Normal shakl metodi (NF) - bir munosabat ichida muammoni hal qilish obyektlari to'g'risida ma'lumot to'plashni va keyinchalik bu munosabatlarni normallashtirish tartibiga asoslangan bir necha o'zaro bog'liqliklarga ajratishni o'z ichiga oladi.
Normallashtirish maqsadi – kortejlar (jadval satrlari) ni qo'shish, tahrirlash va yo'q qilish paytida yuzaga keladigan anomaliyalarning sababi bo'lgan ortiqcha ma'lumotlarning ko'payishini bartaraf etish.
Anomaliya - bu ma'lumotlar bazasidagi qarama-qarshilikka olib keladigan yoki ma'lumotlar bazasini qayta ishlashni sezilarli darajada murakkablashtiradigan holat. Sababi - jadvalda ma'lumotlarning haddan tashqari ko'payishi, bu kalit bo'lmagan atributlarga funktsional bog'liqlik mavjudligi bilan izohlanadi.