2-savol: Xaritadagi o’cham va masshtab berilsa, haqiqiy o’lcham qanday topiladi ?
3-savol: Haqiqiy o’cham va masshtab berilsa, xaritadagi o’lcham qanday topiladi ?
4-savol: Koordinata to’g’ri chizig’I qanday yasaladi ?
5-savol: Manfiy va musbat sonlar koordinata to’g’ri chizig’iga nisbatan qanday joylashadi ?
VIII. Yangi mavzuning bayoni:
Mavzu: Qarama-qarshi sonlar. O’qituvchi: Aziz bolalar ! Biz hozir samolyotga minib Afrika davlatiga sayoxat uyushtiramiz. Ana shu joyda biz matematika darsini o’tamiz. Belgilangan manzilga yetmasdan samolyot yoqilg’isi tugab qoldi va biz majbur bo’ldik Afrika davlatining odam qadami yetmagan o’rmoniga qo’nishga. Baxtga qarshi shoshganimizdan o’zimiz bilan birga na oziq-ovqat, na daftar kitobolmabmiz. Kech kirmasdan yegulik topish darkor. O’qituvchi oldiga ikkita o’quvchini chaqirib, vazifa beradi:1-o’quvchi kun chiqish tomonga qarab 100 qadam, 2-o’quvchi kun botish tomonga qarab 100 qadam yuradi va topgan yegulikni olib yana dastlabki joyga qaytib keladi.
- 100 +100
Izoh: ( ikki o’quvchi bir-biriga qarama-qarshi tomonga yo’nalishdi. Demak birinchi
o’quvchiga ikkinchi o’quvchi qarama-qarshi bo’ladi. Huddi shuningdek
sonlarning ham qarama-qarshisi bo’ladi: 100 ga -100, -67 ga 67, …)
Ming afsuski ikkala o’quvchi ham yeguliksis qaytishadi. Su payt bizni kuzatib turgan mahalliy qabila boshlig’I paydo bo’ldi va bizga yegulik keltirganini aytadi. Yegulikni bizga berishdan oldin bitta shart qo’yadi: mening qopimda
qirg’ovul va quyonlar bor. Ularning boshlari 30 ta, oyoqlari 84 ta. Agar siz qopda nechta quyon va nechta qirg’ovul borligini topsangiz yegulikni olasiz, aks holda men bu yeguliklarni olib ketaman.