Mavzu: Atrof muhitning ifloslanishi va global ekologik muammolar
Reja:
1.Atrof-muhitning ifloslanishida antropogen va tabiiy omillarning asosiy roli.
2.Insoniyatning tabiatga, ekologiyaga ta’siri.
3. Dunyoda yuz berayotgan ekologik, global
iqlim o‘zgarishlariga sabab bo’lgan omillar.
Atrof-muhitning ifloslanishida tabiiy va antropogen
omillarning asosiy roli.
Tabiiy omillar asosida atrof-muhitning ifloslanishi, avvalo, tabiiy yo`l bilan -
chaqmoq chaqish, o‘to‘lanlar va o‘rmonlarning yonishi, vulqonlar otilishi, shamol harakati, biosferada uzliksiz boradigan cherish (o`simlik va hayvonot qoldiqlari) va
boshqa jarayonlar natijasida yuz beradi. Ular yiliga millionlab tonna chang-to`zonlarni
havoga chiqarib yuboradi.
Ammo hozirgi vaqtda tabiatning ifloslanishida sun`iy omillar (antropogen jarayon) eng ko`p qatnashmoqda. Atmosferaga chiqarilayotgan ifloslanishning 2/3
qismi uning hissasiga tog`ri keladi.
Atrof.muhitning ifloslanishi natijasida Yer yuzasining o`simlik va hayvonot dunyosi, ko`p asrlik tarixiy yodgorliklar va inshootlar birdek zarar ko`rmoqda. Xalqimiz
orasida "Suv yetti yumalab toza bo`ladi” degan tushuncha bor. Darhaqiqat, tabiat
me`yorida bo`lsa, turli oqova, chiqindilarni zararsizlantirish, tozalab olishdek noyob
xususiyatga ega. Biz atmosferaga chiqarib kelayotgan is (CO) gazi fotosintez jarayoni
tufayli o`simliklar tomonidan uzluksiz qayta ishlanib, kislorodga aylantirilib, tabiatga
yana qaytarilishini bilamiz. Ammo tabiatga chiqarib tashlanayotgan iflosliklar so`nggi
davrlarda shu darajada me`yoridan oshib ketayaptiki, oqibatda tabiat o`zini-o`zi
tiklash, tozalash xususiyatidan tobora mahrum bo`lib bormoqda.
Atrof,muhitning barcha geografik qobiqlarda kuchayib bormoqda. Quruqlik (litosfera)ning ifloslanishi yer osti boyliklarini o`zlashtirish, ayniqsa, ularni ochiq usulda qazib chiqarish natijasida yuzaga kelmoqda. Tuproq, ayniqsa, ularni ochiq usulda qazib chiqarish yuzaga kelmoqda. Tuproq, ayniqsa, sanoat va qishloq xo`jaligi chiqindilari bilan ifloslanmoqda. Bunda asosiy ifloslovchi unsurlar – turli metallar va ularning birikmalari, mineral og`itlar, kimyoviy zaharli vositalar, radioaktiv moddalardir. Maishiy xizmat va chorvachilik chiqindilari tufayli paydo bo`lgan chiqindi uyumlari sanitariy gigiyena holatining yomonlashuviga olib kelmoqda.
Gidrosfera (daryolar, ko`llar va dengizlar), asosan, sanoat, qishloq xo`jaligi va uy.ro`zg`or, maishiy xizmat sohalarining oqova suvlari qo`shilishi natijasida
ifloslanmoqda. Oqibatda chuchuk suv yetishmasligi holati tobora kuchaymoqda.
Bunday holatlar dunyoda aholi eng zich yashaydigan hududlar bo`ylab oquvchi Reyn,
Sena, Temza, Dunay, Dnepr, Volga, Don, Missisipi, Nil, Gang, Yanszi kabi daryolarning
havzalarida kuzatilmoqda.
Dunyo okeani ham tobora ifloslanib borayapti. Uning ifloslanishi daryolardan
qo`shilayotgan notoza suvlar, sohillardan tashlanayotgan chiqindilar, kemalar
harakati va halokati sababli tushayotgan neft mahsulotlari tufayli sodir bo`lmoqda.
Hozirgi vaqtda O`rta, Shimoliy, Boltiq, Qora, Azov, Karib, Yapon, Yava dengizlari,
Biskayya, Fors, Meksika qo`ltiqlari eng ko`p isloflangan.
Dunyo okeanining havzasi, ayniqsa, neft va neft mahsulotlari chiqindilari tufayli
ifloslanmoqda. Kosmik kuzatishlar hozirgi vaqtda Dunyo okeani yuzasining 1/3 qismi
neft pardasi bilan qoplanganganligini ko`rsatmoqda. Bu jahondagi eng katta ekologik
muammolardan biri demakdir. Zero, neft pardasi okeaning quyosh nurlarini qabul
qilib olishiga to`sqinlik qiladi, suvning bug`lanishini va kislorod bilan to`yinish
imkoniyatini pasaytiradi, tirik organizmlar rivojlanishini susaytiradi. Neft bilan,
ayniqsa, Atlantika okeani, Hind okeanining shimoliy qismlari eng ko`p ifloslangan.
Atmosfera elektr energetika, metallurgiya, kimyo va boshqa sanoat tarmoqlari, transport vositalari, fazoga kosmik kemalarni uchirish yoki turli xil yong`inlar tufayli
ifloslanmoqda. Buning natijasida har yili milliardlab tonna qattiq, gazsimon, aerozol
chiqindilar atmosferaga chiqarib yuborilmoqda. Atmosferada, ayniqsa, is gazi (CO),
oltingugurt gazlari (SO2) salmog`ining oshib borishi katta ekologik muammolarni
keltirib chiqara boshladi. Yadroviy ilmiy tadqiqotchi, mashhur olim Y.B.Xaritondan:
"Dahshatli termoyadro qurollarining ishlab chiqarilishi va uning tarqalishi insoniyatni
yo`q qilib yuborish xavfini tug`dirmaydimi?” – deb so`raganlarida, u: "Sayyoramizga
oxir.oqibat termoyadro qurollari emas, balki "issiqxona samarasi” katta xavf
tug`diradi, ya`ni iqlimning global miqyosda isib borishi Yerdagi hayot uchun haqiqiy
talafot xavfini keltiradi”, - deb javob bergandi.
Darhaqiqat, atmosferaning is gazi, oltingugurtli, azotli, ftor-xloridli, fosforli, qo`rg`oshin, simob, alyuminiy kabi metall birikmali turli aerozol gazlar bilan ifloslana
borishi natijasida quyoshning isitish tartibi buzila boshladi. O`z navbatida, bu iqlimning
o`zgarib borishiga, sayyoramiz qutblari va baland tog`lardagi abadiy muzliklarning
sekin-asta tugab borishiga olib kelishi mumkin.
Atmosferaning ifloslana borishi insoniyat oldiga yana bir murakkab muammoni
qo`ymoqda. Keyingi yillarda havoga ftor-xlorli birikmalarning tobora ko`p chiqarib
yuborilishi natijasida Yerdagi hayotning qalqoni hisoblangan ozon qoplamining tobora
yupqalashib borishi kuzatilmoqda. "Ozon tuynugi” deb nomlangan ana shu holat
dastlab Janubiy Amerikaning Antarktidaga tutash hududlari, so`nggi yillarda esa
Yevrosiyoning shimoliy kengliklari ustida ham kuzatila boshlandi.
Bunday muammolarning kelib chiqishi, asosan, jamiyat bilan tabiat o`rtasidagi
munosabatlarning buzila borishi va atrof-muhitning ifloslanishi bilan bog`liq. Demak,
insoniyat oldida tabiatga "Siz” deb munosabatda bo`lish vazifasi,turadi.hududlarida, keyinchalik davlatlararo miqyosda integratsional xarakter kasb etadi.
SHu nuqtai nazardan Markaziy Osiyodagi suveren davlatlar ekologik siyosatidagi
globallashuvni ularning xalqaro va davlatlararo munosabatlarining dastlabki
bosqichlari deyish mumkin.
Global ekologik munosabatlar sharoitida tabiatni muhofaza qilish ishida xalqaro
hamkorlik zarur. CHunonchi, tabiiy sharoiti xilma-xil bo’lgan katta mamlakatlarning
kuchi bilan tabiatni muhofaza qilish masalasi har doim ham hal qilib bo’lmaydi.
Tevarak-atrofdagi tabiatni muhofaza qilishi masalalariga xilma-xil milliy va
olamshumul muammolar kiradi. Masalan, ko’chib yuradigan hayvonlar, qushlar,
baliqlar va dengiz hayvonlari, davlat chegaralarini tan olmaydi. Bunday hayvonlarni
qo’riqlash muammolari yoki tevarak -atrofdagi muhitni saqlashning umumiy
masalalari hukumatlar o’rtasidagi bitim va xalqaro bitimlar darajasida hal qilinadi.
Bizningcha, hozirgi vaqtda dunyoda tabiatni muhofaza qilish sohasida hamkorlikning
ikki asosiy shakli,tarkib topdi:tevarak-atrofdagi muhitni muhofaza qilish va tabiiy zahiralard oqilona foydalanish masalalari bo’yicha ikki tomonlama konventsiyalar;
tabiatni muhofaza qilish bo’yicha xalqaro tashkilotlar faoliyatida ishtirok etish.
Tabiiy muhitning hozirgi muammolariga oid birinchi xalqaro konferentsiya biosferadan ratsional foydalanish va zahiralarni muhofaza qilishning ilmiy asoslari
bo’yicha ekspertlarning hukumatlararo konferentsiyasi dunyo tabiiy zaxiralaridan
foydalanish va ularni muhofaza qilish ishida katta voqea bo’lgan. Bu konferentsiya
YUNESKO binosida ochilib, 1968 yil 4 sentyabrdan 16 sentyabrga qadar davom etgan.
Bu konferentsiya juda vakolatli edi: uning ishida YUNESKO a’zolari bo’lgan 63
mamlakatdan 238 ta delegat va BMT ga a’zo mamlakatlarning 6 ta va boshqa xalqaro
tashkilotlardan 88 ta vakil qatnashgan.
Konferentsiyada SHvetsiya, Frantsiya, GFR, Vengriya, AQSH delegatlari ayniqsa
mufassal ma’ruzalar qilgan. Konferentsiya, butun biosfera miqyosida tabiatni
muhofaza qilishning barcha muhim masalalarini ko’rib chiqqan.
Tabiatni muhofaza qilishda 1948 yil YUNESKO va YUNEPO xalqaro biologik
dastur yordamida tabiat va tabiiy zaxiralarni qo’riqlash to’g’risida ittifoqni tuzilganligi
muhim ahamiyatga ega bo’ldi. Bu ittifoq dunyodagi ko’pchilik davlatlarning vakillari-
muassasa va jamoat tashkilotlarini o’z ichiga oladi. 120 dan ortiq xalqaro tashkilotga
mamlakatlardan 350 ga yaqin milliy tashkilot va ko’plab xalqaro tashkilotlar kiradi. Bu tashkilotning shtab kvartirasi SHveytsariyadagi Jeneva ko’li sohiliga joylashgan. Bu
xalqaro tashkilotning eng katta ishlaridan biri noyob «Qizil kitob»ning
yaratilganligidadir. Uning assambleyalarida yer sharining konkret mintaqalari (masalan, Afrika va O’zbekiston)da bo’lgan hayvon, o’simliklarni muhofazalash bilan
bog’lik bo’lgan ko’pgina masalalar muhokama etilib aniq vazifalar ijrosi belgilanib olinadi. Ekologik siyosatning milliy davlat chegaralaridan tashqariga chiqishi, ularning globallashuvi boshqa sotsial,iqtisodiy aloqalarda ham muhim rol o’ynaydi. SHunga ko’ra, atrof,muhit muhofazasini tartibga solib turish bo’yicha milliy dasturlarni xalqaro miqyosda muvofiqlashtirish zarurati: birinchidan, alohida davlatlar miqyosida tashkil qilingan ekologik tadbirlar jahon miqyosida tabiatni muhofaza qilish sohasida olib borilayotgan ishlarning tarkibiy qismi bo’lishi lozim. Ikkinchidan, mazkur tadbirlar samaradorligi turli mamlakatlar o’rtasidagi iqtisodiy va siyosiy qarama-qarshiliklarni bartaraf qilish imkoniyati tarzida qaralishi kerak. Uchinchidan, ekologik siyosiy munosabatlar globallashuvi ob’ektiv shart-sharoitlar va sub’ektiv omillar uygunligini
talab etadi. Xalqaro miqyosda ekologik siyosat globallashuvining kengayishi va chuqurlashuvi, o’z navbatida, milliy taraqqiyot xususiyatlariga differentsial
yondashgan holda, davlat ekologik faoliyatini koordinatsiyalashni ham taqozo qiladi. Turli mamlakatlarning suvereniteti va ekologik manfaatlari xalqaro ijtimoiy-iqtisodiy
aloqalar globallashuvi uchun zamin yaratadi.
Ikkinchidan, har qanday davlatda ekologik vaziyatning sog’lomlashuvi o’zining ijobiy tomonlari bilan boshqa davlatlar ekologiyasini yaxshilash uchun kulay shart-
sharoit hisoblanadi. Dunyoda yuz berayotgan ekologik, global iqlim
o‘zgarishlariga sabab bo’lgan omillar.
Xulosa. Ushbu mustaqil ishni tayyorlash mobaynida o’zimga kerakli bo’lgan xulosalarni
chiqarib oldim deb o’ylayman. Shu olamda yashay turib ko’plab ekologik
muammolarga e’tibor qaratmagan ekanman. Yer shari yaqin yuz yilliklarda katta
o’zgarishlarga duch keldi va hanuz bu o’zgarishlar tugagani yo’q, aksincha kundan
kunga ko’payib bormoqda. Bularning asosiy qismini salbiy o’zgarishlar ya’ni ona
sayyoramiz kelajagiga daxl solishi mumkin bo’gan ekologik, global muammolar tashkil
etadi. Ayniqsa hayvonot, nabotot olami bu salbiy oqibatlarning qurbonlariga
aylanayotgani bizni tashvishga solishi lozimdir. Chunki tabiat shunday muvozanatda
yaratilganki, unda har bir jonzotning, o’simliklarning qo’yingki barcha tirik
organizmlarning o’z vazifalari mavjud. Misoli hayot zanjirining qismlari kabidir. Inson
shu zanjirning bir qismi aslida, biroq buni anglamog’lik ayni vaqtda dolzarb masalaga
aylanayotgani kishini tashvishga soladi. Chunki ko’plab ekologik muammolar bizning
vatanimizga ham o’z tasirini o’tkazmoqda. Orol dengzi muammosi bunga yaqqol
namunadir. Yerlarning shoʻrlanishi, turar joylar, maʼmuriy binolar va asfaltlangan
yoʻllarga katta ziyon keltirmoqda. 1986-yilda 78 % turar joylar foydalanishga yaroqsiz
boʻlib qolgan. Bu halokat ichimlik suvlarni ifloslantirib, aholi oʻrtasida kasallikni
kuchayishiga olib keldi. Amudaryo va Sirdaryo suvidan foydalanishda yoʻl quyilgan
xatoliklar Orol boʻyida ekologik falokatni keltirib chiqargan. Mana shunday
muammolar bizga tahdid qilib turgan ushbu kunda butun davlat miqyosida ekologik
muammolar yechimlariga qaratilgan tashkiliy tuzilmalar o’z faoliyatlarini yo’lga
qoymoqdalar. Mavjud komissiyalar vakolatlari kengayib, amaliy ishlar soni
ko’payyotgani ayni xaqiqatdir. Shu o’rinda biz yoshlar ham o’z hissalarimizni
qo’shmog’imiz, ko’ngillilar safida javlon urib xizmat qilmog’imiz vatanimiz, elu-
yurtimiz oldida turgan muhim burchlarimizdan biridir. Ushbu masuliyatni chuqur
anglagan holda o’z ishlanmalarimizni taqdim etishimiz, ekologik muammolarga oson
yechimlarni o’z izlanishlarimiz, xulosalarimizga tayangan holda topmog’imiz ayni
kundagi dolzar masaladir. Ilm - fan va texnika yutuqlarini amaliyotga joriy qilib, suv
resurslarida unumli, oqilona, samarador foyidalanish usullarini ishlab chiqar ekanmiz
bu kabi global, ekologik muammolarning yechimi asta sekin topiladi. Qilingan amaliy
ishlar, tajribalar, aniq hisob kitobarga asoslangan holda mahsus inshoatlar, energiya
tejamkor qurilmalar, muqobil energiya manbalarini ishlash tamoyillarini o’rganib
amaliyotga joriy qilish bizning vazifamizdir va biz shunga qodir yosh kadirlarmiz deya
ishonch bilan ayta olamiz.
Foydalanilgan adabiyotlar
Ochilova B. Tabiatdan foydalanish-bu insonning maksadga muvofik yo’naltirilgan
faoliyati sifatida. Falsafa va hukuq №4, 2007, b-60
Mustafoyev S., O’rinov S., Suvonov P. Umumiy ekologiya. O’zbekiston yozuvchilar
uyushmasi. Adabiyot jamg’armasi nashriyoti. Toshkent-2006, b-10-11
Xolmatova M. Oilaviy munosabatlar madaniyati va sog’lom avlod tarbiyasi.
Toshkent. «O’zbekiston», 2000, b-111-112
Ergashev A., Ergashev T. Ekologiya, biosfera va tabiatni muxofaza qilish. T.: «Yangi
asr avlodi», 2005, b- 262-263
E.Usmonov. Ekologik munosabatlarning globallashuvi. Jamiyat va boshkaruv.
Ilmiy-siyosiy, ijtimoiy- iqtisodiy, ma’anviy - tarixiy jurnal. Toshkent, 2007,
№2, 89-90-bet.
OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Reclaiming the Aral Sea, Scientific American, mart,
2008 http://www.ntsomz.ru/projects/eco/econews_271108_betahttp://fayllar.org
Dostları ilə paylaş: |