Reja: Dasturlash tillari, ularning turlari va asoslari


C++ (talaffuzi: si plyus plyus) — turli maqsadlar uchun moʻljallangan dasturlash tili. 1



Yüklə 48,04 Kb.
səhifə2/6
tarix20.11.2023
ölçüsü48,04 Kb.
#164454
1   2   3   4   5   6
Zamonaviy dasturlash tillari tahlili (3)

C++ (talaffuzi: si plyus plyus) — turli maqsadlar uchun moʻljallangan dasturlash tili. 1 979-yili Bell Labsda Biyarne Stroustrup tomonidan C dasturlash tilining imkoniyatlarini kengaytirish va OOP(object Oriented Programming) xususiyatini kiritish maqsadida ishlab chiqarilgan. Boshida „C with Classes" deb atalgan, 1983-yili hozirgi nom bilan yaʼni C++ deb oʻzgartirilgan. C++ C da yozilgan dasturlarni kompilyatsiya qila oladi, ammo C kompilyatori bu xususiyatga ega emas. C++ tili operatsiyon tizimlarga aloqador qisimlarni, klient-server dasturlarni, EHM oʻyinlarini, kundalik ehtiyojda qoʻllaniladigan dasturlarni va shu kabi turli maqsadlarda ishlatiladigan dasturlarni ishlab chiqarishda qoʻllaniladi. Quyidagi jadvalda programmalash tillari haqida ma'lumotlar keltirilgan.
Internet. Web Server. Web dasturlash vositalari (tillari) Ma`lumki, yuqori darajadagi dasturlash tillarida yozilgan dasturlarni kompyuterga tushuntirish uchun kompilyator degan qo'shimcha dastur kerak bo'ladi. Web dasturlashda ham huddi shunday jarayon sodir bo'ladi. Siz internetdagi saytlarni ko'rishlik uchun ishlatadiganingiz Brauzerlar - web dasturlash tillarining bazilarini kompilyatori hisoblanadi. Web dasturlashda yana shunday tillar ham borki ularni brouzer kompyuterga tarjima qilib tushuntirib bera olmaydi, lekin bunday tillar web saytni asosini tashkil etadi. Ana shunday tillarni brouzer tushunadigan qilib berish uchun ham Web server ga o'xshagan dasturlar (kompilyator yoki interpretatorlar) to'plami kerak bo'ladi. Bunday dasturlar esa sayt joylashgan serverlarda turadi, qachonki unga so'rov yuborganingizda (istalgan biror ssilkani bosganingizda, birinchi marta saytni ochganingizda va hokazo...) shu sayt joylashgan serverdagi Web server dasturlari sizning brauzeringizga saytni brauzer tushunmaydigan tillarda yozilgan joylarini tarjima qilib jo'natadi. Shunday qilib klient - yani siz tomondagi web saytni kodlarini kompyuteringizga tushuntirib beradigan tarjimon bu - Brauzer, server tomonidagi web saytni sizning brauzeringiz tushunmaydigan joylarini unga tarjima qilib jo'natadigan tarjimon bu Web Server hisoblanadi

Bu yerda Klient yani siz tomonda sizning Brauzer va u tushunadigan web dasturlash tillari (HTML,CSS,Java Script) turgan bo'lsa, server tomonda Apache -> Web server, PHP -> PHP tili uchun interpretator va ma`lumotlar ombori bilan ishlash uchun vosita (bu MYSQL, Oracle va boshqalar bo'lishi mumkin) turibdi. Bundan tashqari server tomonida yana boshqa tillar ham bo'lishi mumkin. Hullas, siz qachonki brauzerdan kerakli sayt nomini kiritganingizda bu so'rovingiz DNS serverdan saytga mos IP bo'yicha kerakli serverga boradi, so'rovingiz Brauzerda kiritilgani uchun ham ko'pincha standart HTTP protokoli bo'yicha yuborilgani uchun uni Web server kutib oladi va so'rovingizga mos papkadan index faylni qidirib topadi. Undagi bog'lanishlardan kelib chiqib kerakli fayllarni yuklaydi, bu fayllarni kengaytmasiga qaraydi, agar kengaytmasi .html bo'lsa uni shundoq, aks holda masalan .php bo'lsa PHP serverdagi interpretator orqali brauzer tushunadigan tilga tarjima qildiradi(shuni ichida ma`lumotlar bazasidan ham kerakli ma`lumotlar yuklab olinadi) va natijani sizni brauzeringizga jo'natadi. PHP dasturlash tili yordamida sayt yaratish uchun avvalo o'z shaxsiy komputeringizda Virtual server o'rnatishingiz lozim.


Masalan Denwer, yoki XAMPP yoki WAMPP Brauzeringiz o'zi tushunadigan tilda kelgan sayt kodlarini natijasini ekraningizda sizga ko'rsatib beradi va siz tayyor saytni ko'rasiz. Demak, agar web dasturlash bilan shug'ullanaman deydigan bo'lsangiz, minimum: HTML,CSS,JavaScript,PHP,MySQL larni bilishingiz kerak ekan. Bunda HTML-> Sayt karkasini yasaydi, CSS- saytni pardozini(dizaynini) amalga oshiradi, Javascript - saytni dinamikasi(haraktlarini) ta`minlaydi, PHP - saytni mantiqiy amallarini bajaradi(masalan siz login bo'lganmisiz, yoki yo'qmi, login bo'lgan bo'lsangiz sizda nimalar chiqadi, aks xolda nimalar...), MySQL - PHP bilan hamkorlikda saytga ma`lumotlar bazasidan ma`lumotlarni o'qib olish, yozish, o'zgartirish uchun xizmat qiladi. Programmani yaratish jarayonidagi uning nomlari Beta versiya - bu versiya programmani ommaga havola qilinib, ularning fikri bo`yicha programmaga turli o`zgartirishlar kiritiluvchi versiyasi.
Programmaning bu versiyasi, odatda, tekin bo`lib, ko`pchilik hukmiga havola etiladi. Programmaning bu versiyasi orqali sizga yetkazilgan ziyon qoplanmaydi(fayllaringizning o`chib ketishi, OS ning buzilishi va h.k.). Hozirda ko`pchilik firmalar o`z mahsulotlarini Beta versiyasini chiqarib, o`z mahsulotlarini takomillashtirib bormoqdalar. Bundan, programma ishlab chiqarish bo`yicha yetakchi bo`lgan Microsoft korporatsiyasi ham mustasno emas(Windows Vista, Office 2007, Exchange Server 2007, Internet Explorer 7 va h.k.). Release Candidate(versiya nomzodi) - bu versiyaning nomidan ma'lumki, u haqiqiy, sotuvga chiqariladigan versiyaga kandidat(nomzod)dir. Bu kabi versiyalar qisqacha RC deb ataladi. Shu turdagi versiyalar esa, RC1, RC2 kabi nomlanadi. Ko`pchilik RC versiyalar sotuvga chiqariladi, chunki bu versiya o`zida ma'lum bir imkoniyatlarni jamlagan bo`ladi va bu versiya orqali yetkazilgan zarar programmani yaratgan firma tomonidan qoplanadi. Final Release(so`nggi versiya) - programmani yaratishda qo`yilgan maqsadni "to`liq" amalga oshiruvchi versiya. Bu versiyani "alfa" versiya deb ham atashadi. Bu versiya o`z bahosida sotiladi, unga ko`rsatiluvchi xizmatlarning barchasi programma yaratuvchisi tomonidan ko`rsatiladi.

Yüklə 48,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin