Reja: Dasturiy-texnik majmualar va ko‘p vazifali kontrollerlar to‘g‘risida qisqacha ma’lumotlar va tasnifi


Kontrollerlarning tarmoq majmuasi (PLC, NETWORK)



Yüklə 58,15 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/4
tarix07.01.2024
ölçüsü58,15 Kb.
#208572
1   2   3   4
14-Mavzu

Kontrollerlarning tarmoq majmuasi (PLC, NETWORK) 
Tarmoq DTM lari barcha sanoat tarmoqlaridan ishlab chiqarish jarayonlarini 
boshqarish uchun juda keng miqyosida qo‘llaniladi. Mazkur sinfdagi DTM ning 
minimal tarkibi quyidagi komponentlarning bo‘lishini nazarda tutadi: 

kontrollerlar to‘plash; 

bir nechta operatorlarning displeyli ishchi stansiyalari; 

kontrollerlarni bir-biri bilan va kontrollerlarni ishchi stansiyalar bilan 
biriktiruvchi tizimli (sanoat) tarmog‘i. 
Har bir tarmoq majmuidagi kontrollerlar, odatda bir-biridan tez ishlashi, xotira 
hajmi, zaxiralash bo‘yicha imkoniyatlari, atrof muhitning turli xil sharoitlarida 
ishlash qobiliyati, kirish-chiqish kanallari soni bilan farq qiluvchi bir qator 
modifikatsiyaga ega. Bu tarmoq majmuasidan turli xil texnologik obyektlar uchun 
foydalanishni yengillashtirishda, chunki kontrollerlarni avtomatlashtirilgan 
obyektning ayrim elementlariga va nazorat xamda boshqarishning turlari 
vazifalariga moslab yanada aniq tanlab olishga imkon beradi. Displeyli ishchi 
stansiyalar (operator pultlari) sifatida deyarli har doim odatdagi yoki sanoatda 
ishlab chiqarilgan, ko‘pincha ikki xildagi klaviaturalar (an’anaviy alfavitli-raqamli 
va maxsus vazifali) hamda katta ekranga ega bo‘lgan bir yoki bir nechta monitorlar 
bilan jixozlangan shaxsiy kompyuterlardan foydalaniladi.
Sanoat tarmog‘i turli xil tuzilishga ega bo‘lishi mumkin: umumiy shinali, 
xalqasmon, yulduzcha, u ko‘pincha o‘zaro takrorlagich va marshrutizatorlar bilan 
bog‘langan segmentlarga bo‘linadi. Xabarlarni uzatishga qat’iy talab qo‘yiladi: 
ular kafolatlangan holda adresatga yetkazib berilishi, yuqori ustuvorlikdagi 
xabarlar uchun esa, masalan, avariyalar to‘g‘risida ogohlantiruvchi xabarlar uchun 
ham xabarlarni uzatishning ko‘rsatilgan muddatini ta’minlash lozim. DTM ning 
bu sinfida fazoning katta sohasida taqsimlangan obyektlarni avtomatlashtirish 


uchun mo‘jallangan kontrollerlarning tarmoq majmuasining telemexanik turi 
ajratib olinadi.
O‘ziga xos tuzilmaga ega bo‘lgan sanoat tarmog‘i va alohida fizik (jismoniy) 
aloqa kanallari (radiokanallar, ajratilgan telefon simlari, tolali kabellar) bir biridan 
ko‘plab o‘nlab kilometr masofada turgan obyekt uzellarini integratsiyalashga 
(birlashtirishga) imkon beradi. Kontrollerlar tarmoq majmualarining qurilayotgan 
sinfi bajarayotgan vazifalarining murakkabligi bo‘yicha ham (o‘lchashlar, nazorat, 
hisobga olish, tartibga solish va blokirovka), avtomatlashtirilayotgan obyektning 
hajmi bo‘yicha ham (o‘lchanayotgan va nazorat qilinayotgan mingta kattalik 
doirasida) yuqoridan cheklashlarga ega. Ko‘pincha tarmoq majmualari 
mashinasozlik zavodlari sexlari, neftni qayta ishlovchi, neftkimyosi va kimyo 
sanoati agregatlari, shuningdek oziq-ovqat sanoati korxonalari sexlari doirasida 
qo‘llaniladi. Kontrollerlarning telemexanik tarmoq majmualari gaz va neft 
quvurlarini, elektr tarmoqlarini, transport tizimlarini boshqarish uchun 
foydalaniladi.

Yüklə 58,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin