int m[6]; Massiv m[0] m[1] m[2] m[3] mas2[4] mas2[5] elementilari qiymati 2 -17 6 7 13 -3
b elementlari mantiqiy qiymatlardan (true, false ) iborat bo`lgan 10 ta elementdan tashkil topgan massiv. Indekslari esa 0 dan 9 gacha bo`lgan sonlar.
Massiv elementlariga murojaat qilish oddiy o`zgaruvchilarga murojaat qilishdan biroz farq qiladi. Massiv elementiga murojaat qilish uning indeksi orqali bo`ladi.
a[1] = 10; a massivining 1 – elementi 10 qiymat o’zlashtirsin; cin >> a[2]; a massivining 2 – elementi kirtilsin;
cout << a[3]; a massivining 3 – elementi ekranga chiqarilsin;
Massivni e'lon qilishda uning elementlariga boshlang'ich qiymat berish mumkin va buning bir nechta usuli mavjud.
O'lchami ko'rsatilgan massivni to'liq initsializatsiyalash.
int k[5] = { 2, 3, 7, 8, 6};
Bu yerda 5 ta elementdan iborat bo'lgan k massivi e'lonqilingan va massivningbarcha elemantlariga boshlang'ich qiymat berilgan.
O'lchami ko'rsatilgan massivni to'liqmas initsializatsiyalash.
int k[5] = { 2, 3, 7 };
Bu yerda 5 ta elementdan iborat bo'lgan k massivi e'lon qilingan va massivning dastlabki 3 ta elemantlariga boshlang'ich qiymat berilgan. 3) O'lchami ko'rsatilmagan massivni to'liq initsializatsiyalash.
int k[] = { 2, 3, 7, 8, 6};
Shunitakidlash lozimki, agar massiv o'lchami ko'rsatilmasa, uni to'liq
initsializatsiyalash shart. Bu xolda massiv o'lchami kompilyatsiya jarayonida massiv elementlari soniga qarab aniqlanadi. Bu yerda massiv o'lchami 5 ga teng. 4) O'lchami ko'rsatilgan massivning barcha elementlariga boshlang'ich qiymat 0 berish:
int k[5] = { 0 };
O'lchami ko'rsatilgan massivning barcha elementlariga boshlang'ich qiymat 0 berish
#include int main() { int a[10] = { 0 };