5-ma’ruza. Ma’lumotlar bazasini rеjalashtirish, loyihalash va administratorlash.
Ma’lumotlar bazasini loyihalash. Ma’lumotlar bazasini loyihalash nima uchun kerak, degan tabiiy savol paydo bo’ladi. Masalan, OTM talabalarining dars jadvalini ko’rib chiqaylik. Jadvalda, ehtimol, talabaning identifikatsiya raqami va F.I.SH, guruh kodi, guruh tavsifi, dars vaqti, fan o’qituvchisi F.I.SH, dars vaqti va auditoriya raqami mavjud. Talaba ongida ushbu turli xil ma’lumotlar elementlari bitta birlikni tashkil qiladi. Agar OTM fakulteti o’z talabalarning jadvalini qayd qilishni istasa, tashqi foydalanuvchi jadval ma’lumotlarini saqlash uchun elektron jadval yaratishi mumkin. Agar talaba ish stoli ma’lumotlar bazasi doirasiga kirishga imkon bersa ham, u dars jadvaliga bo’lgan nuqtai nazarini aks ettiruvchi bitta jadvaldan tashkil topgan tuzilmani yaratishi mumkin. Bu turdagi tor doiradagi ma’lumotni ikki o’lchovli jadval tuzilmasiga tarjima qilish ma’lumotlar bazasini loyihalashda sust tanlov hisoblanadi.