2.Ichma-ich joylashgan siklik jarayonlarni tashkil etish. Ichma-ich joylashgan siklik algoritmlar. Ba’zan, takrorlanuvchi algoritmlar bir nechta parametrlarga bog‘liq bo‘ladi. Odatda bunday algoritmlarni ichma-ich joylashgan algortmlar deb ataladi. Ichma-ich joylashgan takrorlanuvchi jarayonlar asosan ikki va undan yuqori bo’lgan o’lchovli massivlarda kuzatiladi. Misol tariqasi soddaroqi ikki o’lchovli massivni ko’rib chiqamiz.
Ushbu blok sxemada ikki o’lchovli massivning satri N va ustuni M ga teng bo’lgan massiv kiritlgan va u chop qilingan. Quyida shu blok sxemaning Visual Studio muhiti C++ dasturlash tilidagi kodi keltirilgan:
Undan quyidagicha natija oldim:
Misol sifati berilgan nxm o‘lchovli aij –matritsa elementlarining quyidagicha
n n yig‘indisini hisoblash masalasini qaraylik. S (ik)2 i1 k1
Bu yig‘indi hisoblash uchun, i ning har bir qiymatida j bo‘yicha ko‘paytmani hisoblab, avval yig‘indi ustiga ketma-ket qo‘shib borish kerak bo‘ladi. Bu jarayon quyidagi blok– sxemada aks ettirilgan. Bu yerda i-tashqi sikl - yig‘indi uchun, k-esa ichki sikl-ko‘paytmani hosil qilish uchun foydalanilgan.
Microsoft Visual Studio 2012 muhiti C++ dasturlash tilidagi kodi va undan olgan natijam:
Ichma-ich joylashgan siklik algoritmga doir yuqorida blok-sxema keltirilgan.
Rekurrent algoritmlar. Hisoblash jarayonida ba’zi bir algoritmlarning o‘ziga qayta murojaat qilishga to‘g‘ri keladi. O‘ziga–o‘zi murojaat qiladigan algoritmlarga rekkurent algoritmlar yoki rekursiya deb ataladi. Bunday algoritmga misol sifatida Fibonachchi sonlarini keltirish mumkin. Ma’lumki, Fibonachchi sonlari quyidagicha aniqlangan. a1 1;a2 1;an an1 an2 Bu rekkurent ifoda algoritmiga mos keluvchi bloksxema 2.15-rasmda keltirilgan. Eslatib o‘tamiz formuladagi i-indeksga hojat yo‘q, agar Fibonachchi sonining nomerini ham aniqlash zarur bo‘lsa, birorta parametrkalit kiritish kerak bo‘ladi.
Fibonachchi sonlarining n- hadini hisoblash algoritmi. Amalda shunday bir masalalar uchraydiki, ularda takrorlanishlar soni oldindan berilmagan-noma’lum bo‘ladi. Ammo, bu jarayonni tugatish uchun biror bir shart berilgan bo‘ladi.