Inson ekologik tizim sifatida. Atrof muhit ifloslanishi va inson ifloslanishi
- birinchisi — AES reaktorlarida ishlatib bo'lingan yadroviy yonilg'i modda qoldiqlarining oqava suvlar tarkibiga o'tishi, shuningdek, radioaktiv chiqitlarning yirik suv havzalari tubiga hamda yer osti qatlamlari orasiga ko'milishi tufayli;
- ikkinchi yo'li — radioaktiv izotoplar bo'lgan tabiiy ma'danlarni qazib olish va yuvish jarayonlarida sodir bo'ladigan oqavalarning suv havzalariga kelib qo'shilishi; Shunday holatga misol, O'zbekiston va Qirg'iziston Respublikalari
chegaraviy hududlaridagi suv manbalarining (masalan, Norin daryosining) radioaktivlik darajasi nisbatan yuqoriligi;
- uchinchisi, bu kasalxona va sihatgohlardan chiqadigan, hamda chorva mollari fermalari oqavalari, ularning pirovard natijada, suv havzalariga qo'shilib qolayotgani.
Yuqoridagilardan shunday xulosa chiqarish mumkin: havo va suv muhitlarining jiddiy sur'atda ifloslanib borishi negizida, asosan, turli ishlab chiqarish sohalari uchun zarur bo'lgan tabiiy manba (resurs)larni qayta ishlash jarayonlarida sodir etilayotgan ham gaz-gazsimon, ham suyuq — oqava, hamda qattiq holatdagi chiqit moddalar ta'siri yotadi. Sunday chiqitlar tufayli, nafaqat atmosfera va gidrosfera, balki litosfera va biosfera ham borgan sari ifloslanib bormoqda.
Litosferadagi o'zgarishlar — tuproqlarning ifloslanishi. Davrlar o'tishi bilan, umuman, Yer yuzasi qatlamlarining tarkib-tuzilmasi va sifat ko'rsatkichlari ham o'zgarib borayotgani kuzatilmoqda. Odamlarning Yer yuzida ko'payishi, ya'ni demografik omil sabab, hozir inson oyog'i yetmagan joy qolmadi ham desak, aslo xato bo'lmaydi. Boshqacha aytganda, odamzod yashamaydigan tabiiy holatdagi hududlar yildan — yilga keskin kamaymoqda. Shu narsa ham yaxshi ma'lumki, inson qayerda yashamasin —o'z ehtiyojlarini, asosan, tabiat hisobiga qondirishga harakat qiladi. Shu bilan birga. turli-tuman ishlab chiqarish korxonalarini barpo etadi va turli xil texnika vositalari, turli ko'rinishdagi transportlardan foydalana boshlaydi. Buni natijasi nimalarga olib kelishi esa, yuqorida bayon qilingan ma'lumotlardan juda yaxshi ko'rinib turibdi.