Reja: C++ haqida malumot



Yüklə 21,53 Kb.
tarix07.01.2024
ölçüsü21,53 Kb.
#206404
Dilshod aka mustaqil ish



C++ daturlash tilida malumot turlari.Massiv va Vektorni farqi.Berilgan vektordan massiv hosil qiluvchi dastur tuzish


Reja:
1.C++ haqida malumot.
2.C++ dasturlash tilida malumot turlari.
3.Berilgan vektordan Massiv hosil qiluvchi dastur.

C++ dasturlash tili C tiliga asoslangan. C esa o'z navbatida B va BCPL tillaridan kelib chiqqan. BCPL 1967 yilda Martin Richards tomonidan tuzilgan va operatsion sistemalarni yozish uchun mo'ljallangan edi. Ken Thompson o'zining B tilida BCPL ning ko'p hossalarini kiritgan va B da UNIX operatsion sistemasining birinchi versiyalarini yozgan. BCPL ham, B ham tipsiz til bo'lgan. Yani o'garuvchilarning ma'lum bir tipi bo'lmagan - har bir o'zgaruvchi kompyuter hotirasida faqat bir bayt yer egallagan. O'zgaruvchini qanday sifatda ishlatish esa, yani butun sonmi, kasrli sonmi yoki harfdekmi, dasturchi vazifasi bo'lgan. C tilini Dennis Ritchie B dan keltirib chiqardi va uni 1972 yili ilk bor Bell Laboratoriyasida, DEC PDP-11 kompyuterida qo'lladi. C o'zidan oldingi B va BCPL tillarining juda ko'p muhim tomonlarini o'z ichiga olish bilan bir qatorda o'zgaruvchilarni tiplashtirdi va bir qator boshqa yangiliklarni kiritdi. Boshlanishda C asosan UNIX sistemalarida keng tarqaldi. Hozirda operatsion sistemalarning asosiy qismi C/C++ da yozilmoqda. C mashina arhitekturasiga bog'langan tildir. Lekin yahshi rejalashtirish orqali dasturlarni turli kompyuter platformalarida ishlaydigan qilsa bo'ladi. 1983 yilda, C tili keng tarqalganligi sababli, uni standartlash harakati boshlandi. Buning uchun Amerika Milliy Standartlar Komiteti (ANSI) qoshida X3J11 tehnik komitet tuzildi. Va 1989 yilda ushbu standart qabul qilindi. Standartni dunyo bo'yicha keng tarqatish maqsadida 1990 yilda ANSI va Dunyo Standartlar Tashkiloti (ISO) hamkorlikda C ning ANSI/ISO 9899:1990 standartini qabul qilishdi. Shu sababli C da yozilgan dasturlar kam miqdordagi o'zgarishlar yoki umuman o'zgarishlarsiz juda ko'p kompyuter platformalarida ishlaydi. C++ 1980 yillar boshida Bjarne Stroustrup tomonidan C ga asoslangan tarzda tuzildi. C++ juda ko'p qo'shimchalarni o'z ichiga olgan, lekin eng asosiysi u ob'ektlar bilan dasturlashga imkon beradi. Dasturlarni tez va sifatli yozish hozirgi kunda katta ahamiyat kasb etmoda. Buni ta'minlash uchun ob'ektli dasturlash g'oyasi ilgari surildi. Huddi 70-chi yillar boshida strukturali dasturlash kabi, dasturlarni hayotdagi jismlarni modellashtiruvchi ob'ektlat orqali tuzish dasturlash sohasida inqilob qildi. C++ dan tashqari boshqa ko'p ob'ektli dasturlshga yo'naltirilgan tillar paydo bo'ldi. Shulardan eng ko'zga tashlanadigani Xerox ning Palo Altoda joylashgan ilmiy-qidiruv markazida (PARC) tuzilgan Smalltalk dasturlash tilidir. Smalltalk da hamma narsa ob'ektlarga asoslangan. C++ esa gibrid tildir. Unda C ga o'hshab strukturali dasturlash yoki yangicha, ob'ektlar bilan dasturlash mumkin. Yangicha deyishimiz ham nisbiydir. Ob'ektli dasturlash falsafasi paydo bo'lganiga ham yigirma yildan oshayapti. C++ funksiya va ob'ektlarning juda boy kutubxonasiga ega. Yani C++ da dasturlashni o'rganish ikki qismga bo'linadi. Birinchisi bu C++ ni o'zini o'rganish, ikkinchisi esa C++ ning standart kutubxonasidagi tayyor ob'ekt/funksiyalarni qo'llashni o'rganishdir.


Alfavit, identifikator, xizmatchi so‘zlar. Alfavit. C++ alfavitiga quyidagi simvollar kiradi. 6 • Katta va kichik lotin alfaviti xarflari (A,B,..,Z,a,b,…,z) • Raqamlar: 0,1,2,3,4,5,6,7,8,9 • Maxsus simvollar: ― , {} | [] () + - / % \ ; ‗ . : ? < = > _ ! & * # ~ ^ • Ko‘rinmaydigan simvollar (―umumlashgan bushliq simvollari‖). Leksemalarni uzaro ajratish uchun ishlatiladigan simvollar (misol uchun bushlik, tabulyatsiya, yangi qatorga o‘tish belgilari). Izohlarda, satrlarda va simvolli konstantalarda boshqa literalar, masalan rus xarflarini ishlatilishi mumkin. C++ tilida olti khil turdagi leksemalar ishlatiladi: ehrkin tanlanadigan va ishlatiladigan identifikatorlar, khizmatchi suzlar, konstantalar( konstanta satrlar), amallar( amallar belgilari), azhratuvchi belgilar. Identifikator.Identifikatorlar lotin xarflari,ostki chiziq belgisi va sonlar ketma ketligidan iborat bo‘ladi. Identifikator lotin xarfidan yoki ostki chizish belgisidan boshlanishi lozim. Misol uchun: A1, _MAX, adress_01, RIM, rim Katta va kichik xarflar farklanadi, shuning uchun ohirgi ikki identifikator bir biridan farq qiladi. Borland kompilyatorlaridan foydalanilganda nomning birinchi 32 xarfi ,ba‘zi kompilyatorlarda 8 ta xarfi inobatga olinadi. Bu holda NUMBER_OF_TEST va NUMBER_OF_ROOM identifikatorlari bir biridan farq qilmaydi. Xizmatchi so‘zlar. Tilda ishlatiluvchi ya‘ni dasturchi tomonidan uzgaruvchilar nomlari sifatida ishlatish mumkin bulmagan identifikatorlar xizmatchi so‘zlar deyiladi. C ++ tilida quyidagi xizmachi so‘zlar mavjud: int extern else char register for float typedef do double static while struct goto switch union return case long sizeof default short break entry unsigned continue auto if
Sodda dastur tuzilishi. Dastur preprocessor komandalari va bir necha funksiyalardan iborat bo‘lishi mumkin. Bu funksiyalar orasida main nomli asosiy funksiya bo‘lishi shart. Agar asosiy funksiyadan boshqa funksiyalar ishlatilmasa dastur quyidagi ko‘rinishda tuziladi: Preprocessor_komandalari Void main() { Dastur tanasi. } Preprocessor direktivalari kompilyatsiya jarayonidan oldin preprocessor tomonidan bajariladi. Natijada dastur matni preprocessor direktivalari asosida o‘zgartiriladi. Preprocessor komandalaridan ikkitasini ko‘rib chiqamiz. # include Bu direktiva standart bibliotekalardagi funksiyalarni dasturga joyjlash uchun foydalaniladi. #define Bu direktiva bajarilganda dastur matnidagi almashtiruvchi ifodalar almashinuvchi ifodalarga almashtiriladi. Misol tariqasida C ++ tilida tuzilgan birinchi dasturni keltiramiz: #include 7 void main() { Cout << ―\n Salom, Dunyo! \n‖; } Bu dastur ehkranga Salom, Dunyo! Jumlasini chiqaradi. Define direktivasi yordamida bu dasturni quyidagicha yozish mumkin: #include #define pr Cout << ―\n Salom, Dunyo! \n‖ #define begin { #define end } void main() begin pr; end Define direktivasidan nomlangan konstantalar kiritish uchun foydalanish mumkindir. Misol uchun: #define EULER 2.718282 Agar dasturda quyidagi matn mavjud bo‘lsin: Double mix=EULER D=alfa*EULER Preprocessor bu matnda har bir EULER konstantani uning qiymati bilan almashtiradi, va natijada quyidagi matn hosil bo‘ladi. Double mix=2.718282 D=alfa*2.718282 Dastur matni va preprocessor. C ++ tilida matnli fayl shaklida tayyorlangan dastur uchta qayta ishlash bosqichlaridan o‘tadi. Matnni preprocessor direktivalari asosida o‘zgartilishi. Bu jarayon natijasi Yana matnli fayl bo‘lib preprocessor tomonidan bajariladi. Kompilyatsiya. Bu jarayon natijasi mashina kodiga o‘tkazilgan obektli fayl bo‘lib, kompilyator tomonidan bajariladi. Bog‘lash. Bu jarayon natijasi to‘la mashina kodiga o‘tkazilgan bajariluvchi fayl bo‘lib, boglagich( komponovthik) tomonidan bajariladi. Preprocessor vazifasi dastur matnini preprocessor direktivalari asosida o‘zgartirishdir. Define direktivasi dasturda bir jumlani ikkinchi jumla bilan almashtirish uchun ishlatiladi. Bu direktivadan foydalanishning sodda misollarini biz yuqorida ko‘rib chiqdik. Include direktivasi ikki ko‘rinishda ishlatilishi mumkin. #include fayl nomi direktivasi dasturning shu direktiva urniga qaysi matnli fayllarni qo‘shish kerakligini ko‘rsatadi. #include direktivasi dasturga kompilyator standart bibliotekalariga mos keluvchi sarlavhali fayllar matnlarini qushish uchun muljhallangandir. Bu fayllarda funksiya prototipi, tiplar, o‘zgaruvchilar, konstantalar ta‘riflari yozilgan bo‘ladi. Funksiya prototipi funksiya qaytaruvchi tip, funksiya nomi va funksiyaga uzatiluvchi tiplardan iborat bo‘ladi. Misol uchun cos funkciyasi prototipi quyidagicha yozilishi mumkin: double cos(double ). Agar funkciya nomidan oldin void tipi ko‘rsatilgan bo‘lsa bu funksiya hech qanday qiymat qaytarmasligini ko‘rsatadi.Shuni ta‘kidlash lozimki bu direktiva dasturga standart biblioteka qo‘shilishiga olib kelmayjdi. Standart funksiyalarning kodlari bog‘lash ya‘ni aloqalarni tahrirlash bosqichida, kompilyatsiya bosqichidan so‘ng amalga oshiriladi. Kompilyatsiya bosqichida sintaksis hatolar tekshiriladi va dasturda bunday hatolar mavjud bo‘lmasa, standart funksiyalar kodlarisiz mashina kodiga utkaziladi.
Ko'p dasturlar ijro davomida arifmetik amallarni bajaradi. C++ dagi amallar quyidagi jadvalda berilgan. Ular ikkita operand bilan ishlatildi. C++ dagi amal Arifmetik operator Algebraik ifoda C++ dagi ifodasi: Qo'shish + h+19 h+19 Ayirish - f-u f-u Ko'paytirish * sl s*l Bo'lish / v/d, v/d Modul olish % k mod 4 k%4 Bularning ba'zi birlarinig hususiyatlarini ko'rib chiqaylik. Butun sonli bo'lishda, yani bo'luvchi ham, bo'linuvchi ham butun son bo'lganda, javob butun son bo'ladi. Javob yahlitlanmaydi, kasr qismi tashlanib yuborilib, butun qismining o'zi qoladi. Modul operatori (%) butun songa bo'lishdan kelib сhiqadigan qoldiqni beradi. x%y ifodasi x ni y ga bo'lgandan keyin chiqadigan qoldiqni beradi. Demak, 7%4 bizga 3 javobini beradi. % operatori faqat butun sonlar bilan ishlaydi. Vergulli (real) sonlar bilan ishlash uchun "math.h" kutubxonasidagi fmod funksiyasini qo‘llash kerak. C++ da qavslarning ma'nosi huddi algebradagidekdir. Undan tashqari boshqa boshqa algebraik ifodalarning ketma-ketligi ham odatdagidek. Oldin ko'paytirish, bo'lish va modul olish operatorlari ijro ko'radi. Agar bir necha operator ketma-ket kelsa, ular chapdan o'nga qarab ishlanadi. Bu operatorlardan keyin esa qo'shish va ayirish ijro etiladi.
Arifmetik amallar. Amallar odatda unar ya‘ni bitta operandga qo‘llaniladigan amallarga va binar ya‘ni ikki operandga qo‘llaniladigan amallarga ajratiladi. Binar amallar additiv ya‘ni + qo‘shuv va – ayirish amallariga , hamda multiplikativ ya‘ni * kupaytirish, / bulish va % modul olish amallariga ajratiladi. Additiv amallarining ustivorligi multiplikativ amallarining ustivorligidan pastroqdir. Butun sonni butun songa bo‘lganda natija butun songacha yahlitlanadi. Misol uchun 20/3=6; (-20)/3=-6; 20/(-3)=-6. Modul amali butun sonni butun songa bulishdan hosil bo‘ladigan qoldikka tengdir. Agar modul amali musbat operandlarga qo‘llanilsa, natija ham musbat bo‘ladi, aks holda natija ishorasi kompilyatorga bog‘likdir. Binar arifmetik amallar bajarilganda tiplarni keltirish quyidagi qoidalar asosida amalga oshiriladi: short va char tiplari int tipiga keltiriladi; Agar operandlar biri long tipiga tegishli bo‘lsa ikkinchi operand ham long tipiga keltiriladi va natija ham long tipiga tegishli bo‘ladi; Agar operandlar biri float tipiga tegishli bulsa ikkinchi operand kham float tipiga keltiriladi va natija ham float tipiga tegishli bo‘ladi
Har qanday dastur funksiyalar ketma ketligidan iborat bo‘ladi. Funksiyalar sarlavha va funksiya tanasidan iborat bo‘ladi. Funksiya sarlavhasiga void main() ifoda misol bo‘la oladi. Funksiya tanasi ob‘ektlar ta‘riflari va operatorlardan iborat bo‘ladi. Har qanday operator nuqta-vergul belgisi bilan tugashi lozim. Quyidagi ifodalar X=0, yoki I++ operatorga aylanadi agar ulardan so‘ng nuqtali vergul kelsa X = 0; I++; Operatorlar bajariluvchi va bajarilmaydigan operatorlarga ajratiladi. Bajarilmaydigan operator bu izoh operatoridir. Izoh operatori /* belgisi bilan boshlanib */ belgisi bilan tugaydi. Bu ikki simvol orasida ihtiyoriy jumla yozish mumkin. Kompilyator bu jumlani tekshirib o‘tirmayjdi. Izoh operatoridan dasturni tushunarli qilish maqsadida izohlar kiritish uchun foydalaniladi. Bajariluvchi operatorlar o‘z navbatida ma‘lumotlarni o‘zgartiruvchi va boshqaruvchi operatorlarga ajratiladi. Ma‘lumotlarni o‘zgartiruvchi operatorlarga qiymat berish operatorlari va nuqta vergul Bilan tugovchi ifodalar kiradi. Misol uchun: I++; X*=I; I=x-4*I; Boshqaruvchi operatorlar dasturni boshqaruvchi konstruktsiyalar deb ataladi. Bu operatorlarga quyidagilar kiradi: 16 Qo‘shma operatorlar; Tanlash operatorlari; Tsikl operatorlari; O‘tish operatorlari; Qo‘shma operatorlar. Bir necha operatorlar { va } figurali qavslar yordamida qo‘shma operatorlarga yoki bloklarga birlashtirilishi mumkin. Blok eki qo‘shma operator sintaksis jihatdan bitta operatorga ekvivalentdir. Blokning qo‘shma operatordan farqi shundaki blokda obektlar ta‘riflari mavjud bo‘lishi mumkin. Quyidagi dastur qismi qo‘shma operator: { n++; summa+=(float)n; } Bu fragment bo‘lsa blok: { int n=0; n++; summa+=(float)n; } Kiritish chiqarish operatorlari. Chiquvchi oqim cout kelishilgan buyicha ekranga mos keladi. Lekin mahsus operatorlar yordamida oqimni printer eki faylga mos quyish mumkin.
Massiv elementlariga murojaat qilish oddiy o`zgaruvchilarga murojaat qilishdan biroz farq qiladi. Massiv elementiga murojaat qilish uning indeksi orqali bo`ladi. 33 a[1] = 10; a massivining 1 – elementi 10 qiymat o‘zlashtirsin; cin >> a[2]; a massivining 2 – elementi kirtilsin; cout << a[3]; a massivining 3 – elementi ekranga chiqarilsin; Massivni e'lon qilishda uning elementlariga boshlang'ich qiymat berish mumkin va buning bir nechta usuli mavjud. 1) O'lchami ko'rsatilgan massivni to'liq initsializatsiyalash. int k[5] = { 2, 3, 7, 8, 6}; Bu yerda 5 ta elementdan iborat bo'lgan k massivi e'lon qilingan va massivning barcha elemantlariga boshlang'ich qiymat berilgan. 2) O'lchami ko'rsatilgan massivni to'liqmas initsializatsiyalash. int k[5] = { 2, 3, 7 }; Bu yerda 5 ta elementdan iborat bo'lgan k massivi e'lon qilingan va massivning dastlabki 3 ta elemantlariga boshlang'ich qiymat berilgan. 3) O'lchami ko'rsatilmagan massivni to'liq initsializatsiyalash. int k[] = { 2, 3, 7, 8, 6}; Shuni takidlash lozimki, agar massiv o'lchami ko'rsatilmasa, uni to'liq initsializatsiyalash shart. Bu xolda massiv o'lchami kompilyatsiya jarayonida massiv elementlari soniga qarab aniqlanadi. Bu yerda massiv o'lchami 5 ga teng.
#include
#include

int main() {


int arr[] = {1, 2, 3, 4, 5}; // Given array
int size = sizeof(arr) / sizeof(arr[0]); // Calculating the size of the array

std::vector myVector(arr, arr + size); // Generating a vector from the array

// Printing the elements of the vector
for (int element : myVector) {
std::cout << element << " ";
}
std::cout << std::endl;

return 0;


}
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. www.zivonet.iiz - Axborot ta‟lim portal
2. http://acm.tuit.uz/ - dasturiy yechim to‗g‗riligini avtomatik testlovchi tizim.
3. http://acm.timus.ru/ - dasturlarni testlovchi tizim.
4.Mohira AI bot

Yüklə 21,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin