Mavzu:Bozor xo’jaligi tizimida mehnat bozori.
Reja:
1.Bozor tushunchasi, uning funktsiya (vazifa)lari va turlari tasnifi.
2.Mehnat bozori tushunchasi, uning shakllanishi va mehnat bozorini tartibga solish.
Tayanch iboarali:bozor; iste’mol tovarlari va xizmatlar bozori; ishlab chiqarish vositalari bozori moliya bozori; valyuta bozori; mehnat bozori; intellektual tovarlar bozori; shou-biznes bozor; mahalliy bozor; regional bozor; jahon bozori; tartibsiz (stixiyali) bozor; tartibli bozor; boshqariladigan bozor; erkin bozor; monopollashgan bozor; monopol raqobatli bozor; sof monopoliya bozori; ochiq bozor; yopiq (ichki) bozor; ishchi kuchiga bo’lgan talab va taklifning oshishi yoki kamayishi;
Bozor tushunchasi, uning funktsiya (vazifa)lari va turlari tasnifi.
Bozor sotuvchilar bilan xaridorlarning oldi-sotdi qilish orqali yuz beradigan o’zaro manfaatli va hamkorlik aloqalaridir. Umuman olganda, bozor besh funktsiya (vazifa)ni bajaradi: 1.Ishlab chiqarish bilan iste’molni bog’lash funktsiyasi. Iqtisodiy faoliyat ishlab chiqarishdan boshlanib, iste’mol bilan tugallanadi. Masalan, vertolyot zavodi uchish apparatini chiqaradi, ammo o’z ishchilari uchun oziq-ovqat, kiyim-kechak, turar-joy yaratmaydi, stanoklar, vertolyot uchun metall plasmassa, bo’yoq elektr qismlarini ham tayyorlamaydi. Zavod vertolyotini bozordr sotib, pulni ishchilarga maosh qilib beradi, ular iste’mol bozoridan tirikchilik tovarlarini sotib oladilar. Zavod ishlab chiqarish uchun zarur narsalarni ham sotib oladi. Demak, bozor orqali har xil iste’mol qondiriladi. 2.Qiymatni tovar shaklidan pul shakliga aylantirish funktsiyasi. Tovarni ishlab chiqarish uchun mehnat sarflanadi, ishlab chiqarish uchun mehnat sarflanadi, shu mehnat qiyomatni shakllantiradi. Qiymat ish kuchi va moddiy resurslar sarfidan iborat. Tovar bozorga chiqishiga qadar mehnat moddiy shaklda (masalan, ovqat, kiyim, stanok, yoqilg’i va hokazo) bo’ladi, bozorda sotilgan, undagi mehnat ma’lum miqdordagi pulga aylanadi, ya’ni tovar o’zining pul ekvivalentini topadi (ekvivalent-miqdoriy tenglik) va qiymat pul shakliga kiradi. 3.Ishlab chiqarishni yangilashga shart-sharoit hozirlash funktsiyasi. Korxonalar bozordan o’zlariga kerakli resurslar topadilar, stanoklar, xom ashe, yoqilg’i, har xil materiallar xarid etadilar. Ular mehnat (ish kuchi) bozoridan ishchilarni yollab ishlatadilar, bozordan kerakli axborot va har xil ishlab chiqarish uchun zarur xizmatlarni ham topadilar. Bu resurslarning iste’moli esa ishlab chiqarishning yangidan boshlanishini bildiradi. 4.Iqtisodiyotni tartiblash funktsiyasi. Bu vazifani bozor imexanizmi bajaradi. «Nimani qancha ishlab chiqarish kerak?» degan savolga bozor javob beradi. Tovarlarni bozorda chaqqon o’tishi yoki kasodligi, tovarning qimmatlashuvi yoki arzonlashuvi, ularning qanchalik kerakli yoki zarur emasligini ko’rsatadi. Bozor barometr singari iqtisodiyotdagi «ob-havodan» darak beradi. Tovar o’tmasa, demak, u kerak emas, uni ishlab chiqarish to’xtatiladi. Tovarchaqqon sotilsa va yaxshi foyda olinsa, uni ishlab chiqarish o’sadi. Tovar mo’ljallangan narxdan arzonroq narxda, lekin yaxshi sotilsa, bu tovarga ketgan sarf-harajatlarni kamaytirish zarurligini anglatadi. Bozor mexanizmi bamisoli qo’l singari iqtisodiyotni u yoki bu tomonga burib turadi. 5.Mamlakatlar, xalqlar o’rtasida iqtisodiy hamkorlik o’rnatish funktsiyasi. Bu vazifani davlatlararo yoki jahon bozori bajaradi. Bozor iqtisodiy hamkorlikning kengayib borishini talab qiladi.
Bozor o’ziga xos strukturaga ega bo’lgan murakkab tizimdir. Shunga ko’ra, u xilma-xil turlarga bo’linadi.
Ayirboshlash o’byektining moddiy shakl jihatidan bozorning quyidagi turlari mavjud: 1.Iste’mol tovarlari va xizmatlar bozori (bu bozor aholi iste’moli uchun zarur bo’lgan tovar va xizmatlarni ayirboshlash uchun xizmat qiladi. Unga davlat, kooperativ, tijorat savdosi, dehqon bozori, chayqov bozori kabilar kiradi. Iste’mol bozori o’zining holatiga qarab itkki xil bo’ladi: a) «to’yingan bozor» ya’ni tovarlar talabiga yetarli bo’lgan bozor; b) «taqchil yoki och bozor», ya’ni tovarlar surunkali yetishmay qolib, talabga javob bera olmaydigan bozor). 2.Ishlab chiqarish vositalari bozori (mehnat qurollari, hamda, xom-ashyo, yoqilg’i va metallarning oldi-sotdi bozoridir). 3.Moliya bozori (bu jamiyatdagi moliya xizmatlari bozoridir. Moliya bozori tarkibiga quyidagilar kiradi:-pul bozori;-qimmatli qog’ozlar bozori;-valyuta bozori; -investitsiya bozori;-ssuda kapitali bozori;-sug’urta bozori. Moliya bozorida ikki guruhdan iborat sub’yektlar pul bilan munosabat qiladilar.
Birinchisi-pul egalari yoki uni saqlab turuvchilar.Bunga aholi, firma, kompaniya va davlat muassasalari kiradi. Ikkinchisi-pulga muhtoj bo’lgan sub’yektlardir. Qimmatli qog’ozlar bozori-u daromad keltiruvchi qimmatli qog’ozlar: aktsiya, obligatsiya, veksel, chek, depozit, sertifikatlarning oldi-sotdi qilinishidir. Bu bozor fond birjasi, deb yuritilib, u yerda yirik korporatsiyalarning markaziy va mahalliy davlat mahkamalarining qimmatli qog’ozlari sotildai va sotib olinadi). 4.Valyuta bozori (bu yerda turli mamlakatlar valyuta oldi-sotdi qilinadi. Valyutani oldi-sotdi qilish operatsiyalari bilan O’zbekistonda respublika Markaziy banki, respublika tashqi iqtisodiy Milliy banki va ish faoliyat uchun ruxsat berilgan banklar shug’ullanadi. Valyuta bozorida muomalalar naqd yetkazib berish (spot) bilan yoki valyutani kelishilgan vaqtdagi kurs bo’yicha ma’lum muddatda (1-3 oy va undan keyin) yetkazib berish (forvard) shaklida amalga oshiriladi. Valyuta muomalalari, asosan, AQSH dollarida olib boriladi). 5.Mehnat bozori (bu ish kuchini oldi-sotdi) 5.Mehnat bozoro (bu ishchi kuchini oldi-sotdi qilish munosabatini bildiradi. Bu yerda tovar bozoridan farqi o’laroq, insonning o’zi emas, balki uning mehnat qilish qobiliyati oldi-sotdi shartnomasini tuzish asosida, malum muddatga sotiladi).6. Intellektual tovarlar bozori (bu bozorning maxsuz turi bo’lib, aqLiy mehnat mahsuli bo’lmish tovarlar va xizmatlarning ayir-boshlanishini bildiradi. Bu bozorda sotuvchilar va xaridorlar maxsuz tovar hisoblangan ilmiy g’oyalar, texnikaviy yangiliklar,sanat va adabiyot asarlari, xilma-xil axbarotlar oldi-sotdi yuzasidan o’zaro munosabatda bo’ladilar. Intellektual bozor turli ko’rinishlarda bo’lishi mumkin. Jumladan:-ilmiy texnik ishlanmalar bozori;-tasviriy sanat bozori;-musiqa bozori;-antikvar buyumlar bozori;-kino bozori;-axbarot bozori va hokazo).7.Shou-biznes(madaniy) bozor (bu bozor yordamida har xil pullik tomoshalar ko’rsatish yo’li bilan baromad topiladi. Shou-biznes bozori bilan maxsuz firmalar, madaniy-musiqiy uyushmalar yoki ayrim biznesmenlar shug’ullanadi. Shou-biznesdan tushadigan daromad aholidan olinadigan tomosha haqi, firmalardan tushadigan reklama puli, tomoshabinlarga savdo-maishiy xizmat ko’rsatish haqi va boshqalardan shakllanadi).
Ayirboshlash miqiyosi jihatidan bozor quyidagi turlarga bo’linadi:1.Mahalliy bozor (bu muayyan mamlakatning davlat chegaralari doirasi bilan cheklangan shahar, tuman, viloyat hududlaridagi bozorlar hisoblanib, ulardagi tovarlar ko’lami va xilma-xilligi, eng avvalo, mahalliy qishloq xo’jaligi va sanoatning rivoji, hamda yo’nalishi Bilan belgilanadi. SHuning uchun bu bozrolardagi tovarlar asosan, oziq-ovqat, keng istemol, sanoat mollari, xo’jalik va uy-joy, qurilish buyumlaridan iborat bo’ladi). 2.Regional bozor (regional bozor deganda bir mamlakat doirasidagi regional o’rtasida yoki bir necha chegaradosh davlatlar o’rtasida tashkil etilgan bozor tushuniladi. Bu bozorning mahalliy bozorga nisbatan imkoniyatlari ko’p bo’lib, mol turlari ancha keng va mehnat taqsimoti chuqurligi sababli tovar almashinish ko’lami ham kengdir, chunki bu yerda bir necha regionlar qatnashadi). 3.Jahon bozori (bu bozor regional bozordan farq qilgan holda, ishlab chiqarishning mamalkatlararo ixtisoslashuviga va uning shunga ko’ra bir-biriga tovar yetkazib berish zarurligiga asoslanadi. Bu bozorda turli mamlakatlar ishlab chiqaradigan tovarlarning hammasi emas, balki mamlakatlararo ayirboshlashi zarur bo’lgan turlarigina sotiladi. Binobarin, jahon bozorining tovar assortimenti cheklangan bo’ladi. Ular, asosan, asbob-uskuna, neft, ko’mir, metall, paxta, don,choy, kofe, jun, yog’och kabi tovarlar kiradi. Regional va mahalliy bozorlardagi ko’pgina tovarlar jahon bozorida bo’lmaydi).
Amal qilish xususiyatiga qarab bozor uch xil bo’ladi: 1.Tartibsiz (stixiyali) bozor (unda bozor aloqalari stixiyali tarzda o’rnatiladi. Bozor narxining qanday bo’lishini hech kim kuzata olmaydi, stixiyali kuchlar bamisoli tabiat kuchlari kabi obektiv ravishda sotuvchilar va xaridorlar ustidan hukmronlik qiladi. Tartibsiz bozorda o’rnatilgan qoidalar amal qilmaydi. Hozirgi dehqon bozori, mol bozori va chayqov bozori tartibsiz bozora misol bo’la oladi). 2.Tartibli bozor (bu shunday bozorki, unga xos bo’lgan qonunlarga ko’r-ko’rona amal qilinavermaydi. Bozor va uning segmentlari (kichik qismlari) oldindan tahlil etilib o’rganiladi, ishlab chiqarish marketing xizmati orqali bozor bilan uzviy bog’lanadi. Rivojlangan bozor iqtisodiyotiga xos bo’lgan bunday bozor hozirgi rivojlangan mamlakatlarda mavjuddir). 3.Boshqariladigan bozor (unda iqtisodiy munosabatlar davlat idoralari beradigan buyruqlar va ko’rsatmalar asosida hal qilinadi. Nimani, qancha, qay tariqa ishlab chiqarishni kimga va qanday narxlarda sotishni davlat organlari o’zlari tuzgan rejaga tayanib belgilaydilar).
Iqtisodiy aloqalarga kirishish darajasiga ko’ra, bozor quyidagi turlargi bo’linadi: 1.Erkin bozor (bu Raqobatli bozor bo’lib, unda sotuvchilar va xaridorlardan hech biri bozorda hukmron mavqyega ega bo’lmaydi, aksincha, ular doimo raqobatda bo’lishadi. Raqobat sotuvchilar va xaridorlar o’rtasida, shuningdek, ularning o’zaro ichida ham bo’ladi. Rivojlangan davlatlarda qishloq xo’jaligi va kichik biznis korxonalari mahsulotlarining bozori erkin Raqobatli bozorlarga kiradi). 2.Monopollashgan bozor (bu ozchilik sotuvchilar va xaridorlarga hukmron bo’lgan, Raqobat cheklangan yoki raqobat,umuman yo’q bozordir). 3.Monopal Raqobatli bozor (bu bozorda nisbatan ko’p bo’lmagan firmalar ishtmrok etadi, lekin ularning bozordagi hisasi kata bo’lmaaydi. Bu bozorda firmalar har xil, lekin bir-birining o’rnini bosa oladigan tovarlar, masalan, kurtka, plashch, palto bilan ishtirok etadilar. Ulardan har biri boshqasi bilan raqobatlashadi, ammo raqobat ishtirokchilri son jihatdan cheklangan bo’ladi). 4.Oligopolistik bozor (bu bozorda sanoqli firmalar va kompaniyalar hukmron bo’lsa-da, ular ham o’zaro raqobatlashadilar. Bu bozorda bir xil yoki farqlanuvchi tovarlar chiqariladi. Raqobat, ko’p hollarda, ishlab chiqaruvchilar bilan xaridorlar o’rtvsida yuz beradi. Oligopolistik bozorga misol qilib, YAponiya avtomobil bozorini ko’rsatish mumkin: bu bozorda tovarlarning hammasi «Toyiita» «xonda» «Nissan» firmalarinikidir). 5.Sof monopoliya bozori (bu bozorda sotuvchi sifatida bita firma tanho hukmron bo’ladi. Butun bir tarmoq shu firmadan iborat bo’lib, undan boshqa tovar beruvchi bo’lmaydi uning tovari o’rnini bosadigan boshqa tovar ham topilmaydi, Raqobat ham bo’lmaydi. AQSHdagi kompyuter bozorini shunday bozorga misol qilib ko’rsatish mumkin. Bu yerdagi tovarlarning 80-85 foizini tanho YAVM korporatsiyasi yetkazib beradi).
Tovarlarning chetdan kelishiga qarab bozorquyidagi turlarga bo’linadi: 1.Ochiq bozor (bu tovarlarning boshqa joydan erkin keltirilib va chegaralanmagan holda oldi-sotdi qilinishidir. Ochiq bozor boj to’lovi bilan himoya qilinmaydi, bu yerga tovarlar cheklanmagan holda keltiriladi. Jahon bozori o’z tabiati bilan ochiq bozor hisoblanadi, unda hamma mamlmkatlar bemalol qatnasha oladi). 2.Yopiq (ichki) bozor (undagi tovarlar hajmi va turlari, avvalo, mahalliy ishlab chiqarish tarmoqlarining rivojlanish darajasiga bog’liq bo’ladi, shuning uchun bu bozordagi mollar,asosan, oziq-ovqat, sanoat mollari, xo’jalik va uy-joy qurilishi buyumlaridan iborat bo’ladi).
Mehnat bozori tushunchasi, uning shakllanishi va mehnat bozorini tartibga solish.
Hozirgi vaqtda o’tish davri iqtisodiyotining oldiga turgan dolzarb muammolardan biri mehnat bozorini shakllantirish va samarali rivojlantirishdir. Tadqiqotchi V.A.Pavlenkov takidlaydiki, bozor iqtisodiyotida mehnat bozori yollanib ishlashga qodir kishilarning barchasini: ham yollanma mehnat bilan band bo’lganlar, ham band bo’lmaganlarni qamrab oladi. A.A.Nikiforova esa boshqa umumiy ta’rifni taklif etadi: «Mehnat bozori rivojlanishining darajasi va bozorda ishtirok etuvchi kuchlar: tadbirkorlar, mehnatkashlar va davlat o’rtasida ma’lum davrda erishilgan manfaatlar balansini aks ettiruvchi ijtimoiy munosabatlar tizimi sifatida vujudga kelgan». Ba’zi bir tadqiqotchilar mehnat bozorini ish haqi va daromadlarning erkin harakati orqali mehnatga talabni va ishchi kuchi taklifini o’zini-o’zi tartibga soluvchi mexanizm sifatida talqin qiladilar. Boshqa tadqiqotchilarning fikricha, mehnat bozori ish beruvchilar va yollanib ishlashni xohlovchilarni bevosita kelishuvi orqali talab va taklifni qanoatlantirish uchun sharoitlar yaratadi va ishchi kuchini xarid qilish-sotish jarayonlarini bevosita tartibga solmaydi.
I.S.Maslovaning ta’rifi bo’yicha «mehnat bozori-bu o’suvchi tizim, unda mulkchilik sub’yektlari ishchi joylari va ishchi kuchi takliflari, xodimga va «yollanma ishga talab hajmi, tarkibi va nisbatini shakllantirib, ishlab chiqarish omillari (mehnat vositalari va ishchi kuchi)ga o’zaro ta’sir etadi.» Mehnat bozori mavjud, ammo «kesik, shakli o’zgartirilgan ko’rinishda, buning ustiga har narsani o’z ichiga oladigan xarakterga ega bo’lmay, balki mehnat munosabatlarining, faqat bir qismini qamrab oladi». Bizning fikrimizcha, mehnat bozori-bu ishchi kuchining «mehnatga bo’lgan qobiliyatini» sotish-sotib olish tizimidir. Mehnat bozori tarkibiy qismining asosiy elementlariga quyidagilar kiradi: -ishchi kuchiga talab va uning taklifi; -qiymati; -bahosi;-yollashdagi raqobat.
Mehnat bozori faoliyat ko’rsatishining quyidagi asosiy tamoyillarini to’liq amalga tatbiq etgan holda, mazkur bozorning shakllanishiga samarali ta’sir ko’rsatadi: 1.Ishchi kuchining erkin taklifi. Bu mehnatga layoqatli aholining ish bilan band bo’lish va bo’lmaslikni ixtiyoriy tanlashini, mehnat qonunlari tomonidan taqiqlanmaydigan va har bir xodimning shaxsiy va jamoa manfaatlarini hisobga oluvchi kasb va faoliyatturini erkin tanlash uchun sharoitlar mavjudligini anglatadi; 2.Ish beruvchilarning ishchi kuchiga mustaqil talabi. Bozor iqtisodiyoti xodimlarni barcha ish beruvchilar tomonidan O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va Mehnat Kodeksi amal qilgan holda, ishga er-erkin yollashlari va ishdan bo’shatishlari, hamda, bandlik, mehnat sharoitlari va unga haq to’lashni kafolatlash bilan fuqarolarning manfaatlarini himoya qilishlari uchun imkoniyatlar yaratadi; 3.Yollanma xodimlarni ish beruvchilardan huquqiy va ijtimoiy himoya qilinganligi; 4.Ish haqi va boshqa qonuniy daromadlar chegarasini O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilangan «kun kechirish uchun zarur miqdordan kam bo’lmaslik»ka rioya qilgan holda erkin belgilash.
O’zbekiston sharoitida mehnat bozorining samarali shakllanishiga to’siq bo’ladigan bir qator quyidagi cheklovlar ham mavjud:-mehnatni qo’llashning noqishloq xo’jaligi mintaqalarini yaxshi rivojlanmaganligi; -mehnat haqining past darajasi;-iste’mol tovarlarining qimmatlashuvi;-yollanma ish kuchining malakasi va safarbarligining pastligi;-ish beruvchilarning yetarli tajribaga ega emasligi va hokazo.
Mehnat bozorida yuzaga keladigan ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar tizimida aholining ish bilan bandligi va mehnat sharoitlarini belgilash, u yoki bu muammolarni hal qilish, ijtimoiy-mehnat mojarolarini bartaraf etish bo’yicha ish beruvchilar bilan yollanma xodimlar o’rtasidagi munosabatlar markaziy o’rin egallaydi. Mehnat bozorida mazkur munosabatlar jamoaviy, shaxsiy va hududiy usullar asosida tartibga solinadi. Ta’kidlash joizki, mehnat resurslari ortiqcha hududlarda (masalan, Andijon, Farg’ona, Namangan, Toshkent, Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo, Buxoro va Xorazm viloyatlar) mehnat bozorini tartibga solishning ancha samarali usullari deb, ishchi kuchiga bo’lgan talabning oshishi (ishchi kuchiga bo’lgan talabni oshirishni rag’batlantirish usullarini tadqiq etish-mehnat resurslarining oqilona bandligini ta’minlashga, hamda mazkur hududlar uchun samarali tarmoqlarni rivojlantirishga qaratilgan) va uning taklifi kamayishi (respublikamizda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» asosida umumta’lim dasturlarini kengaytirish, va o’qish muddatini uzaytirish bilan kasbiy tayyorgarlikni yaxshilash, o’quv yurtlarida kunduzgi ta’lim olinadigan o’quv o’rinlarini ko’paytirish va kechki, hamda sirtqi o’quvdagi talaba o’rinlarini qisqartirish, ishlab chiqarishdan ajralgan holda, o’qiyotganlarga stipendiyani oshirish ayollarga bola parvarishi uchun to’lanadigan nafaqalar va ta’til muddatini ko’paytirish, mehnat stajini hisoblashda ularga imtiyozlar berish, pensioner nogironlar, hamda ularni parvarishlaydigan shaxslarning pensiyalarini oshirish-mehnat bozorida ishchi kuchlarining oqib kelishini kamaytirish chora-tadbirlari hisoblanadi)ni hisoblash zarur.
Mehnat resurslari yetishmaydigan mintalarda (masalan, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari va Qoraqalpog’iston Respublikasi) ishchi kuchlariga talabni kamaytirish (hududiy hokimiyatlarning u yoki bu mintaqalarida va tarmoqlarida ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirish va yangi ish joylarini vujudga keltirishni sekinlashtirishga oid quyidagi chora-tadbirlar: ortiqcha ishchi kuchlaridan foydalanganlik uchun qo’shimcha soliqlarni belgilash; qat’iy kredit siyosatini o’tkazish; korxonaga xodimni ishga olganligi uchun bir martalik tulovni joriy etish; ortiqcha ishchi va xizmatchilarni qisqartirishni rag’batlantirish va hokazolar kiradi. Bundan tashqari, ishchi kuchlariga talabni kamaytirishda mehnat unumdorligini oshirish va tejamkorlikka erishish muhim ahamiyatga egadir), hamda ular taklifini ko’paytirish (hozirgi shart-sharoitlarda mehnat byurosiga ishchi kuchlari taklifini mutloq ko’paytirish mumkin emas) mehnat bozorini tartibga solishning maqsadga muvofiq usullaridir.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatlari:
1.Abdullaev Yo. «Bozor iqtisodiyoti asoslari». Toshkent: «Mehnat»-1997 yil, 12-36 betlar.
2.Abdurahmonov Q.H., Bozorov N., Volgin N va boshqalar. «Mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi». Toshkent: «O’qtuvchi»-2001 yil, 94-110 betlar.
3.Abdurahmonov. Q., Holmo’minov Sh.R. «Mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi» Toshkent-2004 yil, 53-66 betlar.
4.Usmonov S.N., Dodoboev YU.T. «Bozor iqtisodiyoti asoslari» . Toshkent: «Fan»-1999 yil, 127-131 betlar.
5.Chjen V.A. «Zakonadatelnie osnovi rinka». Toshkent: «Sharq», 402-413 betlar.
6.O’lmasov A. «Iqtisodiyot asoslari». Toshkent: «Mehnat-1997 yil, 39-44 va 111-112 betlar.
Dostları ilə paylaş: |