Reja: Atrof-muhit ifloslanishining asosiy sabablari


Havo muhitining Ifloslanishi



Yüklə 86,49 Kb.
səhifə3/8
tarix15.12.2022
ölçüsü86,49 Kb.
#74934
1   2   3   4   5   6   7   8
Inson ekologik tizim sifatida. Atrof muhit ifloslanishi va inson ifloslanishi

Havo muhitining Ifloslanishi. Ma'lumki, barcha tabiiy omillar uchun eng zarur havo muhitidir. Boshqacha aytganda, havo Yerdagi jami tirik organizmlar (o'simliklarvahayvonlar) hamdajonsiz tabiat — mineral jinslar o'rtasidagi uzluksiz modda — energiya almashinish jarayonlarini amalga oshishini ta'minlaydi. Havo muhiti bo'lmaganda hayot ham bo'lmas edi.

Nihoyat, havo asosiy hayotiy muhit bo'lishi bilan birga, Yer ob-havosi, uning iqlim sharoitini, davriy ravishda, takror shakllanib turishi uchun muhim omildir ham. Fikrimizni tasdiqlash uchun olim va mutaxassislar amalga oshirgan ayrim ilmiy kuzatuv hamda tadqiqot ishlari natijalarini bayon etamiz. Aniqlanishicha, havo muhiti bo'lmasa, Yer yuzida kecha va kunduz haroratlari 200 °S gacha bir-biridan farq qilishi mumkin ekan. Tabiiyki, bunday sharoitda hech bir jonzot, yashamasligi aniq, umuman, bunga chidashi ham mumkin emas.

Havo, nafas olish manbailigidan tashqari, yuqorida ta'kidlangandek, ko'plab Yerdagi tabiiy jarayonlarni talab darajasida amalga oshishi uchun asosiy omil bo'lib xizmat qiladi. Birgina misol, har yili qayta-qayta takrorlanib turadigan yil fasllari, ularning o'ziga xos ob-havo, yog'in-sochini va boshqa iqlimiy ko'rsatkichlarning namoyon bo'lishi aynan atmosfera vositasi tufaylidir.

Dunyo miqyosida, evolyutsion tarzda, kishilik jamiyatining rivojlanishi amalga oshib, davrlar o'tish bilan asta-sekin turli-tuman sanoat korxonalari, energetik inshoot va shunga o'xshash texnogen omillar vujudga kelib, ularning faoliyati sabab, atrof tabiiy muhitga salbiy ta'sir kuchaya bordi. Jumladan, havoga juda ko'plab har xil gaz, iflos gazsimon va zararli moddalar chiqarib yuborila boshlandi.

Havo muhitida kimyoviy birikmalar, kislorod gazi va suv bug'lari bilan ta'sirlashib, quyosh nurlari vositasida, har xil kimyoviy, fizik-kimyoviy jarayonlarni sodir etub, yanada xavfli kimyoviy birikmalarni hosil qilishi olib borilgan tadqiqot va kuzatuvlar natijasida isbotlangan. Masalan, kislotali yomg'irlar, turli rangda va sifatdagi yog'ilgan qorlar, «Ozon yorig'i» va "Atmosfera dimiqishi" kabi muammolar aynan shunday o'zgarishlarning oqibat natijasidir. Xususan, sanoati va texnik vositalari nihoyatda ko'p bo'lgan Ovro'pa shaharlari havo muhitida kuzatiladigan achchiq (ko'zni yoshlantiruvchi) qora-qurum tutun (smog) lar ham havoga chiqarib yuborilayotgan zaharli gaz moddalari va ulardan hosil bo'lgan birikmalar mahsullari hisoblanadi.


Yüklə 86,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin