Reja: Daromad jarayonlari auditi



Yüklə 61,29 Kb.
səhifə3/3
tarix16.06.2023
ölçüsü61,29 Kb.
#131408
1   2   3
Reja Daromad jarayonlari auditi

Kalkulyatsiya - bu ayrim turdagi mahsulotlar birligining yoki butun tovar mahsulotlarning tannarxini aniqlash usulidir. Kalkulyatsiya muayyan turdagi mahsulotga nisbatan xarajatlarni guruhlash usuli sifatida, ishlab chiqarish jarayonining istalgan bosqichida mahsulot (ish, xizmat)lar tannarxining har bir tarkibiy elementini kuzatib borish imkonini beradi. Shu boisdan, mahsulot (ish, xizmat)lar birligining tannarxini hisoblashni tekshirish ishlab chiqarish xarajatlari auditining muhim bo’lagi hisoblanadi.
Auditor xarajatlarning sarf-xarajat moddalari bo’yicha ularning maqsadi va vujudga kelish joylariga qarab guruhlanishini hamda bevosita yoki bilvosita yo’l bilan mahsulot (ish, xizmat)larning har bir turiga olib borilishini bilishi zarur. Iqtisodiyot tarmoqlarida sarf-xarajatlar tarkibi turlicha va tegishli tarmoq (yoki tarmoqlararo) yo’riqnomalar va uslubiy tavsiyalar bilan belgilanadi.
Mahsulot (ish, xizmat)lar tannarxini hisoblashni tekshirishda auditor quyidagilarning to’g’riligini aniqlaydi:

  • mahsulot ishlab chiqarish (ish, xizmat) uchun qilinadigan xarajatlarning turkumlanishini;

  • xarajatlarni kalkulyatsiya moddalari bo’yicha hisobga olish va hisobdan chiqarish (taqsimlash);

  • yaroqsizlik (brak) dan va bekor turib qolishdan ko’rilgan yo’qotishlar;

  • tugallanmagan ishlab chiqarishni aniqlash;

  • bilvosita sarflarni taqsimlash;

  • xarajatlarni hisobga olish va mahsulot (ish, xizmat)lar tannarxini hisoblash usullarini qo’llash;

  • ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olishga doir schyotlarning o’zaro bog’lanishi (korrespondentsiyasi)ni tuzish;

  • ishlab chiqarish xarajatlarining yig’ma, analitik va sintetik hisobini yuritishni;

  • xarajat schyotlari bo’yicha analitik va sintetik hisob yozuvlarining bosh daftar hamda balansdagi yozuvlarga mos kelishi.

Mahsulot (ish, xizmat)lar tannarxini hisoblashda har xil usullar qo’llaniladi.
Sanoat ishlab chiqarishida tannarx hisoblash quyidagi usullarda amalga oshiriladi: oddiy usul, normativ usul, buyurtmalar usuli, bosqichlar usuli.
Auditorlik tekshiruvining vazifalaridan biri - tanlangan kalkulyatsiyalash usulining asosliligini tasdiqlashdan iborat.
Xarajatlar mahsulot (ish, xizmat)lar tannarxiga olib borilish xususiyatiga ko’ra muayyan mahsulot (ish, xizmat) tannarxiga to’g’ridan-to’g’ri olib boriladigan bevosita va bilvosita xarajatlarga bo’linadi.
Bilvosita xarajatlar ko’p elementli bo’lib, hisob yuritish siyosati to’g’risidagi buyruqda belgilangan qaysidir ko’rsatkichga mutanosib ravishda alohida mahsulot turlari o’rtasida taqsimlanadi. Qanday ko’rsatkichga mutanosib taqsimlash usulini har bir korxona tarmoq xususiyatidan kelib chiqib mustaqil aniqlaydi. Masalan, sanoatda mutanosib taqsimlash ko’rsatkichi sifatida quyidagilar qo’llaniladi:

  • asosiy ish haqi;

  • qurilmalarni saqlash va ishlatish uchun qilinadigan smeta (normativ) xarajatlar;

  • mahsulot massasi va hajmi;

  • ishchilar tomonidan ishlangan kishi-soatlar;

  • qurilmalarning mashina-soatlar soni.

Auditorning vazifasi korxona hisob siyosatida qabul qilingan va amalda qo’llanilayotgan bilvosita sarflarni taqsimlash usulining to’g’riligini tasdiqlashdan iborat.
Bir necha turdagi faoliyat bilan shug’ullanuvchi (har xil mahsulot ishlab chiqaruvchi) korxonalar bilvosita xarajatlarini ular o’rtasida taqsimlamaydigan holatlar auditorlik amaliyotida tez-tez uchrab turadi. Bunday hollarda har xil mahsulotlar tannarxlarining buzib ko’rsatilish hollari sodir bo’ladi, haqiqiy moliyaviy natijalar yashiriladi.

6.Tugallanmagan ishlab chiqarishni tekshirish


№4-«Tovar-moddiy zahiralar» nomli BHMS ga muvofiq tugallanmagan ishlab chiqarish, ish va xizmat ko’rinishidagi korxona aktivlari ham tovar- moddiy zahiralar bo’lib hisoblanadi.
Tugallanmagan ishlab chiqarishlarga ishlab chiqarish jarayonining barcha texnologik bosqichlaridan o’tmagan mahsulotlar hamda komplektlanmagan, sinovdan va texnik qabuldan o’tmagan buyumlar kiradi.
Tugallanmagan ishlab chiqarishni baholashning turli usullari mavjud:haqiqiy o’lchov, donabay o’lchov, hajmini o’lchash, shartli qayta baholash. Ommaviy yoki seriyali ishlab chiqarishda hisobot davrining oxiriga tugallanmagan ishlab chiqarishlar qoldiqlari normativ yoki rejadagi ishlab chiqarish tannarxi (to’liq yoki to’liqmas) bo’yicha, bevosita xarajat moddalari bo’yicha, hamda xom-ashyo, materiallar va yarim fabrikatlar qiymati bo’yicha baholanadi.
Tugallanmagan ishlab chiqarishni baholashning ishonchliligi to’g’risida fikr shakllantirish ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulotlar tannarxini auditorlik tekshiruvidan o’tkazishning muhim yo’nalishlaridan biri bo’lib hisoblanadi.
Tugallanmagan ishlab chiqarishni auditorlik tekshiruvidan o’tkazish jarayonida quyidagi masalalarni o’rganish zarur:

  • xarajatlar hisobini ahvoli;

  • inventarizatsiya o’tkazishning o’z vaqtidaligi va to’g’riligi;

  • inventarizatsiya natijalarini aks ettirishning ishonchliligi;

  • tugallanmagan ishlab chiqarishning texnologiyasi va belgilangan me’yorlariga (agar ular korxonda tasdiqlangan bo’lsa) rioya qilinishi va uni baholashning to’g’riligi.

Tugallanmagan ishlab chiqarishlarni inventarizatsiya qilish «Mahsulot (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish va realizatsiya xarajatlar tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to’g’risidagi Nizom» va u asosida ishlab chiqilgan tarmoq yo’riqnomalarida belgilangan tartibga muvofiq ularning hajmi va haqiqiy tannarxini aniqlash maqsadidan iborat.
Sanoat korxonalari qismida, masalan, quyidagilar zarur:

  • mahsulotlar ishlab chiqarishi boshlangan (detallar, qismlar, agregatlar) va ishlab chiqarilishi va yig’ilishi tugatilmagan, ishlab chiqarishda bo’lgan haqiqatda borligini aniqlash;

  • hisobga olinmagan yaroqsizini aniqlash;

  • tugatilmagan ishlab chiqarishni haqiqiy jihozlanishi va qismlar bilan yig’ilishini ta’minlanganligini aniqlash;

  • tugatilmagan ishlab chiqarish qoldig’ini bekor qilingan buyurtmalar, shuningdek bajarilishi to’xtatib qo’yilgan buyurtmalar bo’yicha aniqlash;

  • ishlab chiqarishda bo’lgan ishlab chiqarish boshlangan (detallar, qismlar, agregatlar) va mahsulotlar ishlab chiqarilishi va yig’ilishi tugatilmaganining haqiqiy qiymatini aniqlash.

Inventarizatsiyani boshlashdan oldin tsexlarga kerak bo’lmagan barcha materiallar, sotib olingan detallar va yarim tayyor mahsulotlar, shuningdek mazkur bosqichda ishlov berilishi tugatilgan detallar, qismlar va agregatlar omborxonaga topshirilishi kerak.
Tsexlardagi boshlab qo’yilgan tugallanmagan ishlab chiqarishlar va yarim tayyor mahsulotlar ularning miqdorini to’g’ri aniqlash va qulay sanalishini ta’minlaydigan tartibga keltirilgan bo’lishi kerak.
Ishlab chiqarilishi tugallanmagan mahsulotlarni (detallar, qismlar, agregatlar) qoldigi haqiqatda sanash, tortish, o’lchash yo’li bilan tekshirilib amalga oshiriladi.
Ro’yxatlar har bir tsex (uchastka, bo’linma) bo’yicha tugallanmagan ishlab chiqarishlar nomi, ularning tayyorlik darajasi, soni yoki hajmi, qurilish-montaj ishlari bo’yicha ish hajmi ko’rsatilib; tugallanmagan korxonalar, ularning navbatlari, ob’ektlar, ishga tushiriladigan majmualar, qaysiki ular bo’yicha hisob-kitoblar ular to’liq tugatilgandan keyin oraliq to’lovlarsiz amalga oshiriladi; konstruktiv elementlarning tugallanmagan qismlari va ishlarning turlari bo’yicha alohida tuziladi.
Ish joylarida qayta ishlanishi boshlanmagan xom ashyo, materiallar va sotib olingan yarim tayyor mahsulotlar tugallanmagan ishlab chiqarish ro’yxatiga kiritilmaydi, alohida inventarizatsiya qilinadi va alohida ro’yxatlarda qayd qilinadi. To’liq yaroqsiz deb topilgan detallar ham tugallanmagan ishlab chiqarish tarkibiga kiritilmaydi.
Bir xil bo’lmagan massa yoki qorishmadan iborat bo’lgan tugallanmagan ishlab chiqarishlar bo’yicha (sanoatning tegishli tarmoqlarida) inventarizatsiya ro’yxatlarida, shuningdek, solishtirish vedomostlarida ikkita miqdoriy ko’rsatkich keltiriladi: ushbu massa yoki qorishma miqdori va uning tarkibiga kiruvchi xom ashyo miqdori yoki materiallar (alohida nomlari bo’yicha). Xom ashyo va materiallarning miqdori tarmoq yo’riqnomalari bilan belgilangan tartibda texnik hisob-kitob bo’yicha aniqlanadi.
Tugallanmagan kapital qurilish soni va hajmi inventarizatsiya paytida uning haq to’langan qismini hamda tekshirish yo’li bilan aniqlanadi. Inventarizatsiya dalolatnomalarida ob’ektning nomi va ushbu ob’ekt bo’yicha bajarilgan ishlarning, konstruktiv elementlarning, jihozlarning va h. k. har bir alohida turi bo’yicha ko’rsatiladi. Xususan, inventarizatsiya komissiyasi quyidagilarni tekshiradi.

  • tugallanmagan kapital qurilish tarkibida montajga berilgan, lekin haqiqatda montaji boshlanmagan uskunani hisobda turganligi yoki yo’qligi;

  • qurilishi butkul to’xtatilgan yoki vaqtincha to’xtatilgan qurilish ob’ektlarining ahvoli.

Mazkur ob’ektlar bo’yicha, qisman, ularni butkul to’xtatilish sabablari va asoslarini aniqlash kerak.
Haqiqatda foydalanishga to’liq yoki qisman topshirilgan, qabul qilinishi va ishga tushirilishi tegishli hujjatlar bilan rasmiylashtirilmagan, qurilishi tugallanmagan ob’ektlarga alohida dalolatnomalar tuziladi. Alohida dalolatnomalar tugallangan, lekin nima uchundir foydalanishga topshirilmagan ob’ektlarga ham tuziladi. Mazkur dalolatnomalarda ko’rsatilgan ob’ektlar foydalanishga topshirilishini rasmiylashtirishning kechiktirilganlik sabablari ko’rsatiladi.
Balansdan chiqarilishi kerak bo’lgan qurilishi tugatilgan ob’ektlarga, shuningdek qurilishi amalga oshirilmagan ob’ektlar bo’yicha loyiha-izlanish ishlariga bajarilgan ishlar xususiyati va ularning qiymati to’g’risidagi ma’lumotlar qurilishning to’xtatilishi sabablari ko’rsatilib dalolatnomalar tuziladi.
Buning uchun tegishli texnik hujjatlar, ishlar, bosqichlar topshirilganligi to’g’risidagi dalolatnomalar, qurilish ob’ektlarida bajarilgan ishlarni hisobga olish jurnali va boshqa hujjatlardan foydalanish kerak bo’ladi.
Binolar, inshootlar, mashinalar, uskunalar, energetik jihozlar va boshqa ob’ektlar qonunsiz kapital ta’mirlanganining inventarizatsiyasi bajarilgan ishlarni naturada tekshirish yo’li bilan amalga oshiriladi.
Tugallanmagan kapital ta’mirlash bo’yicha ta’mirlanayotgan ob’ektning nomi, bajarilgan ishlarning nomi va bajarilish foizi, bajarilgan ishlarning smeta bo’yicha va haqiqiy qiymati ko’rsatilgan dalolatnoma tuziladi.
Qishloq xo’jaligida tugallanmagan ishlab chiqarishni tekshi-rish o’ziga xos xususiyatlarga ega. Amaliyot shuni ko’rsatmoqda-ki, ayrim hollarda qishloq xo’jalik korxonalarida mahsulotlar tan-narxini pasaytirib ko’rsatish maqsadida tugallangan ishlab chiqa-rishlarga taalluqli xarajatlarning bir qismi tannarxga olib bo-rilmasdan, tugallanmagan ishlab chiqarish tarkibiga qo’shiladi. Bu birinchidan, mahsulotlar tannarxini sun’iy ravishda pasay-tirilishiga olib kelsa, ikkinchidan, moliyaviy hisobot ko’rsat-kichlarining buzib ko’rsatilishiga olib keladi. Shuning uchun audi-tor qishloq xo’jaligida tugallanmagan ishlab chiqarishni tekshi-rishda texnologik jarayonlarni, norma va normativlarni hamda haqiqiy xarajatlarni tasdiqlovchi barcha buxgalteriya hujjat-larini sinchiklab tekshirish lozim.
Auditorlik amaliyoti shuni ko’rsatmoqda-ki, tugallanmagan ishlab chiqarishni inventarizatsiya qilish ko’p hollarda o’lda-jo’lda, sifatsiz va nomuntazam o’tkaziladi hamda uning natija-lari buxgalteriya hisobida to’liq, ayrim hollarda esa umuman aks ettirilmaydi.
Bunday holatlar mahsulotlar tannarxining asossiz oshib yoki sun’iy ravishda pasayib, moddiy boyliklar saqlanishi usti-dan nazoratning susayib ketishiga olib keladi.
Agar korxonaning xo’jalik faoliyati jarayonida oldin bosh-langan buyurtmalarni to’xtatib qo’yish hollari mavjud bo’lsa, audi-tor qolgan moddiy boyliklarning qanday ishlatilganligi, bekor qilingan buyurtmalarga doir yo’qotishlar qanday aniqlanganligi va buxgalteriya hisobida qanday aks ettirilganligini tekshirishi lozim. Ta’kidlash joizki, bekor qilingan ishlab chiqarish buyurt-malari bo’yicha xarajatlar realizatsiyadan tashqari sarflar qatoriga qo’shiladi.
Tugallanmagan ishlab chiqarishni tekshirish yakunida aniq-langan xato-kamchiliklarning jiddiyligi (katta-kichikligi) va ularning tegishli hisobot ko’rsatkichlari ishonchliligiga ta’siri haqida xulosa qilinadi.

7.Mahsulot sotish auditi


Sotuv hajmi va uning tarkibiy qismlarining auditi - ko’p jihatdan butun tekshiruvning sifatini belgilovchi muhim masalalardan biridir.
Tayyor mahsulot ishlab chiqarish va uni sotish auditining maqsadi - tayyor mahsulot to’liq kirim qilinganligini, sotishdan olingan tushum va sotilgan mahsulotning tannarxi to’g’ri hisoblanganligini aniqlashdan iborat.
Tekshiruv jarayonida auditor quyidagi masalalarni hal etadi:
- tayyor mahsulotni baholash bo’yicha usul asosli tanlab olinganligi va to’g’ri qo’llanilayotganini tasdiqlash;

  • tayyor mahsulot to’liq kirim qilinayotganligini aniqlash;

  • jo’natilgan va sotilgan mahsulotlar hajmlarini tasdiqlash;

  • jo’natilgan va sotilgan mahsulotlar tannarxini tasdiqlash.Tayyor mahsulot ishlab chiqarish va uni sotish bo’yicha hisob yuritilishi holatini tekshirish bo’yicha ma’lumot manbalari bo’lib quyidagilar hisoblanadm: tayyor mahsulotni omborda hisobga olish bo’yicha varaqalar, preyskurantlar, maheulotni etkazib berish to’g’risida shartnomalar, hisobvaraq-fakturalar, sotish bo’yicha daftarlar, tayyor mahsulotni berish to’g’risida yuk xatlari, xaridorlar ishonchnomalari, tushum kelib tushganligi to’g’risida dastlabki bank va kassa hujjatlari (to’lov talabnomalar, talabnoma-topshiriqnomalar, kirim kassa orderlari va boshqalar), 2010, 2810, 2910, 9010, 9110, 5010, 5110, 4010, 6310-sonli va boshqa hisobvaraqlar bo’yicha hisob registrlari (ro’yxatnomalar, jurnal-orderlar, mashinogrammalar), Bosh kitob, "Moliyaviy natijalar to’g’risida hisobot" (2-sonli shakl) va boshqalar.

Daromadlar olish tsikliga taalluqli bo’lgan operatsiyalar quyidagi faoliyat ko’rsatish vaqtida amalga oshiriladi:

  • buyurtmalarni qabul qilish;

  • kreditlarni berish;

  • mahsulotlar va xizmatlarni etkazib berish;

  • xaridorlarga hisobvaraqlarni yozib berish;

  • qarzlarni undirish (muddati o’tgan hisobvaraqlar);

  • pul tushumlarini olish.

Nazorat samaradorligini baholash uch bosqichdan iborat: a) na-zorat tizimini o’rganish; b) nazorat samaradorligini baholash; v) na-zorat muolajalarini tekshirish (testlashni o’tkazish).
Ko’zdan kechirish bosqichida hujjatlashtirishni uch turdagi usulda amalga oshirish mumkin: og’zaki yoritish, ichki nazorat bo’yicha savolnoma va blok-chizma. Ushbu bosqichda hujjatlarni tayyorlash uni yakunlanlash degani emas. Hujjatlarni tayyorlashda auditorlar tomonidan sharhlarni tayyorlashdan maqsad - nazorat tizimini o’rganish ekanligini unutmaslik lozim.
Blok-chizmalar va savolnomalar - bu daromad olish tsikli bo’yicha, sotish, pul olish va debitorlik qarzlari bosqichlaridan iborat nazorat tizimining afzalroq elementlaridir.
Ichki nazorat tizimi samaradorligi va mahsulotni ishlab chiqarish va sotish bo’yicha operatsiyalar hisobini dastlabki baholash uchun foydali vosita bo’lib maxsus savolnoma bo’yicha test savolnomalarini qo’llash hisoblanadi.
Olingan javoblarni tahlil qilib bo’lib, auditor mahsulotni ishlab chiqarish va sotish jarayonini nazorat qilish yo’nalishlarini aniqlashi va har bir yo’nalish bo’yicha eng ma’qul bo’lgan muolajalarni tanlab olishi, mahsulotni ishlab chiqarish va sotish operatsiyalar tsikllari bo’yicha auditorlik tekshiruvining dasturini tayyorlashi lozim.
Avvalambor, auditor korxonada tayyor mahsulot qanday baholanishini aniqlashi kerak. Xozirgi kunda mahsulot baholashning quyidagi turlaridan foydalaniladi:
- amaldagi (to’liq) ishlab chiqarish tannarxi bo’yicha;
- ulgurji narxlar qat’tiy hisob narxlari sifatida qabul qilingan sotishning ulgurji narxlari bo’yicha. Bunda farqlar alohida hisobvaravda hisobga olinadi;
- rejali (me’yoriy) ishlab chiqarish tannarxi bo’yicha. Shuningdek, amaldagi ishlab chiqarish tannarxi farqlari rejali yoki me’yoriy narxlardan alohida hisoblanadi:\
-QQS summasiga oshirilgan erkin sotish narxlari bo’yicha;
- erkin bozor (sotuv) narxlari bo’yicha.
Tayyor mahsulotni baholash bo’yicha tanlab olingan usul korxona hisob siyosatining elementi sifatida qayd etilishi, hisobvaraqlarning ishchi rejasida esa uning hisobga olish uchun tegishli hisobvaraqlar belgilanishi lozim.
Tayyor mahsulotning to’liq kirim qilinganligi xom ashyo va materiallarning xarajati bo’yicha muqobil balans tuzish, tayyor mahsulotlarning chiqarilishini me’yoriy sarf-xarajatlardan kelib chiqqan holda belgilash yo’llari bilan tekshirish mumkin. Ishlab chikarilgan mahsulot hajmlarini tekshirish uchun dastlabki hujjatlar va ishlab chiqarish hisobotlari, tugallanmagan ishlab chiqarish bo’yicha inventarlash dalolatnomalari, tahliliy va sintetik hisob registrlari ma’lumotlaridan foydalaniladi. Bunda "Ombordagi tayyor mahsulot" hisobvarag’ining debetida hisobga olingan tayyor mahsulotning xaqmqiy ishlab chiqarilishi va omborga topshirilishi (xaqiqiy tannarxi) bo’yicha ma’lumotlar "Asosiy ishlab chiqarish", "Yordamchi ishlab chiqarish" hisobvaraqlarining krediti bo’yicha aylanmalar bilan solishtiriladi. Bajarilgan ishlar va ko’rsatilgan xizmatlar tannarxi ushbu hieobvaraqlar bo’yicha kredit aylanmalari "Asosiy (operatsion) faoliyatdan olingan daromadlar hisobi bo’yicha hisobvaraqlar" hisobvarag’ining debet aylanmalari bilan solishtirib tekshiriladi.
Sotish tsiklini audit qilish vaqtida auditor mahsulotni sotishdan tushum to’g’ri aniqlanganligi va hisobga olinganligini tekshirishi lozim. Barcha korxonalar sotishdan tushum va hisobotni tayyorlash bo’yicha buxgalteriya hisobini faqat hisoblash usulida yoki "jo’natish bo’yicha" amalga oshirishlari kerak. Mahsulotni jo’natish (sotish) jarayoni "Tayyor mahsulotni sotishdan olingan daromadlar" hisobvarag’ida hisobga olinadi. Jo’tilgan, lekin hali ham xaridor tomonidan to’lanmagan mahsulot sotish narxlari bo’yicha "Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan hisobvaraqlar" hisobvarag’ida hisobga olinadi.
Auditor tegishli hisobvaraqlar bo’yicha hisob registrlari ma’lumotlariga asosan qo’llanilayotgan hisobvaraqlar korrespon-dentlanishi to’g’riligi va mahsulotni sotishdan tushum "jo’natish bo’yicha", me’yoriy hujjatlar talablariga muvofiq hisobda to’g’ri aks etilganligiga ishonch hosil qilishi lozim.
Mahsulotni (ish va xizmatlar)ni jo’natish va sotish bo’yicha operatsiyalarni hisobga olish uchun 1b-sonli ro’yxatnoma (jo’natish) va 11-sonli jurnal-order qo’llaniladi. 1b-sonli ro’yxatnoma jo’tilgan mahsulot sotilishidan tushgan tushumni aniqlashda yuritiladi. 11-sonli jurnal-orderda oylik yakunlar va tegishli hisobvaraqlar bo’yicha kredit aylanmalari aks etiladi.
Mahsulotlarni sotish bo’yicha operatsiyalarni o’rganish jarayonida auditor mahsulot etkazib berish uchun shartnomalar mavjudligi va to’g’ri rasmiylashtirilganligi, yozib berilgan hisobvaraq-fakturalar to’liq ro’yxatga olinganligi, etkazib berilgan mahsulot uchun xaridor to’lov muddatlariga rioya qilayotganligini aniqlashi va tekshirishi lozim.
Sotilgan mahsulot tannarxi to’g’ri anshuganganligini auditor tegishli ko’rsatkichlarni qaytadan sanab chiqish, shuningdek, mahsulotning alohida turlari bo’yicha tovar balansini natural va qiymat ifodalarini solishtirish yo’li bilan aniqlaydi.
Bunda tovar balansi ko’rsatkichlari boshqa hujjatlardagi shunga o’xshash ko’rsatkichlar bilan solishtiriladi:

  • hisobot davrining boshiga va oxiriga tayyor mahsulotning qoldig’i hisobot davrida ishlab chiqarilgani va jo’natilgani (sotilgani) buxgalteriyadagm tayyor mahsulot harakati hisobi bo’yicha tahliliy hisob ma’lumotlari va ishlab chiqarish-nozimlik xizmatidagi tezkor ma’lumotlar bilan tasdiqlanadi;

  • hisobot davrining boshiga va ohiriga tayyor mahsulotning haqiqiy tannarxi yoki hisob narxlari (rejali, me’yoriy) tannarxi bo’yicha qoldiqlari va boshqalar "Tayyor mahsulotning hisobi bo’yicha hisobvaraqlar" hisobvarag’ining hisobot davrining boshlanishi va oxiriga qoldiq bilan tasdiqlanadi. Ishlab chiqarishdan tayyor mahsulotni haqiqiy tannarx bo’yicha chiqarilishi ishlab chiqarish bo’yicha xarajatlarning umumlashtirilgan hisobi ma’lumotlari bilan tasdiqlanadi;

  • haqiqiy tannarx bo’yicha yuklab jo’natish hisobnarxlari bo’yicha jo’natish va farqlarning algebraik summasi sifatida aniqlanadi. Farqlar summasi farqlarning o’rtacha foiz darajasidan kelib chiqqan holda hisoblanadi.

Farqlarning o’rtacha foizi, o’z navbatida, amaldagi tannarx bilan hisob narx o’rtasidagi farq hisob narxi bo’yicha davr boshiga tayyor mahsulot va uning hisobot davrida ishlab chiqarilgan summasi nisbati bilan aniqlanadi.
Tekshiruv yakunida auditor QQS va sotishdan olingan moliyaviy natijalar to’g’ri hisoblanganligini tekshiradi.
Auditor o’z xulosalarinm tekshirilayotgan dastlabki hujjatlar va hisob registrlari ma’lumotlari, amalga oshirilgan nazoratli arifmetik hisob-kitoblar natijalari bilan asoslaydi. Audit davrida aniqlangan xato va kamchiliklarni auditor o’z ish hujjatlarida qayd etadi.
Tayyor mahsulotni ishlab chiqarish va sotish bo’yicha buxgalteriya hisobini yuritishda odatda sodir etiladigan xatolar quyidagilar bo’lishi mumkin:
- mahsulotni sotish buxgalteriya hisobida "to’lov bo’yicha" yuritilishi;
- sotilgan mahsulotning tannarxi noto’g’ri hisoblanishi;

  • hisobning ushbu bo’limi bo’yicha hujjatlar to’g’ri va o’z vaqtida yuritilmasligi;

  • mahsulot sotilishini hisobda aks etishda hisobvaraqlar noto’g’ri korrespondentlanishi.


8. Xaridorlar va buyurtmachilar bilan hisob-kitoblar auditi
Xaridorlar va buyurtmachilar bilan hisob-kitoblarni tekshirishning umumiy qismi - qoldiqlar haqqoniyligini baholash va bajariladigan uslubiy amallar mol etkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblarni tekshirishga o’xshash.
№21-BHMSga muvofiq jo’natilgan mahsulot, material, bajarilgan ish va ko’rsatilgan xizmatlar uchun xaridor va buyurtmachilar bilan olib boriladigan hisob-kitoblar 4010 - «Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar», 4020- «Olingan veksellar», 6310- «Xaridorlar va buyurtmachilardan olingan bo’naklar» schyotlarida hisobga olinadi. Auditor 4010-«Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar», 4020-«Olingan veksellar» va 6310-«Xaridorlar va buyurtmachilardan olingan bo’naklar» schyotlari bo’yicha hisob yuritish va nazoratning holati hamda qoldiqlarning haqqoniyligini baholash natijasida xaridorlar va buyurtmachilar bilan hisob-kitoblar bo’yicha muomalalarning ishonchliligini tekshiradi. Bu schyot bo’yicha oborotlarni tekshirishning muhimligi korxona faoliyatini baholaydigan asosiy ko’rsatkich - tovarlar, mahsulotlar, ish va xizmatlarni sotishdan olinadigan daromad ko’rsatkichi bo’yicha axborotlarni shakllantirishi bilan izohlanadi.
Xaridorlar va buyurtmachilar bilan hisob-kitoblarga doir muomalalarni tekshirishda 4010, 4020 va 6310 schyotlar bo’yicha hisob registrlari ma’lumotlarining Bosh daftar hamda o’zaro aloqador hisob registrlari ma’lumotlari bilan tengligi aniqlanadi. Bunda asosan 4010- schyot debeti bo’yicha yozuvlar 9010, 9020, 9030, 9210, 9220-schyotlarning krediti bo’yicha yozuvlar bilan solishtiriladi. Agar qonun yoki oldi-sotti shartnomasida tovarga mulkchilik huquqining maxsus tartibi ko’zda tutilmagan bo’lsa, uholda umumiy qoida bo’yicha mulkiy huquq mol etkazib beruvchidan xaridorga tovarni jo’natish vaqtida o’tadi va debet 4010-«Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar» va kredit 9010-«Tayyor mahsulotlarni sotishdan olingan daromadlar»schyoti yozuvi bilan aks ettiriladi. Bunday yozuv soliqqa tortish maqsadi uchun qanday hisob tartibi - «to’lov bo’yicha» yoki «jo’natish bo’yicha» qabul qilinganidan qat’iy nazar amalga oshiriladi. Dastlabki hujjat va 4010-schyotning hisob registri bo’yicha mahsulot jo’natilgan sanani taqqoslash orqali muomalalarning o’z vaqtida aks ettirilishi nazorat qilinadi.
Agar shartnomada tovarlarga mulkiy huquq o’tishining maxsus tartibi ko’zda tutilgan bo’lsa, u holda jo’natilgan qiymatliklarga mulkiy huquq ularni jo’natish vaqtida emas, balki pul to’lanish vaqtida o’tishi mumkin. Bu holda jo’natilgan va sotilgan tovarlar uchun xaridorlarning qarzlari ham shunday yozuv bilan, ammo pul to’lanish vaqtiga aks ettirilishi muhimdir. Bu xaridorlar bilan chet el valyutasida hisoblashilganida va xaridorlar bilan shartli birliklarda hisoblashilganda o’ta muhimdir. Chunki muomalalarni aks ettirish sanasiga bog’liq holda valyuta kursi natijada esa umumiy qarzdorlik, kurs va summa tafovutlari aniqlanadi.
Muomalalarning hujjat bilan asoslanganligini tekshirish chog’ida tovar (mahsulot, ish va xizmat)lar bahosi shakllanishining shartnoma shartlariga muvofiqligi, hamda QQS summasi va xaridorlarga taqdim qilingan schyotlar boshqa elementlarining to’g’riligi aniqlanadi. Xaridorlar tomonidan schyotlarni to’lashning o’z vaqtidaligi va to’liqligi 5110, 5210, 5220, 6310, 7310 schyotlar bilan boglanadigan ma’lumotlarni taqqoslash va analitik hisob registrlaridagi yozuvlarni ko’rib chiqish yo’li bilan aniqlanadi.
Veksellar bilan hisob-kitob qilinganida №21 BHMS talablariga muvofiq 4020 -«Olingan veksellar» schyotini yuritish tartibiga rioya qilinishi va xaridorlarning veksellar bilan ta’minlangan qarzlari analitik hisobining tuzilishiga qat’iy e’tibor qaratilishi lozim. Bunda xususan, veksellarning to’lov muddati, banklarda hisobga olinganligi (diskontlangani), o’z vaqtida puli kelib tushmaganlari alohida tekshirilishi zarur.
Shuningdek, olingan veksellar bo’yicha veksel foizlari va QQS aks ettirilishi, veksel bo’yicha pul mablag’larining kelib tushish chog’ida (tovarlar, qarama-qarshi talablar) vujudga keladigan majburiyatlar to’g’riligi tekshiriladi.
Tekshiruv jarayonida xaridorlarning muddatlari o’tib ketgan debitor qarzlari talab qilinganligi va talab qilinmaganligini aniqlab tahlil qilinadi. Debitor qarzlarni hisobdan o’chirish faktlari bo’yicha auditor ushbu faktlarning asoslanganligi va to’g’ri aks ettirilganligini aniqlaydi.
Debitor qarzlarning ahvoli va ularni hisobdan o’chirishni tekshirish amallari shubhali qarzlar bo’yicha rezerv yaratish va undan foydalanishni tekshirish amallari bilan kesishadi. Shubhali qarzlar bo’yicha rezervlardan foydalanishning asosliligini tekshirish debitor qarzlarni hisobdan o’chirish chog’ida ko’rib chiqiladi.
Mahsulot va materiallarni sotishga jo’natish me’yoriga qarab barcha nakladnoy ma’lumotlari tayyor mahsulotlarni sotishga doir hujjatlar reestri (63 - ASK shakl)ga yozib boriladi. Reestrlar ichki xo’jalik bo’linmalari (shirkatlar, brigadalar va boshqalar)dan xo’jalik buxgalteriyasiga topshirilib, ularning ma’lumotlari asosida «Qishloq xo’jalik mahsulot, material, ish va xizmatlari realizatsiyasini hisobga olish vedomosti (62 - ASK shakl) tuziladi. Reestrlarda xaridor va buyurtmachilar bilan hisob - kitoblar har qaysi to’lov hujjati bo’yicha alohida-alohida hisobga olib boriladi. Hisobot oyi ichida to’lanmagan summalar, undan keyingi oyda xaridor va buyurtmachilar bilan hisob-kitoblarni hisobga olish uchun xizmat qiladigan, yangi saldo (qoldiq) reestriga har qaysi to’lov hujjatidan o’tkaziladi.
Xaridor va buyurtmachilar bilan hisob - kitoblarni tekshirishni boshlashdan oldin saldo (qoldiq) reestrlarida ko’rsatilgan qoldiqlarning Bosh daftardagi 4010 - «Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar», 4020- «Olingan veksellar», 6310- «Xaridorlar va buyurtmachilardan olingan bo’naklar» schyotlari bo’yicha qoldiqlarga teng kelishini aniqlash zarur. Shuningdek, reestrlarning o’z vaqtida to’lg’azilishi, buxgalteriyaga topshirilishi va xo’jalikning kassasiga yoki hisob-kitob schyotiga tushgan to’lovlar haqida belgilar (yozuvlar) mavjudligi tekshiriladi. Mahsulot, material, ish va xizmatlar realizatsiyasi bo’yicha to’lov talabnomalarining o’z vaqtida to’lg’azilishi va inkassaga qo’yilishi tekshiriladi. Qarzlarning vujudga kelish sanalari va to’lov muddati o’tib ketgan summalarini saldo (qoldiq) reestrlari bo’yicha aniqlash zarur. Ushbu to’lov hujjatlari bo’yicha qarzlar nihoyatda puxta tekshiriladi. Chunki, amaliyotda xaridorlar va buyurtmachilarning qarzlari 4010 - «Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar» va 4020- «Olingan veksellar», schyotlarining debetida, to’lovlarning kelib tushishi esa 6310- «Xaridorlar va buyurtmachilardan olingan bo’naklar» schyotining kreditida aks ettiriladi, shuningdek mahsulot va materiallar bir xo’jalik yoki tashkilotga jo’natilib, schyot esa adashib boshqasiga taqdim etilishi hollari ham uchraydi. Buning natijasida noxaq debitor va kreditor qarzlar vujudga keladi.
Xaridor va buyurtmachilar bilan hisob-kitoblarni tekshirishda korxona rahbari va bosh buxgalteri tomonidan muddati o’tib ketgan debitor qarzlarni undirish choralari ko’rilayotganligi aniqlanadi, hisob-kitoblarni o’zaro taqqoslash va aniqlangan tafovutlarni taqqoslash dalolatnomasi tuzib to’g’rilash, shuningdek qarzlarni o’zaro surishishga doir ishlarning amalga oshirilayotganligi tekshiriladi.

9. Moliyaviy natijalarni tekshirishning asosiy yo’nalishlari


Qoidaga ko’ra, foyda (daromad) korxonalar tomonidan quyidagi maqsadlar uchun ishlatiladi: foyda (daromad) solig’ini to’lash; boshqaruvning tegishli qaroriga muvofiq ustav kapitaliga qo’shiladigan, o’tgan yilgi foyda hisobidan ustav kapitalini ko’paytirish; dividendlar to’lash.
Qo’shma korxonalar foydasiga keladigan bo’lsak, u byudjetga to’lanadigan summalar va zahiralar yaratish hamda ularni to’ldirishga yunaltirilgan summalar chegirib tashlanganidan so’ng, qo’shma korxona ishtirokchilari o’rtasida, ularning ustav kapitalidagi hissalariga mutanosib ravishda taqsimlanadi, agar ta’sis hujjatlarida boshqacha tartib ko’zda tutil magan bo’lsa.
Qo’shma korxonaning xorijiy ishtirokchilariga korxona faoliyatidan olingan foydani taqsimlash natijasida tegishli bo’lgan, so’m va chet el valyutalaridagi summalarni, shuningdek, taqsimlangan erkin muomaladagi valyutada olingan daromadning tegishli ulushini ularning mamlakatlariga o’tkazib berish kafolatlanadi.
Auditor korxonaning foydasi (daromadi)ni va moliyaviy holatini tekshirishda quyidagilarni puxta o’rganishi lozim: tayyor mahsulotlar, tovarlar (ishlar, xizmatlar) realizatsiyasidan olingan foydalar yoki ko’rilgan zararlar; davr sarflari, ularning asoslanganligi, tasdiqlangan smetaga muvofiqligi va moliyaviy natijaga ta’siri.
Bunda, jumladan, quyidagilarni tahlil qilish zarur: asosiy vositalarning hisobdan chiqarilishi (bino va inshootlarni buzish va bo’laklash, qo’rilmalarni demontaj qilish va shunga o’xshashlar), asosiy vositalarni boshqa tashkilotlar va korxonalarga sotish yoki berishda paydo bo’lgan zararlar; nomoddiy aktivlarni boshqa korxona va tashkilotlarga sotish yoki berishda paydo bo’lgan zararlar; aybdorlari aniqlanmagan o’g’irliklardan ko’rilgan zararlar; jarimalar, peniyalar va neustoykalar to’lash bilan bog’liq zararlar; asosiy faoliyatdan olinadigan foyda, boshqa daromadlar va boshqa tushumlar hisobidan zahira qilinib, boshqa korxonalar va tashkilotlar (chet elliklarni ham qo’shib), shuningdek ayrim shaxslar bilan hisob-kitoblarga doir shubhali qarzlar summalari; «Boshqa daromadlar va tushumlar» ga quyidagilar kiradi: korxonaning asosiy fondlari va boshqa mulklarini sotishdan olingan daromadlar; da’vo muddati o’tib ketgan, kreditor va deponentga o’tkazilgan qarzlarni hisobdan o’chirishdan olingan daromadlar; undirilgan jarimalar, peniyalar, neustoykalar va xo’jalik shartnomasining boshqa shartlarini buzganligi uchun undiriladigan boshqa turdagi sanktsiyalar; korxona ichidagi oshxonalar, yordamchi xo’jaliklar va boshqalardan olinadigan daromadlar va tushumlar; moliyaviy faoliyatga doir daromadlar va sarflar. Bunda moliyaviy faoliyatdan olinadigan daromadlarni hisobga oladigan schyolar (9500) guruhi bo’yicha 9510, 9520, 9530, 9540, 9550, 9560 va 9590 schyotlar ochilib, daromadlar tegishli tarzda hisobga olib borilganligi tekshiriladi. Moliyaviy faoliyatdan ko’rilgan zararlarni tekshirishda auditor moliyaviy faoliyat bo’yicha xarajatlarni hisobga oladigan 9610, 9620, 9630 va 9690 schyotlarning ma’lumotlarini ham tekshiradi.
Shuningdek, favqulodda olingan foydalar va ko’rilgan zararlar ham tekshirilishi lozim. Bunda auditor 9710«Favqulodda olingan foyda» va 9720«Favqulodda ko’rilgan zarar» schyotlarining analitik hisobi va dastlabki hujjatlar ma’lumotlarini tekshirishi zarur. «Mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) tannarxiga qo’shiladigan, mahsulot ishlab chiqarish (ish bajarish, xizmat ko’rsatish) xarajatlarining tarkibi va moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to’g’risidagi Nizom»ning sharhlarida ko’rsatilishicha, xorijiy davlatlar amaliyotida favqulodda zararlarga quyidagilar kiradi: tabiiy ofatdan ko’rilgan katta yo’qotishlar; urush va boshqa siyosiy notinchliklar natijasida ko’rilgan yo’qotishlar; mamlakatda qonunchiligining o’zgarishi natijasida ko’rilgan yo’qotishlar, masalan, xususiy mulkni davlat mulkiga aylantirish (natsionalizatsiya) haqida qaror qabul qilish, ayrim faoliyat turlarini ta’qiqlash va boshqalar. Bunda auditor quyidagilarni tekshirishi lozim: favqulodda yo’qotishlar meteorologik, seysmik va boshqa tegishli xizmatlarning sodir bo’lgan tabiiy ofatlar to’g’risidagi ma’lumotlari bilan tasdiqlanishi; korxona mulklari favqulodda hodisalardan sug’urta qilinganligi va boshqalar.
Auditor moliyaviy natijalarni tekshirishda quyidagilarni ham aniqlashi lozim: byudjetga soliqlarning o’z vaqtida va to’liq to’lanishi; shubhali qarzlar bo’yicha zahiralar yaratilishining to’g’riligi; foydaning korxona ishtirokchilari o’rtasida o’z vaqtida va to’g’ri taqsimlanishi; aktsiyadorlarga dividendlar to’lashning to’g’riligi.
Agar hisobot yilining oxiriga kelib debitor qarzlarning inventarizatsiya materiallarini tahlil qilish natijasida shubhali debitor qarzlar aniqlansa, unda korxona shu miqdorda shubhali qarzlar bo’yicha zahira yaratishi mumkin. Bunda qarzdorning moliyaviy holati, to’lov kobiliyati va qarzni to’liq yoki qisman summada qoplay olish ehtimoliga qarab zahira hajmi har bir shubhali qarz bo’yicha alohida aniqlanadi. Yaratilayotgan zahiralar summasi 9430«Boshqa operatsion xarajatlar» schyoti(joriy yilning yakuniy hisob-kitobi bo’yicha) yoki 8710-«Hisobot yilining taqsimlanmagan foydasi» schyoti (oldingi yildagi foyda hisobidan) debeti va 4910 «Shubhali qarzlar bo’yicha zahiralar» schyoti kreditida aks ettiriladi.
Ushbu masalani ko’rib chiqishda auditor quyidagilarni tekshirishi lozim: shubhali qarzlar bo’yicha zahira yaratish uchun zarur hujjatlarning mavjudligi (korxona debitor qarzlarining inventarizatsiya ro’yxati, solishtirish dalolatnomalari, to’lovga layoqatsizlik haqida ma’lumotnoma va b); shubhali deb tan olingan qarzlarni hisobdan o’chirishning to’g’riligi; ishlatilmagan shubhali qarzlar bo’yicha zahira summalarining tegishli yil foydasiga qo’shilishi.
Ayrim tarmoqlarning korxonalari O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi ruxsati bilan ta’mirlash ishlari o’tkazish uchun mablag’lar zahirasi yaratadilar. Agar ta’mirlanadigan asosiy vositalar ishlab chiqarish uchun tayinlangan va shu jarayonda ishlatiladigan bo’lsa, bu zahiraga qilinadigan ajratmalar mahsulot ishlab chiqarish (ish bajarish, xizmat ko’rsatish) xarajatlari tarkibiga «boshqa xarajatlar» elementi bo’yicha qo’shiladi. Zahira hajmi ta’mirlash ishlari uchun kutilayotgan xarajatlar qiymatidan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Auditor ta’mirlash ishlari uchun zahiralarning to’g’ri tashkil etilishi va ishlatilishini tekshirishi zarur. Bunda quyidagilar tekshiriladi: Zahira yaratish uchun Moliya Vazirligining ruxsati borligi; ta’mirlash o’tkazish uchun smeta va titul ro’yxati; zahiralardan foydalanishni hisobda aks ettirishning to’g’riligi; to’laligi va o’z vaqtidaligi; foydalanilmagan zahira qoldig’i qolganda «storono»qilish yo’li bilan zahiralarni yopish; debet 2010, 2310, 2510 kredit 8910«Kelgusi davr xarajatlari va to’lovlar zahirasi» («Asosiy vositlarni ta’mirlashga doir kelgusidagi xarajatlar zahirasi» analitik schyoti).

10. Davr sarflarini tekshirish


Davr sarflariga kiritiladigan xarajatlar tarkibi «Mahsulotlar (ish, xizmatlar) tannarxiga qo’shiladigan, mahsulot ishlab chiqarish (ish bajarish, xizmat ko’rsatish) xarajatlarining tarkibi va moliyaviy natijalarini shakllantirish tartibi to’g’risidagi Nizom»ga muvofiq aniqlanadi.
Auditor davr sarflarini hisobga olishni va moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobotni tuzishning to’g’riligigni nazorat qilish maqsadida quyidagilarni tekshirishi lozim: davr sarflarini hisobga oladigan: 9410-«Sotish xarajatlari», 9420 - «Ma’muriy xarajatlar», 9430-«Boshqa operatsion xarajatlar», 9440-«Kelgusida soliqqa tortiladigan bazadan chegiriladigan hisobot davri xarajatlari» bo’yicha o’z vaqtida, ishonarli va to’liq aks ettirilishining ta’minlanishi; ma’muriy-boshqaruv xodimlari mehnatiga haq to’lash va mukofotlash haqidagi Nizom, lavozim maoshlarining belgilangan xarajatlar smetasiga rioya qilinishi ustidan nazoratning ta’minlanishi.
Quyidagi xarajatlarni davr sarflariga kiritishning asoslanganligi va o’z vaqtidaligi: reklama xarajatlari (nashriyotda e’lon qilish, radiodan eshittirish va televidenie orqali ko’rsatish, reklama mahsulotlarini ishlab chiqish va chop etish, stendlar va shitlar tayyorlash, video va diafilmlar namoyish etish va boshqalar); korxonaning O’zbekiston Respublikasi hududida va xorijdagi yarmarkalar va ko’rgazmalarda ishtirok etishiga doir xarajatlar ( eksponatlarni tayyorlash va etkazib berish, modellar va maketlar tayyorlash, adabiyotlar va texnik hujjatlarni nashr qilish); mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ni eksport qilish bilan bog’liq sarflar; bojxona tadbirlari uchun to’lovlar; import muomalalarini amalga oshirishda vositachilik qiladigan tashkilotlarga to’lanadigan komission to’lovlar summalari; bojxona to’lovlari, shuningdek, tovarlar va boshqa mulklarni import qilish bilan bog’liq bo’lgan bojxonada amalga oshiriladigan rasmiylashtirish o’tkazish uchun to’lovlar; material qiymatliklarni sotib olish va tashib keltirish xarajatlari; belgilangan me’yorlar va boshqaruv tomonidan tasdiqlangan smetalar doirasidagi korxona faoliyati bilan bog’liq vakillik xarajatlari (shtatda turmaydigan tarjimonlar xizmatiga haq to’lash, ishchi muzokaralar vaqtida chet ellik vakillarning rasmiy qabulini o’tkazishga doir xarajatlar).
Bunda qilingan xarajatlarning asoslanganligi va tasdiqlovchi hujjatlar (schyotlar, do’konlar va restoranlarning cheklari va boshqalar)ning mavjudligiga alohida e’tibor berish zarur.

11. Moliyaviy faoliyatga doir xarajatlar va daromadlar hamda favqulodda olingan foyda (ko’rilgan zarar) larni tekshirish


Moliyaviy faoliyatga doir xarajatlar va daromadlar «Xarajatlar tarkibi to’g’risidagi …. Nizomda»da belgilangan. Ushbu Nizomga muvofiq moliyaviy faoliyat bo’yicha xarajatlarga quyidagilar kiradi:

  • O’zbekiston Respublikasi Markaziy Banki tomonidan belgilangan hisob stavkalari darajasida va ulardan ortiqcha olingan qisqa muddatli hamda uzoq muddatli kreditlar bo’yicha, shu jumladan to’lov muddati o’tgan va uzaytirilgan ssudalar bo’ycha to’lovlar;

  • mulkni uzoq muddatli ijaraga olish (lizing) bo’yicha foizlarni to’lash xarajatlari;

  • chet el valyutasi bilan muomalalarga doir salbiy kurs tafovutlari bo’yicha zararlar;

  • sarflangan (qimmatli qog’ozlarga, sho’’ba korxonalarga va hokazolarga) mablag’larni qayta baholashdan ko’rilgan zararlar;

  • o’z qimmatli qog’ozlarini chiqarish va tarqatish bilan bog’liq xarajatlar;

  • moliyaviy faoliyat bo’yicha boshqa xarajatlar, shu jumladan salbiy diskont.

Auditor ushbu xarajatlarni tekshirishda 9610, 9620, 9630 va 9690-schyotlar bo’yicha hisob yozuvlarini tekshiruvdan o’tkazib, ularning «Nizom»ga muvofiqligi va schyotlarda to’g’ri aks ettirilganligiga ishonch hosil qilishi lozim.
Moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlarga quyidagilar kiradi:

  • olingan royaltilar va kapital transferti;

  • O’zbekiston Respublikasi hududida va uning tashqarisida boshqa xo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatida ulush qo’shgan holda qatnashishdan olingan daromad, aktsiyalar bo’yicha dividendlar va obligatsiyalar hamda xo’jalik yurituvchi sub’ektga tegishli qimmatli qog’ozlar bo’yicha daromadlar;

  • mulkni uzoq muddatli ijaraga berishdan olingan daromadlar (lizing to’lovini olish);

  • valyuta schyotlari, shuningdek chet el valyutalaridagi muomalalar bo’yicha ijobiy kurs tafovutlari;

  • sarflangan (qimmatli qog’ozlarga, sho’’ba korxonalarga va hokazolarga) mablag’larni qayta baholashdan olingan daromadlar;

  • moliyaviy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar.

Yuqorida keltirilgan daromadlarni tekshirish uchun auditor 9510, 9520, 9530, 9540, 9550, 9560 va 9590-schyotlarning ma’lumotlarini o’rganib, ularning qonuniyligini va schyotlarda to’g’ri aks ettirlganligini aniqlaydi.
Favqulodda zararlar – bu xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning odatdagi faoliyatidan chetga chiquvchi hodisalar yoki muomalalar natijasida vujudga keladigan va ro’y berishi kutilmagan odatdan tashqari xarajatlardir. Bunga favqulodda va davr xarajatlari tarkibida aks ettirilishi kerak bo’lgan o’tgan davr xarajatlari kirmaydi.
U yoki bu moddaning favqulodda zararlar sifatida aks ettirilishi uchun u quyidagi mezonlarga javob berishi kerak:

  • korxonaning odatdagi xo’jalik faoliyatiga xos emaslik;

  • bir necha yil mobaynida takrorlanmasligi kerak;

  • boshqaruv xodimi tomonidan qabul qilinadigan qarorlarga bog’liq emaslik.

Tegishli moddalarni favqulodda zararlar qatoriga kiritish yoki kiritmaslik to’g’risida qarorlar qabul qilishda ishlar amalga oshiriladigan sharoitlarni ham hisobga olish lozim. Masalan, agar xo’jalik yurituvchi sub’ekt alohida iqlim sharoitlarida joylashgan bo’lsa, u holda iqlim sharoitlariga bog’liq holdagi ishlamay turib qolishlar favqulodda deb baholanishi mumkin emas, chunki ushbu modda «bir necha yil mobaynida takrorlanmasligi kerak» mezoniga javob bermaydi.
Favqulodda foyda moddalari – bu ko’zda tutilmagan, tasodifiy tusga ega bo’lgan hodisa yoki xo’jalik yurituvchi sub’ektning odatdagi faoliyat doirasidan chetga chiqadigan tusdagi muomalalar natijasida paydo bo’ladigan va olinishi kutilmagan foydadir. Bunga daromadlarning favqulodda moddalari yoki asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar bo’limida aks ettirilishi kerak bo’lgan, o’tgan davrlardagi foyda kirmaydi.
Favqulodda olingan foyda (ko’rilgan) zararlar to’g’risidagi axborotlarning to’g’ri shakllanganligiga ishonch hosil qilish uchun auditor tomonidan 9710 –«Favqulodda olingan foyda» va 9720-«Favqulodda ko’rilgan zarar» schyotlar ma’lumotlari o’rganiladi.
Shuningdek, auditor «Nizom»ning 1-ilovasiga muvofiq soliqqa tortiladigan bazaga qo’shilishi lozim bo’lgan, moliyaviy faoliyatga doir sarflarni ham tekshirishi zarur. Bunday sarflarga:

  • qisqa muddatli bank kreditlari, shu jumladan to’lov muddati o’tgan va uzaytirilgan ssudalar bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Markaziy Banki tomonidan belgilangan hisob stavkalari oshgan to’lovlar;

  • uzoq muddatli bank kreditlari bo’yicha to’lovlar;

  • qimmatli qog’ozlarni chiqarish bilan bog’liq sarflar;

  • qimmatli qog’ozlar muddatidan oldin to’lash munosabati bilan vujudga kelgan salbiy diskont, agar bu byudjetga qarzlarni to’lash bilan bog’liq bo’lmasa.

Auditor moliyaviy faoliyatga doir xarajatlar va daromadlar hamda favqulodda olingan foyda (ko’rilgan zarar)larni tekshirishning barcha jihatlarini o’zining ishchi hujjatlarida qayd qilib boradi.
Yüklə 61,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin