Bolalarning predmetlar shakli va geometrik shakllarni idrok qilishning o‘ziga xos xususiyatlari
Reja:
1.Bolalarni geometrik shakllar bilan tanishtirish. 2.Kichik guruhda bolalarni geometrik shakllar bilan tanishtirish. 3.O‘rta guruhda bolalarni geometrik shakllar bilan tanishtirish. 4.Katta guruhda bolalarni geometrik shakllar bilan tanishtirish. 5.Tayyorlov guruhda bolalarni geometrik shakllar bilan tanishtirish.
Bolalarni geometrik shakllar bilan tanishtirish
М аtematika mashg‘ulotlarida bolalar eng sodda geometrik shakllar bilan, ularning ba’zi xossalari bilan tanishadilar, buyumlarni geometrik etalonlar bilan taqqoslash asosida ularning (buyumlarning) shaklini tahlil qilish va baholashni o‘rganadilar.
Bolalarda asta-sekin shakl haqidagi umumiy tasavvur shakllanadi, bunday tasavvur maktabda geometriya, chizmachilik kabi fanlarni o‘zlashtirish uchun asos bo‘ladi. “Bolajon” tayanch dasturida geometrik shakllar bilan tanishtirishga qo‘yilgan vazifalar mazmuni bilan tanishtirish.
Geometrik shakl. Doirani taniy olish va nomini aytishni o‘rgatish. Uni sezish, harakat va ko‘rish yo‘llari bilan tekshirish usullarini o‘rgatish.
Kvadrat bilan tanishtirish. Doira, kvadratni farqlash va aytishni sezish, harakat va ko‘rish usullari orqali o‘rgatish. Bolalarga shar va kub haqida tushuncha berish.
Turli topshiriqlar yordamida shar va kub haqidagi bilimlarni mustahkamlash.
Uchburchakni taniy olish va nomini aytishni o‘rgatish. Uni sezish, harakat va ko‘rish yo‘llari bilan tekshirish usullarini o‘rgatish.
O‘rta guruh Geometrik shakllar. Doira, kvadrat, uchburchak shakllarini bir-biridan farqlashni mustahkamlash.
To‘g‘ri to‘rtburchak shakli bilan tanishtirish, to‘g‘ri to‘rtburchak-kvadratni farqlash va aytishni, ularni sezish - harakat va ko‘rish usullari orqali o‘rganish.
Oval shakli bilan tanishtirish, doira, ovalni farqlash va aytishni, ularni sezish - harakat va ko‘rish usullari orqali o‘rgatish.
Kub, shar, silindr kabi shakllarning nomini aytish va bir-biridan farqlashni o‘rganish.
Shakllar har xil o‘lchamda bo‘lishi mumkinligi haqida tasavvur hosil qilish (katta doira - kichik doira, katta kvadrat – kichik kvadrat).
Tayoqchalardan to‘g‘ri to‘rtburchak, kvadrat, uchburchak yasashga, bu shakllardan foydalanib turli narsalar yasashni o‘rgatish.