Reja: Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanish istiqbollari


Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanish



Yüklə 454,52 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix17.09.2023
ölçüsü454,52 Kb.
#144778
1   2   3
O`ktam Saipov

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanish 
istiqbollari
Mamlakatimizda 26-30 sentabr kunlari ―InfoCom-2011‖ axborot-
kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi bo‗lib o‗tadi. Mazkur tadbir 2004 
yildan buyon har yili sentabr oyining oxirida o‗tkazib kelinmoqda. U sohani 
takomillashtirishga qaratilgan qator tadbirlarni o‗z ichiga oladi. An‘anaviy 

haftalik mutaxassislarda ham, ko‗p sonli axborot texnologiyalaridan 


foydalanuvchilarda ham katta qiziqish uyg‗otmoqda.
Mamlakatimizda Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida ijtimoiy-
iqtisodiy, shu jumladan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) 
sohasida keng ko‗lamli islohotlar amalga oshirilayotir. Davlatimiz 
rahbarining 2002 yil 30 mayda qabul qilingan ―Kompyuterlashtirishni yanada 
rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish 
to‗g‗risida‖gi farmonida axborot hamjamiyatini shakllantirish masalalari o‗z 
ifodasini topgan. Shu asosda axborot makonini kengaytirish bo‗yicha turli 
tadbirlar ishlab chiqilib, izchil amalga oshirilmoqda.
O‗zbekiston Aloqa va axborotlashtirish agentligidan O‗zA muxbiriga 
ma‘lum qilishlaricha, haftalik O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 
Qonunchilik palatasining Abort va kommunikatsiya texnologiyalari 
masalalari qo‗mitasi, Kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalarini rivojlantirish bo‗yicha Muvofiqlashtiruvchi kengash, 
O‗zbekiston Aloqa va axborotlashtirish agentligi, O‗zbekiston axborot 
texnologiyalari korxona va tashkilotlari uyushmasi tomonidan tashkil 
etilmoqda.
―InfoCom-2011‖ axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi 
Toshkent axborot texnologiyalari universitetida bo‗lib o‗tadigan ―ITPA-
2011‖ O‗zbekiston-Koreya xalqaro konferensiyasi bilan boshlanadi.
Haftalikning dastlabki kunida poytaxtimizdagi Yoshlar ijod saroyida UZ 
milliy domeni internet-festivali g‗oliblarini mukofotlash marosimi bo‗lib 
o‗tadi. Tanlov dasturi mavzuga oid 13 va 2 maxsus nominatsiyani o‗z ichiga 
olgan. 27 sentabrda esa Xalqaro biznes markazida Axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalari bo‗yicha har yili o‗tkaziladigan milliy sammit o‗z ishini 
boshlaydi. ―AKT Sammit-2011‖ bugungi kunda O‗zbekiston axborot-
kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi muhim voqealardan bo‗lib, 
milliy hamda xorijiy mamlakatlar xalqaro ekspertlarida katta qiziqish 
uyg‗otmoqda. Dastlabki yillarda ―AKT Sammit‖da 200ga yaqin delegat 
qatnashgan bo‗lsa, bugun unda ishtirok etayotgan mutaxassislar soni ikki 
baravar ko‗paydi.
Tadbir davomida AKTni rivojlantirish bo‗yicha milliy dasturlarni 
amalga oshirish borasidagi yutuqlar va muammolar, hayotimizning ayrim 
sohalariga AKTni joriy etish tajribasi, elektron boshqaruv, elektron sog‗liqni 
saqlash, kadrlar tayyorlash, infratuzilmani, media biznesi, innovatsiya 

faoliyatini rivojlantirish hamda boshqa dolzarb mavzularga bag‗ishlangan 


ma‘ruzalar tinglanadi.
Mazkur sammit mutaxassislar, davlat organlari va xalqaro tashkilotlar, 
shuningdek, xususiy sektorga AKT-bozori ahvolini muayyan darajada tahlil 
qilish, bu boradagi yangi yutuqlar bilan tanishish, yangi barqaror va ishonchli 
hamkorlar bilan aloqa o‗rnatish, mamlakatimizda AKTni joriy etish bo‗yicha 
qo‗shimcha investitsiya resurslarini jalb etishga ko‗maklashadi.
Yalpi va seksiyalar majlislarida AKT bozorining yetakchi ekspertlari, davlat 
organlari, jamoat va xalqaro tashkilotlar vakillari, mamlakatimiz va xorijiy 
AT-kompaniyalar rahbarlari hamda mutaxassislari AKTni jamiyat hayoti va 
faoliyatining turli jabhalariga joriy etish siyosatining dolzarb masalalarini 
muhokama etadilar. Bu boradagi strategiyalar va sohani rivojlantirish 
masalalari, texnologiyalar va infratuzilma, ilova va yechimlar ko‗rib 
chiqiladi, nafaqat ijobiy tajriba, balki mavjud muammolar, ularni bartaraf 
etish yo‗llari ham tahlil qilinadi.
Haftalik doirasida bir paytning o‗zida Toshkent, Buxoro va Farg‗onada 
axborot texnologiyalarining har yilgi ―ICTExpo-2011‖ milliy ko‗rgazmasi 
bo‗lib o‗tadi. Ko‗rgazmani bir paytning o‗zida uchta shaharda o‗tkazishdan 
maqsad axborot texnologiyalarini hayotimizga joriy etishning hududiy 
darajasi qanchalik ortib borayotganini namoyish etishdir. ―ICTExpo-2011‖ 
kunlarida bu yerga tashrif buyuradiganlar uchun boshqa ko‗rgazmalardagi 
eksponatlar bilan tanishish imkonini beradigan videoko‗prik tashkil etiladi.
Ko‗rgazmada 150 dan ortiq ishtirokchi kompaniyalar axborot 
texnologiyalari sohasidagi eng so‗nggi ishlanmalarni, keng turdagi noyob 
xizmatlar va yechimlarni namoyish qiladi. Unda mamlakatimiz 
kompaniyalari bilan bir qatorda Xitoy, Avstriya, Germaniya, Rossiya, 
Ukraina, Janubiy Koreya, Vengriya va boshqa davlatlar vakillari ham ishtirok 
etadi.
Ko‗rgazma dasturi keng va rang-barang bo‗lib, undan ko‗plab o‗quv 
seminarlari, davra suhbatlari, ko‗ngilochar tadbirlar o‗rin olgan. Shu bilan 
birga, O‗zbekistonda internet-provaydingni rivojlantirish masalalari bo‗yicha 
davra suhbati, oliy o‗quv yurtlari, kollej va litseylar jamoalari o‗rtasida 
―Kompyuter sporti bo‗yicha ―ICT-students‖ universiadasi‖, Uzbekistan 
Cyber Games 2011 – kompyuter o‗yinlari bo‗yicha O‗zbekiston 
chempionatining final o‗yinlarini o‗tkazish rejalashtirilgan.

―ICTExpo‖ milliy ko‗rgazmasi mamlakatimizda 2006 yildan buyon 


o‗tkazib kelinmoqda. U dastlabki yildan boshlab tarmoq xususiyatiga ega 
bo‗lib, bir paytning o‗zida ikki-uch shaharda videoko‗prik bilan bog‗langan 
ikki-uchta ko‗rgazma ochiladi. ―ICTExpo-2011‖ ko‗rgazmasi axborot-
kommunikatsiya texnologiyalari sohasida o‗zaro manfaatli hamkorlikni 
rivojlantirish va mustahkam amaliy aloqalarni yo‗lga qo‗yishda muhim omil 
bo‗ladi.
Mazkur haftalik mamlakatimizda AKT sohasini yanada rivojlantirish, bu 
boradagi xalqaro hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qilishi, shubhasiz.
Axborot kommunikatsiya texnologiyalari jadal rivojlanayotgan bugungi 
kunda informatika fanining rivoji va istiqbollari, bu fan oldida turgan dolzarb 
masalalar haqida talaba va o‘quvchilarga o‘z vaqtida ma‘lumot yetkazish, 
bilim berish zamonaviy fan o‘qituvchilari, ilmiy izlanuvchi olimlarning 
muhim vazifalaridir. Sababi fan shunchalik shiddat bilan rivojlanmoqdaki, 
agar bu bilimlar bugun talabalarga yetkazilmasa, ertaga eskirgan ma‘lumotga 
aylanib qolishi hech gap emas. Shunday muhim vazifalarni amalga oshirishda 
ta‘lim muassasalarida o‘tkaziladigan ilmiy-amaliy anjumanlar ham muhim 
ahamiyat kasb etadi.
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Informatika 
o‘qitish metodikasi kafedrasida zamonaviy informatika fanining shakllanishi, 
rivojlanishi va istiqbollari masalalari izlanuvchilar va olimlar tomonidan 
keng o‘rganilib kelinadi. Jadal rivojlanib borayotgan fan sirlarini o‘rganish va 
bu boradagi yangi fikrlar bilan o‘rtoqlashishni ko‘zda tutib, 2018-yil 23-aprel 
kuni «Zamonaviy informatikaning dolzarb muammolari: o‘tmish tajribasi, 
istiqbollari» mavzusida tashkil etilib, o‘tkazilgan Respublika ilmiy-amaliy 
anjumani ham shunday maqsadga yo‘naltirildi.
Ilmiy-amaliy anjumanning asosiy maqsad va vazifalari quyidagilar: 
Respublikamizdagi ta‘lim tizimi muassasalarida zamonaviy fanlardan biri va 
jamiyat rivojining asosi bo‘lgan informatika fanining yutuqlari va ushbu fan 
taraqqiyotining turli sohalarida erishilgan natijalar, fanning oldida turgan 
vazifalar va kelajakdagi dolzarb muammolarni aniqlash va yechimlarini 
topish kabi masalalarni muhokama qilish deb belgilandi.
Anjumanni kirish so‘zi bilan Nizomiy nomidagi TDPU rektori, p.f.d., 
professor Shavkat Sharipov ochdi. Yalpi majlisda: Nizomiy nomidagi 
Toshkent davlat pedagogika universiteti «Informatika o‘qitish metodikasi» 
kafedrasi professori, Xalqaro pedagogika ta‘limi va Turon fanlar akademiyasi 

akademigi A. Abduqodirov tomonidan «Umumiy ta‘lim maktablarining 


ta‘lim jarayonida AKTdan foydalanish aspektlari» mavzusidagi ma‘ruza, 
T. N. Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston Pedagogika Fanlari ilmiy-tadqiqot 
instituti direktori, p.f.d., professor N. Taylaqovning «Umumiy o‘rta ta‘lim 
maktablarining 10-sinfi uchun «Informatika va axborot texnologiyalari» 
fanidan yangi avlod darsligini yaratish asoslari» mavzusidagi ma‘ruza, Xalq 
ta‘limi vazirligi ZiyoNET bo‘limi boshlig‘i U. Taylaqovning «Zamonaviy 
informatika internetning milliy segmenti rivojlanishi bilan hamnafas bo‘lishi 
zarur» mavzusidagi ma‘ruza, t.f.n., dotsent X. Xaldarovning 
«Обеспечение
непрерывности
оценивания
успе-
ваемости
студентов
всистеме
электронного
деканата» mavzusidagi 
ma‘ruzalar ishtirokchilar tomonidan qizg‘in kutib olindi.
«Zamonaviy informatikaning dolzarb muammolari: O‘tmish tajribasi, 
istiqbollari» mavzusidagi anjumanda quyidagi:
1.
Informatika zamonaviy jamiyatning asosi sifatida.
2.
Zamonaviy informatikani o‘qitish: maqsad, mazmun, usullar.
3.
Zamonaviy informatika o‘qituvchisi tayyorlashning ilmiy-metodik 
tizimi.
4.
Elektron ilovalarni ishlab chiqish va qo‘llash zamon talabi.
5.
Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitishda informatikaning o‘rni va ahamiyati 
kabi masalalar ham muhokama qilindi.
Anjumanda O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim 
vazirligi, Xalq ta‘limi vazirligi vakillari, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat 
pedagogika universiteti rahbariyati, professor-o‘qituvchi va talabalari ishtirok 
etdilar. Bundan tashqari, respublikamizning boshqa oliy ta‘lim 
muassasalaridan, jumladan, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, 
Toshkent davlat pedagogika universiteti Termiz filiali, Qo‘qon davlat 
pedagogika instituti, Qarshi davlat universiteti, Nukus davlat pedagogika 
instituti, Jizzax davlat pedagogika instituti, Guliston davlat universiteti, 
Andijon davlat universiteti, Samarqand davlat chet tillari instituti, Samarqand 
davlat universiteti, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand 
filiali, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali, Toshkent 
axborot texnologiyalari universiteti Nukus filiali, T. N. Qori Niyoziy 
nomidagi O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti, Samarqand 
davlat universiteti huzuridagi Xalq ta‘limi xodimlarini qayta tayyorlash va 
malakasini oshirish instituti, Toshkent davlat pedagogika universiteti 

huzuridagi Toshkent shahar Xalq ta‘limi xodimlarini qayta tayyorlash va 


malakasini oshirish instituti, Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti, 
O‘zbekiston Respublikasi IIV Yong‘in xavfsizligi instituti, Toshkent 
avtomobil yo‘llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiya instituti, Navoiy 
davlat pedagogika instituti professor-o‘qituvchilari, olim va mutaxassislar, 
shuningdek, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari hamda umumta‘lim 
maktablarining o‘qituvchilari ham faol ishtirok etdilar. Jumladan, Sergeli 
tibbiyot kolleji, Sergeli yengil sanoat kasb-hunar kolleji, Termiz axborot 
texnologiyalari va turizm kasb-hunar kolleji, Toshkent temir yo‘l 
muhandislari instituti akademik litseyi, Jizzax tibbiyot kolleji, Toshkent 
moliya iqtisodiyot kolleji vakillari, Yunusobod tumani 235-maktab 
o‘qituvchilari tadbirda faol ishtirok etdilar. Anjumanda qabul qilingan 
qarorlar va tavsiyalardan foydalanishda kutilayotgan natijalar quyidagilardan 
iborat:

Anjuman natijalaridan kutilayotgan ilmiy samaradorlik — 
anjuman natijalari AKT taraqqiyoti tobora tezlashib borayotgan 
davrda ta‘lim tizimida o‘quv jarayonlarini tashkil qilishda 
informatika kabi zamonaviy fanlarni o‘qitish yo‘llari va unda 
mavjud muammolar hamda ularning yechimlarini o‘rganish, 
shuningdek, ular haqidagi ilmiy tasavvurlar kengayishi, ilmiy 
jamoatchilikda bu borada shakllangan tushunchalarning aniq-
lashtirilishi, umumlashtirilishi uchun xizmat qilishi mumkin.

Anjuman natijalaridan kutilayotgan ijtimoiy samaradorlik — 
anjuman natijalari ta‘limni tashkil qilish, boshqarishda va o‘quv 
jarayonlarini tashkil qilishda Informatika fani imkoniyatlari 
aniqlashtirilishiga xizmat qilishi mumkin.

Anjuman natijalaridan kutilayotgan iqtisodiy samaradorlik — 
anjuman natijalari ishlab chiqarishda (kadrlarning innovatsion 
faoliyatida)gi munosabatlarining inson omili tufayli vujudga 
kelishi mumkin bo‘lgan sifat va miqdor ko‘rsatkichlari, jumladan, 
AKTdan foydalanish darajasining oshishiga, bunda turli fanlarga 
oid yangi ishlanmalarning yaratilishi va ularning imkoniyatlari 
haqidagi tasavvurlarning kengaytirilishiga xizmat qilishi kutiladi.
Anjumanning ilmiy-texnik dasturlari doirasida bajarilayotgan loyihalar bilan 
bog‘liqligi: «Oliy ta‘lim muassasalarining yagona elektron axborot ta‘lim 
tizimini yaratish va joriy etish» loyihasi, 2015-yil 9-dekabrda o‘tkazilgan 
«Pedagogning shaxsiy va kasbiy axborot maydonini loyihalashda axborot 
kommunikatsiya texnologiyalariga oid kompetentligini rivojlantirish» va 
2016-yil 15-aprelda o‘tkazilgan «Zamonaviy informatikaning dolzarb 

muammolari: O‘tmish tajribasi, istiqbollari» mavzularidagi Vazirlik 


tizimidagi oliy ta‘lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari miqyosida ilmiy-amaliy 
anjuman, 2017-yil 26-dekabrdagi «Elektron ta‘limni tashkil qilish: 
muammolar, yechimlar va istiqbollar» mavzusidagi Vazirlik tizimidagi oliy 
ta‘lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari miqyosida ilmiy-amaliy anjumandagi 
tushgan takliflar va xulosalarning mantiqiy davomi bo‘lib hisoblanadi.

Yüklə 454,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin