Jadvallarni modifikatsiyalash. Ma'lumotlar bazasida mavjud jadvalni o'zgartirish quyidagi sintaksisga ega bo'lgan ALTER TABLE operatori tomonidan amalga oshiriladi:
ALTER TABLE jadval_nomi spec [spec, …]
Bu yerda m_spec turli shakllarga ega. Eng ko'p ishlatiladigan holatlari quyida muhokama qilinadi.
Yangi ustun qo’shish
ADD COLUMN spec
Bu yerda spec - bu CREATE TABLE buyrug'i bilan jadval yaratish uchun foydalaniladigan ustunni qo’shish tavsifi.
Jadval uchun birlamchi kalitni o’chirish
DROP PRIMARY KEY
Jimlik bo’yicha qiymatlarni o’zgartirish yoki o’chirish
ALTER COLUMN jadval_nomi SET jiml. b.
yoki
ALTER COLUMN jadval_nomi DROP DEFAULT
Misol
Aytaylik, tekis mexanik obyektning holatini modellashtirishda biz qo'shimcha issiqlik effektlarini hisobga olishimiz kerak bo'ladi. Buning uchun, xususan, obyekt materialining termofizik parametrlari (issiqlik sig'imi va issiqlik o'tkazuvchanligi) haqida ma'lumot bo'lishi kerak. Qo'shimcha ma'lumotni materiallar jadvaliga kiritish uni ikkita yangi ustun bilan kengaytirishni talab qiladi, buni quyidagi SQL so'zi bilan bajarish mumkin:
Dostları ilə paylaş: |