8-ma`ruza: Axborot tizimlarining hayot sikli modellari, axborot tizimlarini topshiriqli, kaskadli va spiral modellari
Reja:
ATlarni yaratish jarayoni etaplari
Hayotiy sikl tushunchasi
ATlarni yaratishni “sharshara” modeli
Kaskadli modelning ustun va kamchilik tomonlari
ATlarni yaratishning spiral modeli
Spiral modelning kuchli kuchsiz tomonlari
Agar tizim korxonani axborot bilan ta’minlasa, demak u axborot(informastion) tizimdir. Axborot tizimini yaratish aksariyat zamonaviy korxonalarda, ularning qanday biznes bilan shug’ullanishidan qat’iy nazar, hal qilinishi zarur bo’lgan muammodir. “Axborot tizimi” atamasi biznes yuritishni engillashtiruvchi yoki “avtomatlashtiruvchi” dasturiy mahsulotlar sinfiga kiradi. Agar tizim biznesni axborot bilan ta’minlash orqali qo’llab-quvvatlasa, “axborot tizimi” deb ataladi. Tegishli dastur, agar u bittadan ortiq(ba’zi hollarda ketma-ket, ba’zan esa parallel) funkstiyani bajarsa, “tizim” deb ataladi. Masalan, ombor xo’jaligini qo’llab-quvvatlovchi axborot tizimlari omborga tovarlar kelib tushishi, xaridorga tovarlar berilishini kuzatib turadi, omborda har bir mahsulotning zaruriy miqdori mavjudligini nazorat qiladi.
Umumiy xolda ATlarni yaratish jarayoni ikki nuktai-nazarga asoslanadi:
-Asosiy ish oqimlari, bajaruvchilar, harakatlar ketma-ketligini aniqlash;
-ATni hayotiy sikli, ya’ni uni yaratishda vaqt mobaynida takrorlanuvchi jarayonlarni aniqlash. Hayotiy sikl modellari deganda ITni ishlab chiqish jarayonidagi ma’lum davr tushuniladi.
Tizimlarni yaratish jarayoni tizimlarning yaratilish davri(system development life sykle) yoki hozirgi terminda hayotiy sikli deyiladi, chunki bu jarayon bilan bog’langan faoliyatlar davomiydir. Tizimlarning yaratilishida yo’l qo’yilgan xato qanchalik kech aniqlansa, shunchalik uni tuzatish qimmatga tushadi, chunki oldin qilingan ishlar ham ko’rib chiqilishi zarur bo’ladi. Ana shuning uchun ham tizimlar yaratilishi jarayonini bosqichlarga bo’lib, tizimlar yaratishda ma’lum metodlar ishlab chiqilgan.
ATlar hozirgi vaqtda biror loyiha sifatida ishlab chiqariladi.
Loyiha – bu sistemaning aniq maksadda chegaralangan vaqtda muddat, natija, tavakkalchilik, xom-ashyo talablariga mos xoldagi harakatidir.
Axborot tizimlarini yaratishning “sharshara” yoki kaskadli modeli klassik hisoblanib, 70-80 yillarda keng tarkalgan edi. Bunda loyiha etaplarga bulinib, bir etap bajarilgandan so’ng keyingi etapga utiladi. Har bir etap tugatilganda u tula xujjatlashtiriladi va loyihachilar bu xujjatlardan keyingi etapda foydalanishadi.
An’anaviy tizimlarni yaratish davri uslubi(«sharshara») yoki hozirgi terminda kaskadli model quyidagi bosqichlardan iborat:
Dostları ilə paylaş: |