Axborot tizimlarini ishlab chiqish va xizmat ko\'rsatish
Axborot tizimini qanday yaratish mumkin, degan savoliga javob beraylik. Bu haqiqatan ham aksariyat zamonaviy korxonalarda, ularning qanday biznes bilan shug'ullanishidan qat'i nazar, hal qilinishi zarur bo'lgan muammodir. «Axborot tizimi» atamasi biznes yuritishni engillashtiruvchi yoki «avtomatlashtiruvchi» dasturiy mahsulotlar sinfiga kiradi. Agar tizim biznesni axborot bilan ta'minlash yo'li bilan qo'llab-quvvatlasa, «axborot» tizimi deb ataladi (har qanday odam ham zarur axborotlarni olib turishga qancha kuch va mablag' sarflanishini yaxshi biladi). Tegishli dastur, agar u bittadan ortiq (ba'zi hollarda ketma-ket, ba'zan esa parallel) funktsiyani bajarsa (ombor xo'jaligini yuritishni qo'llab-quvvatlovchi axborot tizimlari keng tarqalgan misollardan biri hisoblanadi: ular omborga tovarlar kelib tushishi, xaridorga tovarlar berilishini kuzatib turadi, shuningdek omborda har bir mahsulotning zaruriy miqdori mavjudligini nazorat qiladi) «tizim» deb ataladi.