Режа: Bronzalar gruppasi



Yüklə 17,54 Kb.
tarix12.05.2022
ölçüsü17,54 Kb.
#57652
17.Бронза ва унинг қотишмалари


17. Мавзу Бронза ва котишмалари

Режа:

  1. Bronzalar gruppasi


Bronzalar gruppasi. Texnikaning turli sohalarida misning deyarli hamma metallar bilan (rux va nikeldan tashqari) qotishmalari keng ishlatiladi va bular bronzalar deb ataladi. Hosil kilingan bunday bronzalar juda yaxshi quymakorlik va antifriksion xususiyatlarga ega bo‘lib, korroziyaga chidamlidir. Bronzalardan tayyorlanadigan asosiy buyumlar (detallar) quyma, bosim bilan ishlash va kesish orqali hosil qilinadi. Bronzalar tarkibidagi komponentlariga ko‘ra qalayli, qo‘rg‘oshinli va boshqalarga bo‘linadi.

Bronza Br xarflari bilan markalanadi. Br ning o‘ng tomonida esa bronzaga kiruvchi elementlar yoziladi va shu tegishli elementlarning % hisobidagi o‘rtacha miqdorini ko‘rsatuvchi raqamlar bilan markalanadi. Masalan, BrONS 11-4-3 marka bronzaning tarkibida o‘rta hisobda 11% kalay, 4% nikel, 3% qo‘rg‘oshin va qolgani misdan (mis miqdorini % hisobida ifodalaydigan raqamlar bronza markasiga yozilmaydi) iborat ekanligini bildiradi.

Qalayli bronzaning tarkibiga kiruvchi elementlardan qalay misga nisbatan qimmat va kamyob bo‘lganligi uchun bunday bronzalarning tarkibi o‘zgartirilib, boshqa markadagi bronzalar ishlab chiqarilmokda. Bunday bronzalarga alyuminiyli bronza BrA5 va juda murakkab alyuminiy temir-marganetsli bronza BrLJMs 10—3—1,5 va boshqalar kiradi.

Qalayli bronzalar (faqat mis bilan qalaydan iborat) insoniyatga juda qadimdan ma’lum. Lekin bunday bronzalarning tarkibida qalay miqdorining oshib borishi maqsadga muvofiq emas, chunki bronzalarning plastikligi va yopishqoqligi pasayib, mo‘rtligi oshib boradi. Shu boisdan tarkibida 14% dan ko‘p qalay miqdori bo‘lgan bronzalar deyarli ishlatilmaydi.

Shuning uchun quymali bronzalar tarkibidagi qalay miqdoriga qarab bir fazali (a) va ikki fazali (b) bo‘lishi mumkin.

Qalayli bronzalarnnng xususiyatlarini oshirish maqsadida ularga legirlovchi elementlar qo‘shiladi. Masalan: bronzalarning mexanik xususiyatlarini oshrish uchun legirlovchi elementlar Ni, Zn, P, texnologik xususiyatlarini oshirish uchun Pb, Zn, Ni antifraksion xususiyatlarini oshirish uchun) Rb, R va korroziyaga chidamliligi oshnrish uchun Ni elementlari qo‘shiladi.

Turli buyumlar hosil qilish usuli bo‘yicha bronzalar deformatsiyalanuvchi (bir fazali) va quymali (ikki fazali) larga bo‘linadi. Deformatsiyalanuvchi bronzalardan turli prujina va prujinalanuvchi materiallar, quymali bronzalardan maxsus vazifalarni bajarishga mo‘ljallangan sirpanuvchi podshipniklar (katta tezlik va bosim ostida ishlaydigan), turli armaturalar, yuqori issiqbardosh va elektr o‘tkazuvchan hamda korroziyabardosh detallar, naqshli va badiiy quymalar olish uchun foydalaniladi.

Keyingi vaqtlarda qalay kamchil bo‘lganligi uchun bronzaning boshqa maxsus navlari ishlab chiqilmoqdaki, ular o‘zlarining turli xususiyatlariga ko‘ra qalayli bronzaga nisbatan yuqori sifatli hisoblanadi va texnikaning turli sohalarida juda keng ishlatilmoqda.

Alyuminiyli bronza (tarkibida 5 - 11% A1) yuqori antikorrozion va mexanik xossalarga egadir, lekin quymakorlik xossasi bo‘yicha qalayli bronzadan ustunlik qilolmaydi. Bunday bronzadan asosan turli tishli g‘ildiraklar, turbina detallari, vtulkalar, klapan sedlolari va xokazolar ishlab chiqariladi.

Kremniyli bronza (1 - 4% Si) — legirlangan nikel, marganets va rux o‘zlarining mexanik xossalari bo‘yicha po‘latga yaqinlashadi va qimmatbaho qalayli va berilliyli bronzalarni almashtirish uchun ishlatiladi. Bunday bronza turlaridan ishqalanuvchi sharoitda 250°C gacha haroratda ishlaydigan detallar ishlab chiqarish uchun foydalaniladi.

Qo‘rgoshinli bronza (25 - 30% Pb) ham antifriksion xususiyatga ega bo‘lib, yaxshi kesib ishlanadi, urilish yuklanishini yaxshi qabul qiladi va toliqish mustaxkamligi katta. Bunday bronza turlaridan yuklanish ko‘p tushadigan, yuqori tezlik sharoitida ishlatiladigan aviatsiya dvigatelining podshippiklari, dizellarning turbinalari va boshqa detallar ishlab chiqariladi.

Bundan tashqari, qimmatliroq bo‘lishiga qaramasdan berilliyli bronza (3% gacha Be bo‘ladi) xam turli sohalarda keng ishlatiladi. U o‘zining juda yuqori mexanik xususiyatlari toblangandan keyin yeyilishga bardoshliligi, korroziyaga chidamliligi, yuqori issiqlik va elektr o‘tkazuvchanligi (500°C haroratda bularning mustaxkamligi xuddi 20°C dagi alyuminiyli bronzaning mustaxkamligidek) bilan xarakterlidir. Undan juda yuqori talabga javob beradigan maxsus detallar: aniq priborlarda elastik elementi bo‘lgan membranalar, sirpanuvchi kontaktlar, prujinalar, kulachoklar, shesternyalar, chervyakli uzatmalar, yuqori tezlik va haroratda ishlaydigan podshipniklar va xokazolarda ishlatiladi.



Bronzalar Br harflari bilan markalanadi yoki ifodalanadi. Bunday harflardan keyin legirlovchi elementlarning harfiy ifodalari va ularning foiz hisobidagi miqdorlarini ifodalovchi raqamlari berilgan bo‘ladi. Masalan,

BrOSS-8-4-3 -(8% Sn, 4% Zn, 3% R6 qolgani mis), BrB2 (2% Be), BrAJN 10-4-4 (10%, 4%, Fe 4% Ni qolgani misdir). Bulardan tashqari yana mis-nikelli qotishmalar ham juda keng ishlatiladi. Ular melxiorlar, neyzilberlar va boshqalardir.
Yüklə 17,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin