2. Behbudiy yuksak shariat maqomlarining egasi. 3. Behbudiy yangi maktablar tashkilotchisi. 4. Behbudiy-dunyo ko`rgan olim. 5. Behbudiy yozgan maktab darsliklari. 6. Behbudiy va teatr. 7. Behbudiy va matbuot. 8. Behbudiy ma`rifatdan siyosatga. Mahmudho`ja Behbudiy Turkiston jadidchilik xarakatining yetakchisidir. Uning hayoti va ijodiy faoliyati haqida XX asrning 20-yillarda mahalliy matbuotda S.Ayniy, Xoji Muin, Laziz Azizzoda kabi zamondoshlari tomonidan qator maqola va xotiralar e`lon qilingan. Keyingi yillarda, xususan, mustaqillikka erishilgandan so`ng jadidlar faoliyatini o`rganishga qiziqish kuchayishi bilan Behbudiy ham qayta kashf etila boshlandi. Tarjimai holini yoritishda Hoji Muinning 1922-23 yillarda o`zi muharrirlik qilgan «Mehnatkashlar tovushi» (1922), «Zarafshon» (1923) gazetalarida chop etgan maqolalari muhim ahamiyatga ega. Xoji Muinning yozishicha, Mahmudxo`ja Behbudiy 1875 yilning 19 yanvarida Samarqand yaqinidagi Baxshitepa qishlog`ida ruhoniy oilasida dunyoga kelgan. Otasi Behbudxo`ja Soliqxo`ja o`g`li turkistonlik, Ahmad Yassaviyning avlodlaridan, ona tomonidan bobosi Niyozxo`ja Urganchlik bo`lib, amir Shoxmurod zamonida (1780-85) Samarqandga kelib qolgan. Imom – xatiblik bilan mashg`ul bo`lgan otasi Behbudxo`ja 1894 yili vafot etadi. Mahmudxo`ja yoshligidan tog`asi, qozi Muhammad Siddiqning tarbiyasida bo`ladi. Arab sarfu nahvini kichik tog`asi Odildan o`rganadi. 18 yoshidan qozixonada mirzalik qila boshlaydi. Darvoqe, Behbudiy Samarqand, Buxoro madrasalarida an`anaviy madrasa ilmlarini puxta egallaganligi 1915 yilda etnograf G.Andreyev savollariga bergan – javob sharhlaridan bilinib turadi. (Turkes. Vedomosti. 1915.17.sen). Ko`p qirrali olim katta diniy va dunyoviy bilimlar sohibi Behbudiy shariatining yuksak maqomlari-qozi, mufti darajasigacha ko`tariladi. 1899-1900 yillari Behbudiy Buxorolik do`sti Xoji Baqo bilan xaj safariga chiqadi. «1318 sanai hijriyada tavofi Baytullog`a Kavkaz yo`li ila Istambul va Misr al-+ohira vositasi-la borib edim. Muddati safarim 8 oydan ziyoda cho`zulib edi»-deb yozadi o`zi. «Oyna» j. 1914 y. 31 sonida. Olimning dunyo kezishi, kuzatishi izsiz ketmaydi. Safar yangi maktab haqidagi qarashlarini mustahkamlaydi. Uning tashabbusi bilan 1903 yilda Samarqand yaqinidagi Halvoyi (S.Siddiqiy), Rajabalik (A.Shakuriy) qishloqlarida yangi maktablar tashkil topadi. Adib ushbu usuli savtiya maktablari uchun darsliklar tuzishga kirishadi. Uning ketma-ket 1904 yili «Risolai asbobi savod», 1905 yili «Risolai jug`rofiyai umroniy», «Risolai jug`rofiyai Rusiy», 1908 yili «Kitobat-ul atfol», «Amaliyoti islom», 1909 yili «Tarixi islom» kabi kitoblari nashr etiladi. Mahmudxo`ja 1903-1904 yillarda Moskva, Peterburgga borib keladi. 1906 yilda +ozon, Ufa, Nijniy Novgorodda bo`ladi. Bular sayohat emas hizmat safari edi. U Nijniy Novgorodda 1906 yilning 23 avgustida Rusiya musulmonlarining turmush madaniyati muammolariga bag`ishlangan qurultoyda turkistonliklar guruhini boshqaradi va katta nutq so`zlaydi.
Ma`rifat uchun birgina maktab kifoya qilmaydi. Zamon va dunyo voqealari bilan tanishib bormoq, millat va Vatanning ahvolidan, kundalik hayotidan ogoh bo`lmoq kerak edi. Binobarin, millat uchun shunday oyna kerak ediki, unda u o`zining qabohatini ham, malohatini ham ko`ra olsin. Mana shu ehtiyoj va zarurat Behbudiyni teatr va matbuot sari boshladi. «Padarkush» shu tariqa maydonga keldi. Biroq uning dunyo qo`rishi oson kechmadi. Bunga sabab: birinchidan, chor hukumati mustamlaka Turkistonining ma`rifat yo`liga kirib, o`z huquqini tanishidan manfaatdor emas edi; 1916 yildagi Turkiston general gubernatori N.R.Kuropatkinning o`z kundaligida yozgan «Biz tubjoy xalqni taraqqiyotdan, maktabdan, rus hayotidan 50 yil ortda tutdik»- degan so`zlarini eslash kifoya. Ikkinchidan turg`unlik va tutqunlik tufayli avj olgan jaholat, mutaassiblik «Kimiki sahnada ko`rsang oni jasorati bu», deb yozgan edi shoir Tavallo. 1911 yilda yozilgan «Padarkush» dramasi 1913 yildagina bosilib chiqdi. Kitob jildidagi «Borodino jangi va Rusiyaning fransuzlar bosqinidan xalos bo`lishining yubiley sanasiga bag`ishlanadi»-degan yozuv va uning Tiflis senzurasining ruhsati bilan chop etilishi, ish oson ko`chmaganidan dalolat. «Padarkush»-o`zbek dramachiligining birinchi namunasidir. Mutaxassislar uni ham janr, ham mazmuniga ko`ra yangi o`zbek adabiyotini boshlab berganbir asar sifatida baholaganlar. Muallif «Milliy fojea» deb atagan, 3 parda 4 manzarali bu drama hajman juda ixcham, mazmunan nihoyatda sodda va jo`n. U jaholat va nodonlik, o`qimagan bolaning buzuq yo`lga kirib, o`z otasini o`ldirgani haqida hikoya qiladi.
1913 yildan Behbudiy matbuot ishlari bilan shug`ullanadi. Apreldan «Samarqand» gazetasini chiqaradi. Gazeta turkiy va forsiy tillarda, haftada ikki marta, dastlab ikki, so`ng to`rt sahifada chop etilgan. 45 ta sonidan keyin moddiy tanglik tufayli chiqishi to`xtagan. O`sha yilning 20 avgustidan u «Oyna» jurnalini chiqara boshlagan. Bu bezakli haftalik jurnal asosan o`zbek tilida bo`lib, unda ixcham forsiy she`rlar, maqolalar, ruscha e`lonlar ham berib turilgan. Bu haqda Ziyo Said «Boshda haftada bir marta va ikkinchi yildan e`tiboran 15 kunda bir qatla chiqib, yigirma oy chamasi davom qildi... Kavkaz, Tatariston, Eron, Afg`oniston, Xindiston va Turkiyagacha tarqalar edi... Jadidlarning sevikli jurnali edi»-deb yozgan.
Behbudiy shu yillari nashr ishlari bilan ham qizqin shug`ullanadi. «Nashriyoti Behbudiya» nomi bilan o`z xususiy nashriyotini ochdi. Fitratning «Bayonoti sayohi xindi» asarini 1913 yila ruschaga tarjima qildirib, nashr etdi. Turkiston xaritasini tuzib bosmadan chiqardi. Kutubxonachilikni boshladi. O`sha davr vaqtli matbuotida «Behbudiya kutubxonasi» haqidagi xabarlar tez-tez bosiladi.
Behbudiy o`z davrining zabardast siyosatchisi ham bo`lgan. U o`z davrining idora usullari haqida fikr yuritar ekan. «Millat ozod bo`lib, o`zining mustaqil davlatini o`rnatmaguncha, ijtimoiy adolatni tiklab bo`lmaydi», - bu Behbudiy keltirgan birinchi siyosiy xulosa edi. +o`qon muxtoriyatini qonga belaganliklaridan qattiq g`azablangan. Behbudiy Toshkentga borib Sovet Turkistoni rahbariyati bilan olib borilgan muzokaralari besamar bo`ladi. Orzulari puchga chiqqan Behbudiyni 1919 yilning 25 martida Shaxrisabzda qo`lga olinib, sirli holda +arshi shahrida qatl qilinadi. Uning qatli haqidagi ma`lumot bir yildan keyin e`lon qilinadi. 1920 yilning aprelida butun Turkiston motam tutadi. O`nlab marsiyalar yoziladi. Fitratning bir she`ri «Behbudiyning sag`anasini izladim» deb ataladi.
Qarshi shahri 1926-37 yillarda 11 yil Behbudiy nomi bilan yuritildi. Adib nomining abadiylashtirilishi shunchaki bir niqob edi. U 1926 yildayoq Behbudiy mansub bo`lgan jadidchilikni aksilinqilobiy, aksilsho`raviy xarakat sifatida qoralash kompaniyasi boshlab yuborilgan edi.