qanday echish mumkin?».
Tizim tahlili – Bu bosqichda muammo echilishi uchun axborot tizimi nima qilish kerak?- degan savolga javob izlanadi. Bu bosqichda amaldagi tizim va uning ish jarayoni o’rganiladi. Bu esa tizimning kuchlik tarafini, kamchiligi va yangi imkoniyatlarini namoyish etadi. Tizim tahlilidan chiqadigan natija – tizim talablari ro’yxati va ularning ustunligi.
tizim dizayniniyaratish, ya’ni “Axborot zimi muammoni echish uchun qanday ish tutishi kerak” – degan savolga javob beradi. Bu bosqichning natijasi – yangi yoki o’zgartirilgan tizimning batafsil dizayni. Tizim dizaynida
- kiruvchi, chiquvchi ma’lumotlar, tizim interfeysi;
- uskunalar, dasturlar, ma’lumotlar bazasi, telekommunikastiya, xodimlar va prosteduralar;
- ushbu komponentlar orasidagi aloqa va munosabatlar batafsil ko’rsatiladi.
Qo’yiladigan savol: axborot tizimi muammoni echishi uchun kaysi ob’ektlarni yaratish kerak?
Tizimni amalda yaratilish bosqichida dasturchilar ishga tushib, tizimni dastur holatiga olib kelishadi. Bu bosqichda, ma’lumotlar bazasi amalda yaratiladi, dastur dasturlash tillarida yoziladi, ma’lumotlar bazasi to’ldiriladi va sinogvdan o’tkaziladi. Bu bosqichning natijasi funkstional dasturdir.
Tizimni amalda qo’llash bosqichi. Yaratilgan axborot tizimi ishga tushgandan keyin vaqt o’tgan sari uzgartirishlar kiritilishi muqarrardir. Bu bosqichda oldingi bosqichdagi ko’zga tashlanmagan xatolar to’g’rilanib tizim istalgan darajagna keltiriladi.
“Sharshara” modelida har bir bosqich tugagandan keyin ko’zdan kechiriladi va tekshiriladi. Agar biron-bir xato aniqlansa, keyingi bosqichga mutlaqo o’tmaydi, balki oldingi bosqich ko’rib chiqiladi.
An’anaviy tizimlarni yaratish uslubini quyidagicha tasavvur etish mumkin:
1-rasm. Axborot tizimini yaratishning “sharshara” modeli.