Reja: Dasturiy-texnik majmualar va ko‘p vazifali kontrollerlar to‘g‘risida qisqacha ma’lumotlar va tasnifi


Shaxsiy kompyuter negizidagi kontroller (RS)



Yüklə 58,15 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix07.01.2024
ölçüsü58,15 Kb.
#208572
1   2   3   4
14-Mavzu

Shaxsiy kompyuter negizidagi kontroller (RS) 
Bu yo‘nalish keyingi paytda tubdan rivojlandi, bu birinchi navbatda 
quyidagi sabablar bilan izohlanadi: 

RS ning ishonchlilikni oshirish; 

odatdagi va sanoatda ishlab chiqarilgan shaxsiy kompyuterlarning ko‘p 
modifikatsiyalari mavjudligi bilan; 

ochiq arxitekturadan foydalanish; 

uchinchi firmalar ishlab chiqarayotgan istagan kirish/chiqish (OAO‘M 
modullari) bloklarini ulash osonligi; 

ishlab tayyorlangan dasturiy ta’minotning keng nomenklaturasidan 
foydalanish mumkinligi (real vaqt operatsion tizimlari, ma’lumotlar bazasi, 
nazorat qilish va boshqarishning tatbiqiy dasturlari paketlari). 
RS negizidagi kontrollerlar, odatda, sanoatda uncha katta bo‘lmagan berk 
obyektlarni boshqarish uchun, tibbiyotda mahsus avtomatlashtirish tizimlarida
ilmiy laboratoriyalarda, kommunikatsiya vositalarida foydalaniladi. Bunday 
kontrollerning kirish-chiqishlari umumiy soni odatda bir necha o‘nlikdan 
oshmaydi, vazifalari to‘plami esa bir nechta boshqaruvchi ta’sirlarni hisobga olgan 
holda o‘lchash axborotiga murakkab ishlov berishni ko‘zda tutadi. RS negizidagi 
kontrollerlarning ratsional qo‘llanish sohasini quyidagi shartlar bilan izohlash 
mumkin: 

boshqarish obyektining kirish va chiqishlari uncha ko‘p miqdorda 
bo‘lmaganda yetarlicha kichik vaqt oralig‘ida katta hajmdagi hisoblash 
bajariladi (qayta hisoblash quvvati zarur); 

avtomatlashtirish vositalari ofisdagi shaxsiy kompyuterlarning ishlash 
sharoitidan ko‘p farq qilmaydigan atrof muhitda ishlaydi; 



kontroller amalga oshiradigan vazifalarni (ular nostandart bo‘lgani sababli) 
maxsus texnologik tillarning birida emas, balki yuqori darajadagi odatdagi 
dasturlash tilida, S++, PASKAL va h.k. da dasturlash maqsadga muvofiqdir; 

oddiy kontrollerlar ta’minlaydigan kiritik sharoitlarda ishni amalda kuchli 
apparat qo‘llab-quvvatlash talab qilinmaydi. Bunday qo‘llab-quvvatlashning 
vazifalariga quyidagilar kiradi: hisoblash qurilmalari ishni chuqur tashxisi, 
avtomat zaxiralash choralari, shu jumladan kontrollerlar ishni to‘xtatmasdan 
nosozliklarni bartaraf etish; avtomatlashtirish tizimi ishlagan vaqtida 
dasturiy komponentlar modifikatsiyasi va hokazo. 
RS negizida kontroller bozorida O‘zbekistonda quyidagi kompaniyalar 
ishlamoqda: Honeywell, Siemens, Emerson Elektric, ABB, Alien Bradley, Ge 
Fanuc va boshqalar.

Yüklə 58,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin