tanqisligi ortib borishi bilan nafas olish tezligi ham pasaya boradi. Buni urug’larda yaxshi kuzatish mumkin. Yetilmagan urug’larda suv miqdori ko`p nafas olish ham nisbatan kuchliroq bo`ladi. Urug’lar pishib yetilgach suv miqdori ham eng kam 10- 11% bo`ladi. Bunday urug’larda nafas olish ham eng
past darajada bo`lib, ular yaxshi saqlanadi. Ekish oldidan ivitilgan urug’lar suvni 30-35% gacha shimib olgandan so`ng ularning nafas olish tezligi bir necha ming martadan oshib ketadi va u nish jarayoni boshlanadi. Urug’larda kechadigan bu fiziologik jarayonlarni boshqarish yo`li bilan donlarni sifatli saqlash, ulardan yuqori darajada foydalanish mumkin. Urug’lar oshiqcha suvni shimib olganda ham aeratsiya jarayoni buzilib, bijg’ish boshlanishi va urug’lar nobud bo`lishi mumkin. Bunday xollarda urug’ qorayib qoladi va unuvchanlik qobilyatini yo`qotadi. Yorug’lik. Yorug’lik yashil o`simliklarga ta`sir etganda xaroratning ko`tarilishi kuzatiladi va buning natijasida nafas olishi ham tezlashadi. Fotosintezga yorug’likning ta`siri natijasida esa nafas olish jarayoni uchun eng zarur organik modda hosil bo`ladi. Demak yorug’lik yashil o`simliklarning nafas olishiga to`g’ridan - to`g’ri ta`sir etmas, balki boshqa fiziologik jarayonlar orqali ta`sir et adi. Yorug’likning ta`sirini yashil bo`lmagan o`simliklarda o`rganish natijasida uning ma`lum miqdori to`g’ridan - to`g’ri ta`sir etishi ham mumkinligi kuzatilgan. Nafas olish jarayonining faoliyati yorug’lik spektrining ul’trabinafsha (380 nm) va ko`k yashi