DELETE operatori. Ma’lumotlarni o’chirish
Jadvaldagi ma'lumotlarni o'chirish DELETE so'zi yordamida amalga oshiriladi. Ushbu operator alohida maydonlardan ma'lumotlarni emas, balki butun yozuvni to'liq olib tashlaydi. DELETE operatorining sintaksisi quyidagicha:
DELETE FROM jadval_nomi [WHERE shart]
O'chirilishi kerak bo'lgan yozuvlar WHERE ixtiyoriy yozuvidan foydalangan holda belgilanadi. Agar DELETE ko'rsatmasida WHERE operatori bo'lmasa, ma'lumotlar butun jadvaldan o'chiriladi. Aytaylik, faqat 325 raqamli kutubxona kartasi bilan o'quvchi yozuvlarini ma'lumotlar bazasidan o'chirib tashlamoqchisiz, bu holda so'rov quyidagicha bo'ladi:
DELETE FROM O’quvchi
WHERE Nomer = 325
Dostları ilə paylaş: |